Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


O’zbekistonda kambag’alikni qisqartirishning yo’llari va uning asosiy yo’nalishlari


Download 1.46 Mb.
bet72/89
Sana08.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1444140
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   89
Bog'liq
b16852ab7bc44cbe3c7d2ea3369f03e1 УМК ижтимоий сиёсатдан мажмуа1 (1)

3. O’zbekistonda kambag’alikni qisqartirishning yo’llari va uning asosiy yo’nalishlari.
O’zbekiston kambag’allikka qarshi kurashish dasturini qabul qilgan bo’lib, uning asosini quyidagi tadbirlar tashkil etadi:
- mamlakatda barqaror iqtisodiy o’sishni ta`minlash: Buning uchun av­valo narxlarning uzil-kesil barqarorlashuviga va yaratilayotgan YAIM hajmining yanada jadalroq o’sishiga erishish zarur;
- mehnat qilish sohalarini kengaytirish, iqtisodiyotning samaraliroq tarmoqlarini (tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar sohasini) rivojlan­tirish. Bu samarasiz tarmoqdagi mehnat resurslarining samaraliroq tarmoqlarga, ayniqsa agrar sektordan faoliyatning boshqa sohalariga o’tishga olib keladi;
-tadbirkorlikni, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini va o’zini o’zi band etish shakllarini kengaytirish va shu asosda aholi daromadlarini oshi­rish uchun imkoniyatlar yaratish; Ushbu sektor O’zbekistonda katta salohiyatga ega bo’lib, rasmiyat­chilik to’siqlari (byurokratik to’siqlar) sababli to’liq rivojlana olmayap­ti. Kichik tadbirkorlikning rivojlanishi aholiga, ayniqsa kambag’al va kam daromadli aholi qatlamiga katta imkoniyatlar beradi;
- jamoa shaklidagi ishlarni tashkil etish, sotsial infratuzilmaga quyi­ladigan investitsiyalarning o’sishiga, kapital qurilishdagi jonlanishga, mamlakatda iqtisodiy ahvolning yaxshilashiga va bandlik da­rajasining jiddiy oshishiga yordam beradi;
-o’rtacha daromadlarning doimiy ko’payishi, kambag’allik o’sishining bartaraf etilishi.
Kambag’allika qarshi kurash davlat dasturining ro’yobga chiqishi, kambag’allik darajasini ancha pasaytirishga imkon beradi.
O’zbekistonda kambag’allikka qarshi kurash shakllari va usullarining xususiyati shundaki, bu jarayonda nafaqat davlat, balki korxonalar, jamoat tashkilotlari shu jumladan, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish or­ganlari mahallalar ham ishtirok etadi. Davlat aholi turli guruhlari tomonidan olinayotgan daromadlarini tartibga soladi, norizoliklar paydo bo’lish xavfini bartaraf etadi.
Daromadlar darajasini tartibga solish mexanizmining asosiy ele­mentlari quyidagilar hisoblanadi:
- nafaqa, stipendiya, byudjet sohasi xodimlarining ish haqini muntazam oshirib borilishi. O’tgan 8 yilda (aniq mo’ljalli sotsial himoyalash dasturi 1996 yildan kiritilgan edi) eng kam ish haqi 250 so’mdan (1996) 9400 so’mga (2005y), ya`ni 33.5 martaga, eng kam nafaqa 30 marta ko’paydi;
-kam ta`minlangan oilalar va bolali oilalarni aniq mo’ljalli ij­timioy himoyalash ularga pul nafaqalari berish yo’li bilan bo’lmokda. Kam ta`minlangan oilalar va bolalik oilalarni qo’llab-quvvatlashning bu shakli xususiyati shundaki, nochor guruhlarni aniqlash va ularga yordam ko’rsatish, fuqarolarning mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari, ya`ni mahallalarga yuklatilgan. Nafaqalar to’lashning moliyaviy manbai respublika va mahalliy byudjetlar mablag’lari hisoblanadi;
- ishsizlarni, ularga nafaqa berish, bepul o’qitish, kasbiy tayyor­garlik davrida stipendiya berish va ishsizlik nafaqasiga yana ishsiz kishining qaramog’idagi har bir kishiga ishsizlik nafaqasining 10% miqdorida usta­ma qo’shib berish shakllarida moddiy qo’llab-quvvatlash;
-alohida toifadagi fuqarolar va oilalar uchun o’rnatilgan nafaqa­lar, kafolatlar va imtiyozlar tizimi (qishloq joylardagi maktab o’quvchi­lari, oliy o’quv yurti o’qituvchilari, "Sog’lom avlod uchun" ordeni bilan mukofotlanganlar va boshqalarni kvartira va kommunal xizmatlar uchun to’lovlardan to’liq yoki qisman ozod etish);
- yagona tarif jadvalini kiritish va turli toifadagi xizmatlar ish haqi miqdorini eng kam ish haqi miqdori bilan bog’liq holda qarash;
- xo’jalik faoliyati natijalariga bog’liq holda korxo­nalar tomonidan mehnatga haq to’lash uchun yo’naltiruvchi mablag’larni tar­tibga solish;
-jismoniy shaxslar daromadlarini o’sib borish darajasiga ko’ra progressiv tizimdagi soliqqa tortish.
Keyingi yillarda sotsial himoyalash bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar birgalikda kambag’allikning o’sishi imkoniyatlarini bar­taraf etadi.
SHu bilan birga, aholining barcha tabaqalarining turmush darajasini oshirish barqaror iqtisodiy o’sish faolligiga erishilgandagina mumkin bo’ladi. O’zbekiston hukumati tomonidan 2004-2006 yillarda tur­mush darajasini oshirishning kompleks tezkor strategiyasi ishlab chiqil­gan va qabul qilingan bo’lib, turmushning barcha sohalaridagi islohot­larni chuqurlashtirishga yo’naltirilgan. Ushbu strategiyaning kontseptual asosi sotsial siyosatni mamlakat iqtisodiy rivojlantirish bilan integ­ratsiyalashuvi hisoblanadi.
Aholi bandligini rivojlantirishning tendentsiyalari va istiqbollari
Sotsial-iqtisodiy rivojlanishning integratsion dasturi barcha sotsial guruhlar va qatlamlar o’rtasida iqtisodiy o’sish natijalarini adolatli taqsimlashni, resurslarga erkin kira olishni, shuningdek, hudu­diy, jinsiy va boshqa belgilar bo’yicha iqtisodiy kamsitishlardan himoya­lashni ta`minlashi zarur. Sotsial siyosatning bir qismini bandlik tashkil etib, bu nafaqat iqtisodiy hodisadir, balki, demografik jarayon­larga ham bog’liqdir. SHuning uchun bandlikni o’rganishda demografik vaziyatning tahlili ham muhim ahamiyat kasb etadi.
1990 yildan 2004 yilgacha bo’lgan davrda O’zbekiston aholisi 7.3 mln kishiga (35.9%) ko’paydi va 26 mln. kishiga etdi. Aholining uchdan ikki qismiga yaqin (63%) qishloq joylarida yashaydi. Aholi ko’payishining qariyb beshdan to’rt qismi qishloq joylariga to’g’ri keladi.
Demografik jarayonlar iqtisodiyotdagi vaziyat bilan chambarchas bog’liqdir. Respublika iqtisodiyotida ishlab chiqarishning pasayi­shi kuzatilgan, shahar joylarda tug’ilish darajasi ancha qisqardi, respublikadan aholi­ning chiqib ketishi o’sgani ham kuzatildi, nikohlar tuzilishi miqdori kamaydi.
1996 yildan boshlangan iqtisodiy o’sish demografik tendentsiyadagi o’zgarishlarga ham ta`sir etdi. Bu davrda shahar aholisining ko’payish sur`atlari oshdi, qishloq aholisi esa kamaydi. Aholining chetga ketib qolishi jiddiy qisqardi, nikohlar soni o’sa boshladi.
Ish kuchiga talabdan taklifning ancha yuqoriligi, chetga ketib qolish­lar darajasi va ketib qoluvchilar tarkibining deyarli 70 % mehnatga qobiliyatlilar ekanligi bandlik muammosining jiddiyligini pasayti­rishi lozim edi. Bular asosan sanoati rivojlangan hududlar va yirik sanoat korxonalaridan ish kuchining ketib qolishi hamda yuqori malakali kadrlarga talabning mavjudligi bilan taqozolanadi. Bunday hodisa ja­dal ravishda tegishli mutaxassislar va ishchi kadrlar tayyorlash uchun qo’shimcha xarajatlarni talab etdi.
O’zbekistonda yuz berayotgan demografik tendentsiyalarning sotsial oqibatlarini hisobga olmaslik mumkin emas. Mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar soni butun aholi soniga qaraganda yuqoriroq sura`tlarda ( yi­liga 2.8 %) o’sib bormoqda. Bu hol mehnat bozorida keskinlikning kuchayishiga olib keladi.
Qishloq aholisi bandligidagi ahvolning keskinlashuvi yana shu bilan bog’liqki, aholi ko’payishining uchdan ikki qismidan ko’prog’i qishloqqa to’g’ri keladi. Mehnatga qobiliyatli qishloq aholisining o’sish sur`atlari shahar aholisi ushbu qismining o’sish sur`atlaridan ilgarilab ketishi davom et­moqda.
Respublikadagi iqtisodiy o’sish aholi bandligida ijobiy o’zgarish­larga olib kelmoqda. Iqtisodiyotning faol tarkibiy qayta qurilishi avto­mobilsozlik, teleradioapparaturalar, qishloq xo’jalik texnikalari ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash kabi yangi ishlab chiqarish sohalari yaratili­shiga olib keldi va yangi ish o’rinlarini yaratilishiga yordam berdi. Kichik va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi esa iqtisodiy faollikning oshi­shiga, bozor tarkiblari tarmog’ining kengayishiga olib keldi.
Mamlakatda, qishloq aholisining bandlik darajasini oshirish maqsadida 1996 - 2000 yillarda bandlikni ta`minlashning hududiy dasturi ishlab chiqarilgan edi. Ushbu dastur yangi ish o’rinlarini yaratish, qishloq joylarida faoliyat sohalari va turlarini kengaytirish hamda yaqin atrof­dagi shaharlar korxonalariga qishloq aholisini qo’shimcha ishga jalb etishni ta`­minlovchi tadbirlar majmuasidan iboratdir. Hududiy dasturlarni ba­jarish kichik va xususiy biznesni, bozor infratuzilmaini, fermer, dexqon, shaxsiy xo’jalik va o’zini o’zi band etishni rivojlantirish qishloq aholisi faoliyati sohalari va turlarining kengayishiga imkon berdi.
Qishloq joylarida yangi ish o’rinlari yaratilishi aholining bandlik tarkibiga ham ta`sir etdi. Keyingi yillarda unda moddiy ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish, moddiy - texnikaviy ta`minot sohasida­gi band bo’lganlar ulushi ko’paydi.
Rasmiy statistika ma`lumotlari mutlaq bandlikning o’sishi to’g’risida guvohlik bersada, mehnat bozoridagi vaziyat murakkabligicha qolmokda.
Mutaxassislarning hisoblariga ko’ra, O’zbekistonda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda ortiqcha bandlik saqlanishi davom etmoqda. Agrar sohadagi qariyb millionga yaqin kishi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish hajmiga zarar etkazmagan holda bu sohadan ozod etishlari mumkin.
YAngi ish o’rinlarining o’sishi mehnat resurslarining ko’payish sur`atlaridan orqada qolmokda. Bu nomutanosiblik yoshlarning, ayniqsa qishloq joylarda, mehnat bozoriga, kirishlari uchun qiyinchilik yaratmok­da. Bunday sharoitda yoshlar, etarlicha yuqori ma`lumot darajasiga ega bo’lishlariga qaramasdan malakasiz va kam haq to’lanadigan ishlarga rozi bo’lishga majburdirlar. Buning ustiga ish axtarib yurgan yoshlarning taxmi­nan uchdan bir qismi oilali bo’lib, oilani boqish bo’yicha ma`lum bir maj­buriyatlarga egadir.
O’tish davrining hozirgi bosqichida O’zbekiston mehnat bozoridagi vaziyatni sezilarli darajadagi tarkibiy ishsizlikni tavsiflaydi. Ish kuchiga bo’lgan talab, mehnatga qiziqtirish darajasi­ning pastligi tufayli, ish kuchining taklifiga mos kelmaydi.
Xalqaro metodologiyaga muvofiq o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, 2002 yilda O’zbekistondagi ishsizlik darajasi 9.8% ni, shu jumla­dan erkaklar orasida 11%ni, ayollar orasida 8%ni tashkil etgan. eng yuqori darajadagi bandlik 35dan 44 yoshgacha bo’lgan aholi uchun xos­dir. Ushbu yoshdagi mehnatga layoqatli aholining 80% (erkaklarda esa 91% dan ko’prog’i) band bo’lgan. Ular qoida tariqasida yuqori bilim darajasi­ga egadirlar. Ulardan 60% o’rta, 25% ga yakini oliy ma`lumotga ega.
SHahar joylarda, bandlarning asosiy qismi xizmat ko’rsatish sohasi­ga to’g’ri keladi.
Eng ko’p ishsizlar erkaklar orasida 16-24 yoshdagi­lar-25.2%, eng kami - ayollar orasida 45-54 yoshdagilar - 2%. 25-44 yoshlilar guruhida ishsizlik 6.3-6.7 % ni tashkil etadi va friktsion ish­sizlik chegarasidan chetga chiqmaydi. Ishsizlikning eng yuqori darajasi faqat boshlang’ich ma`lumotga ega bo’lganlar orasida 33.3%, eng kam dara­jasi - oliy ma`lumotlilar orasida 3.2% uchraydi.
Respublikada ishsizlik bilan birgalikda, hisobga olinmagan bandlik mummosi ham mavjud. Bunga rasman ta`qiqlanmagan, biroq daromad keltiruvchi va soliqka toritilishdan yashirib qolinuvchi har qanday faoliyat kiradi.
Hisobga olinmagan bandlik ishsizlik muammosini birmuncha yumshatsada va nisbatan yaxshi haq to’lanadigan doimiy ish topa olmagan aholiga daromad keltirsada, biroq band bo’lganlardan bir qismi­ning soliqlardan bosh tortishi iqtisodiyot uchun salbiy oqibatlarga egadir.
Ro’yxatga olinmagan faoliyatning mavjudligi sotsial-iqtisodiy ja­rayonlarlarning miqyosi va tavsifini to’lik darajada baholashga halaqit beradi, bandlikning haqikiy ko’rsatkichlarini pasaytiradi, sotsial mu­amolarni hal etishning maqbul yo’llarini ishlab chiqishga yo’l bermaydi.
O’tish davrida bandlik davlat tomonidan faol tartibga solishga muh­tojdir. Davlat bandlikni tartibga solishda aktiv va passiv siyosat yuritishi mumkin. Bandlik siyosati nafaqat yangi ish o’rinlari yara­tishni rag’batlantiruvchi iqtisodiy o’sishga erishishni taqozo etadi, balki ish kuchining hududiy va tarmoq ichidagi harakatchanligiga-ish izlashda vositachilikni tashkil etish, kasbiy o’qitish va qayta o’qitish, xodimlar va ish beruvchilarni mehnat bozoridagi ahvol bilan tanishtirib borish va boshqalarga ham yordam beradi. Bunday masalalar mehnat va aholini sotsial himoyalash vazirligining vakolatiga kiradi.
Sotsial bozoriy iqtisodiyot tamoyillariga ko’ra davlat bandlik siyosatining ustuvor vazifasi oddiygina eng ko’p miqdordagi ish o’rinla­rini yaratish va saqlab turish (to’lik bandlik siyosati) bo’lmay, balki samarali ishchi o’rinlarini avvalo raqobatbardosh tavsifdagi tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohasidagi ish o’rinlarini ham saqlab qolish hamda ken­gaytirish hisoblanadi. Norentabil ish o’rinlarini moliyalashtirib turish taj­ribasi( m: SHvetsiya uchun tavsifli) ko’rsatadiki, bu davlat uchun noxush oqibatlar bandlik dasturining jiddiy darajada qimmatlashuviga, iqtisodiy kon`yukturaning yomonlashuviga, jahon bozorida tovarlar raqobat­doshligining pasayishiga va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
SHu sababli, sotsial davlatning bandlik siyosati quyidagi tamoyil­larga asoslanishi lozim:
Mehnat bozoridagi faol siyosat doirasida ishga joylashtirishga, moddiy yordam ko’rsatish maqsadida ishsizlarni kasbiy tayyorlashga yordam berish bo’yicha tadbirlarning ustuvorligi;
Davlatning bandlik xizmati, ish beruvchilar va xodimlar band bo’lmagan aholini ishga joylashtirishga yo’naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun hamkorlikda mas`ul bo’ladilar.
Ushbu tamoyillarning amalga oshirilishi shuni anglatadiki, jamiyatda sotsial boqimandalikni bartaraf etish uchun iqtisodiy shart-sharoitlar yaratiladi. Bunda ish axtarayotgan fuqarolarni ishga joylash­tirish, bepul kasbiy tayyorlash hisobidan ularning mehnat bozoridagi raqobatdoshligini oshirish bo’yicha tegishli vazifalarni jamiyat o’z zimmasiga oladi:
Davlat keng doiradagi mezonlarga (ishsizning ish staji, ishni yo’qot­gungacha bo’lgan ish haqi, ishni yo’qotgan holatlar uchun majburiy sug’urta­lash muddati, sug’urta badallari jamg’armasi miqdori, ishsizning yoshi va b.) bog’liq holda ishsizni sotsial himoyalash me`yorini o’rnatish tabaqaviy yondashuvni ta`minlaydi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling