Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti dasturiy injiniring yo


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana05.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1080130
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Xikmatillayev Dilshod



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI 
 
 
 
DASTURIY INJINIRING YO’NALISHI 
209-guruh talabasi 
Xikmatillayev Dilshodning 
MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI FANIDAN 
“Dorixona ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish va ishlab chiqish” 
mavzusida tayyorlagan 
 
 
KURS ISHI 
 
 
 
 
 
Tekshirdi: Eshonqulov E. 
 
 
 
SAMARQAND – 2022 



REJA: 
KIRISH
 
NAZARIY QISM
 
1.1.
Ma’lumotlar bazasi va uning asosiy tushunchalari 
1.2.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari 
ASOSIY QISM
 
2.1. "Dorixona" ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni shakllantirish 
2.2. Ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish operatorlarini qo’llash 
2.3. Ma’lumotlar bazasida so’rovlar yaratish 
2.4. Ma’luotlar bazasida hisoblash maydonlarini yaratish
XULOSA
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 



KIRISH 
Ma’lumotlar bazasi – tegishli ma’lumotlar to’plamini o’z ichiga olgan 
umumiy, birlashgan kompyuter tuzilmasi. Axborot tizimining turiga va masalaning 
qo’yilishiga qarab, bu ma’lumotlar bir yoki ikki mavzudagi bir necha megabaytdan 
biznesning ichki va tashqi muhitidagi yuzlab mavzularni qamrab oladigan 
terabaytgacha o’zgarishi mumkin. Ma’lumotlar bazalari, kompyuterlarga 
asoslangan tizimlarga ma’lumotlarni tezda saqlash, boshqarish va olish imkonini 
beradigan ixtisoslashgan tuzilmalardir. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon
yozuv, fayl atamalari bilan bog’liq.
MBni loyihalash bu mantiqiy va fizik loyihalash modellarini ishlab chiqish. 
Mantiqiy model ma’lumotlar talablariga va fizik mulohazalardan mustaqil ravishda 
saqlanadigan ma’lumotlarga e’tiborni qaratadi. Ma’lumot qanday saqlanishi yoki 
qayerda saqlanishi, qay tarzda, bu bilan bog’liq emas. Ma’lumotlarning fizik 
loyihasi modeli ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) kabi apparat 
vositalari va dasturiy ta’minot tizimlaridan foydalangan holda ma’lumotlar 
bazasining mantiqiy loyihasini fizik muhitga tarjima qilishni o’z ichiga oladi. 
Ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish davrida bir qator bosqichlar mavjud bo’lib, ular 
ma’lumotlar bazasi tizimini ishlab chiqishda kuzatiladi. 
MBni boshqarishda MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan 
foydalanib unda SQL operatorlari va so’rovlar (CREATE, INSERT, SELECT, 
DELETE, UPDATE va boshqa), matematik va mantiqiy operatorlardan foydalanish 
keltirilgan. MBBTda ma’lumotlar bazasini bir kompyuterdan boshqa bir 
kompyuterga ko’chirish va bundan tashqari ma’lumotlar bazasini (CSV, JSON, 
PDF, MS EXCEL va MS WORD) formatlarda eksport qilish imkoniyatlarini ko’rib 
chiqish. MBni tuzishda va boshqarishda jadvallar va uning maydonlari ustida 
bajarilgan amallar hisoblanadi. Jadvallarning o’zaro aloqasi ya’ni ko’pga-ko’p, 
birga-bir yoki ko’pga-bir bog’lanishli bo’lishi hamda shu kabi asosiy termin va 
tushunchalar asosida yaratilgan MBni boshqarish va uning ustida bajarilgan amallar 
hisoblanadi. Kurs ishini tayyorlash mobaynida MBni loyihalash va uni MBBTdan 
foydalangan holda bajarish qulayligi hisoblanadi. 




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling