Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida kambag’allika qarshi kurashishning zamonaviy tajribasi
Download 1.46 Mb.
|
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)
2. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida kambag’allika qarshi kurashishning zamonaviy tajribasi.
YUqori turmush darajasi va sotsial kafolatlarga ega bo’lgan rivojlangan mamlakatlarda kambag’allikka qarshi kurash, jamiyatda amal qilayotgan iste`mol andozalari uchun etarlicha bo’ladigan asosiy minimal daromadlarni ( ish haqi va nafaqa) ta`minlash orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, bu mamlakatlarda, boshqalarga nisbatan yomonroq, ahvolda bo’lganlarga aniq maqsadli sotsial yordam amalga oshiriladi. Bu o’ta og’ir hayotiy vaziyatga tushib qolganlar uchun qo’llaniladi. Aholi asosiy qismining daromadlari o’ta past darajada rivojlanayotgan mamlakatlarda esa millionlab kambag’allarni quvvatlashning asosiy usuli sotsial yordamni, jumladan oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal-maishiy, ta`lim va boshqa sohadagi yordamni taqsimlab berish hisoblanadi. Frantsiyadagi kambag’allikning oldini olish tizimi namuna sifatida xizmat qilishi mumkin. Uning asosida barcha ish beruvchilar uchun, ishlayotganlarning asosiy ehtiyojlarini qondirishga etarlicha bo’lgan minimal ish haqi normasini to’lash majburiyati belgilangan. Buning ustiga ish haqining eng kam darajasi doimo indeksatsiyalanib borildi. Bundan tashqari, Frantsiyada etarli mehnat nafaqasi, sifatli tibbiy xizmat, ishsizlik bo’yicha nafaqani o’z ichiga oluvchi majburiy sotsial sug’urtalash amal qiladi. Bolalar uchun nafaqalar va imtiyozlar tizimi ham katta rol o’ynaydi. Sug’urta stajiga ega bo’lmaganlar (yoshlar, bolali ayollar), shuningdek, u yoki bu turmush sharoitlariga ko’ra o’zining zaruriy ehtiyojlarini qondira olmaydiganlar maxsus sotsial xizmat ko’rsatish idoralariga murojaat qiladilar. AKSHda kambag’allika qarshi kurash dasturi 15-20% aholini qamrab oladi. Kambag’al hisoblangan va yordam beriluvchi toifalardan biriga tegishli bo’lgan kishilarga yordam ko’rsatiladi. Ular qatorida: yosh bolali oilalar, ayniqsa yolg’iz ota - onalar yoki boquvchisi ishsiz bo’lganlar; 65 yoshdan katta bo’lgan muhtoj kishilar, nogironlar, ojizlar, urush faxriylari, va ularning oilalariga, ishlovchi kambag’allarga (soliq imtiyozlari orqali) va daromadi belgilangan talablardan past bo’lganlarga yordam beriladi. Bu yordam pul yoki buyum shaklida ko’rsatiladi. Natura-buyum shaklidagi yordam - ovqatlanish uchun talon berish, qariyalarga tibbiiy xizmat ko’rsatish, arzon uy-joy, yosh bolalarga qarash va boshqa sotsial xizmatlar bo’lishi mumkin. CHexiyada eng kam nafaqa darjasidagi kafolatlangan yashash minumi o’rnatilgan (agarda bu daraja bo’lmasa nafaqa to’lanadi). Bolgariyada daromadi sotsial va fiziologik minimumdan kam bo’lgan kishilar sotsial yordam olishlari mumkin. Bundan tashqari, 70 yoshdan katta bo’lgan yolg’iz kishilarga va I-guruh nogironlariga, agarda daromadlari belgilangan minimumdan kam bo’lsa, ovqatlanish uchun bepul kuponlar beriladi hamda kommunal xizmatlarning 50% to’lanadi. Nogironlar va bolalar, avtomobilga ega bo’lmagan og’ir kasallar shahar yo’lovchi va shahar atrofi transportida bepul yurish huquqidan foydalanadilar; boshqa ko’rinishdagi xizmatlar ham nazarda tutilgan. Sotsial himoyalanmagan guruhlarga yil davomida bir necha marta mavsumiy kiyim-kechak, o’quv qo’llanmalari, qimmat turuvchi dori-darmonlar sotib olishlariga moddiy yordam ko’rsatiladi. Turli mamalakatlarda kambag’allikka qarshi kurash tajribasining tahlili ushbu toifa bo’yicha ikkita turli tushunchani ajratib ko’rsatishga imkon beradi. " Kambag’allarga yordam" - shu lahzada hayotiy vositalarga muhtoj bo’lganlarni kundalik qo’llab-quvvatlash bo’lib, sof taqsimot muammosini o’z ichiga oladi: muhtojlarga yordamning samaraliroq dasturlarini ishlab chiqish bilan milliy daromadning bir qismini tegishli maqsadlarga ajratish. Bunda bosh vazifa - barcha imkoni bor manbalar (davlat, nodavlat, halqaro) bo’yicha zarur mablag’ni topish va yordam ko’rsatishning eng arzon maqsadli yo’llarini tashkil etish. Bunda ochlar va nochorlar sonini minimal darajada kamaytirishga erishish mumkin. Biroq bu erda jiddiy muammo mavjud: resurslarning cheklanganligidir. "Kambag’allikka qarshi kurashish" degan ikkinchi tushuncha - bu kambag’al aholi sonini kamaytirish va uning ko’payishining oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishidir. Bu tadbirlar iqtisodiy siyosatning sotsial asosini tashkil etib - ular aholi asosiy qismining daromadini oshirishga, milliy ishlab chiqarishning jonlanishi asosida kam ta`minlanganlar foydasiga, ular kambag’allar safini yanada to’ldirmasliklari uchun qayta taqsimlash mexanizmini yaratishga yo’naltirilgandir. Faoliyatning bunday strategiyasini tanlashda hukumat YAIM da real ish haqining ulushini ko’paytirishga mo’ljallangan dasturlar qabul qilishi (bu ko’rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 50-60 % ni tashkil etadi); mehnat qilish uchun zaruriy strategik makon yaratishi (yollanma, tadbirkorlik, kooperativ, fermer, hunarmandchilik, oilaviy va barcha boshqa shakllarda ham); har bir kishiga o’zi uchun hamda davlat va jamiyatni ta`minlash uchun ishlab topish imkoniyatini yaratishi lozim. Aynan mehnat o’zini-o’zi himoyalashning eng yaxshi usulidir. Faqatgina mehnatni adolatli baholashni, tegishli rag’batlantirishni, o’rtacha soliqlar va maqbul iste`mol narxlarni shakllantirish zarur. Hukumatning sotsial siyosati taqsimlash va qayta taqsimlashning shunday mexanizmlarini o’z ichiga olishi kerakki, ular mehnatning muvaffaqiyatli natijalarini o’rtacha ta`minlangan va kam ta`minlangan aholi foydasiga yo’naltira olsin, chunki boylar o’zi haqida o’zlari qayg’ura oladi. Bu sohadagi asosiy masala, keng ko’lamdagi: issiqlik, non, dori-darmondan tortib, ta`lim tibbiy xizmat, uy-joy va aloqa vositalarigacha iste`molning minimal sotsial andozalariga bo’lgan inson huquqlarini tiklash hisoblanadi. Bunday andozalarga quyidagilarni kiritish mumkin: - eng kam ish haqi va mehnat nafaqasining yashash minumumi darajasiga mos kelishi; - ish haqini bolalarni ta`minlash xarajatlarini hisobga olgan holda belgilash; - malakali mehnatga haq to’lashdagi adolatsizlikni tugatish uchun byudjet sohasi xodimlarining ish haqini qayta ko’rib chiqish; -xodimning yashash minumi darajasida bo’lgan soliq chegirmalarini o’rnatish; -aholi uchun keng iste`mol tovarlari va sotsial ahamiyatli xizmatlarga ega bo’lishni ta`minlash. Rivojlangan malakatlarning sotsial-iqtisodiy siyosatida davlat himoyasi usulidan ko’ra, ko’proq o’zini-o’zi himoyalash usuliga zo’r bermokda. Bu mamlakatlarda soliqlar bo’yicha imtiyozlar berish yo’li bilan daromadlarning ishlashi, majburiy sotsial sug’urtalashning rivojlanishi, firma ichidagi sotsial siyosat; uchinchi, notijorat sektorining, jamoatchilik tashabbuslarining kengayishi; fuqarolar va biznesning xayriya tadbirlaridagi ishtiroki; jamiyat barcha a`zolarining investitsiyalar manbai sifatidagi jamg’arma va omonatlardan manfaatdorligi rag’batlantiriladi. Bularning barchasi o’rta sinfning gullab-yashnashiga hamda kambag’allikka qarshi kurashda yordam beradi. Davlat xayriya tadbirlari, jamoat tashkilotlari faoliyati, mahalliy uyushmalar sotsial muammolarni hal etishda korxonalarning ishtirokini kengaytirish haqida g’amxo’rlik qiladi. Kambag’allikka qarshi kurashda sotsial sug’urtalash tizimi muhim rol o’ynaydi (SHvetsiya, Frantsiya GFR tajribasida). SHu munosabat bilan ta`kidlash lozimki, aholini aniq maqsadli sotsial himoyalash bo’yicha tadbirkorlarni ham kambag’allikka qarshi kurashishning samarali vositalariga kiritish mumkin. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling