Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy fanlar kafedrasi
Aqliy rivojlanishida muammolarn bo’lgan bolalar
Download 0.61 Mb.
|
5302fbcbdcb169642546bce3f64a2999 инклюзив таълим
2. Aqliy rivojlanishida muammolarn bo’lgan bolalar
Aqliy rivojlanishida muammolari bo’lgan bolalar amaliyotda "aqli zaif", "oligofren", "demensiya" degan atamalar bilan nomlanib kelinmoqda. Aqliy rivojlanishida mummolari bo’lgan bolalar kasallikning kelib chiqish vaqti bo’yicha ikkita shaklda farqlanadi: oligofreniya va demensiya. Oligofreniya bola markaziy asab tizimining ona qorni daligida, gug’ilishida, tug’ilgandan to 3 yoshgacha bo’lgan davrida shikastlanishi, kasallanishi natijasida kelib chiqadi. Aqliy rivojlanishida muammolari bo’lgan bolalar sirasidan bo’lmish oligofren bolalarda bosh miyaning organik jarohatlanishi patijasida barcha ruhiy jarayonlar turg’un ravishda buziladi. Buning oqibatida ularning ko’pchiligida nutq nuqsonlari, tafakkur, idrok xotira, diqqat va sezgilardagi buzilishlar kuzatiladi. Ulardagi shaxs xususiyatlarining buzilishi tarbiya jarayoniga to’sqinlik qiladi. Agar trli sabablarga ko’ri aqli zaiflik bolaning 3 yoshidan keyingi davrida paydo bo’lsa, buni endi orttirilgan aqli zaiflik-demensiya deb yuritildai. Demensiya progressiv- ya’ni tabiatan kuchayib boruvchi xususiyatga ega bo’ladi Aqliy faoliyatning shikastlanish darajasiga ko’ra oligofreniya uch darajaga ajratiladi: -debillik; -imbesillk; -idiotlik. Debillik- oligofreniyaning yengil darajasi bo’lib, bu bolalar yordamchi maktab dastur talablarini bemalol bajara olishadi. Debil darajasidagi bolalarni normal rivojlanishdagi bolalardan farqlash aicha qiyin kechishi mumkin. Ulardagi mavjud aqliy nuqson umumlashtirish, mavhum tafakkurlash, matematik amallarni bajarish jarayonida yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu bolalarni nutqida qo’pol iuqsonlar kuzatilmasada, ammo lug’at boyligi kambag’al, grammatik tomoni buzilgan, bog’langan nutqi sust rivojlangan bo’ladi. Imbesillk-oligofreniyaning birmuncha og’ir darajasi bo’lib, bu oolalarda hatto sodda tushunchalarni ham shakllantirish qiyin kechadi. Imbesil bolalarning nutqida juda qo’pol buzilishlar kuzatiladi. Ularning o’z-o’ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirsh ham qiyin kechadi. U yordamchi maktab dastur talablarini deyarli o’zlashtira olmaydilar. Shuning uchun ham bu bolalar bilan asosan ijtimoiy-foydali mehnatga va o’z-o’ziga xizmat qilish malakalarini shakllantirishga o’rgatish ishlari olib boriladi. Idiotlik-oligofreniyaning eng og’ir darajasi bo’lib, ularning tafakkuri, ongi, nutqi deyarli rivojlanmagan bo’lib, hatto o’z shaxsini ham bilmaydilar. Aqliy rivojlanishda orqada qolgan bolalarni umumta’lim tizimida faqatgina debil darajasidagilarinigina o’qitish imkoniyati mavjud. Aqliy rivojlanishida muammolari bo’lgan bolalar umumta’lim tizimi sharoitida o’qitilsada, ammo yordamchi maktab dasturi talablari asosidagina o’qitilishi talab etiladi. Chunki bu dastur talablari aqliy rivojlanishada muammolari bo’lgan bolalarning o’ziga xos xususiyatlarini va imkoniyatlarni hisobga olgan holda tuzilgan bo’lib, aqliy rivojlanishada muammolari bo’lgan bolalar umumta’lim dasturi talablarini o’zlashtirish imkoniyatiga ega emaslar. Shunga ko’ra inklyuziv ta’lim tizimiga jalb qilingan aqliy rivojlanishida muammolari bo’lgan bolalarni o’qitishda o’qituvchidan alohida-individual va differensial yondashish, qo’shimcha mehnat va mahorat talab etiladi. Sinf o’qituvchisi o’z sinfiga kiritilgan aqliy rivojlanishda muammolari bo’lgan bolaning diqqati tarqoq, qiziqishlari sust, xotirasi past ekanligini, ularning tez charchab qolishini hisobga olishi va bolaning individual-psixologik- shaxs xususiyatlarini bilishi lozim. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling