Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi
MAVZU: O`zbekiston tarixini o`qitishning ta‘lim-tarbiyaviy vazifalari va tuzilishi
Download 379.19 Kb.
|
Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti tarixshunoslik va
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar va manbalar.
4. MAVZU: O`zbekiston tarixini o`qitishning ta‘lim-tarbiyaviy vazifalari va tuzilishi.
REJA: 1. O'zbekiston tarixini o'qitish va o'rganinish zaruriyati va ahamiyati. 2. O'zbekiston tarixini o'qitish vazifalari. 3. O'zbekiston tarixini umumta'lim maktablarida o'rganishni davrlashtirinshing ilmiy-metodik asoslari va uni sinflar bo'yicha tuzilishi. Dars o’tish jarayonida yangi pedtexnologiyalardan (“Aqliy hujum”, “Munozara” ) foydalaniladi. Adabiyotlar va manbalar. 1.Karimov I.A.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.,2008 2.Karimov I.A.O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.. T., 1992. 3.Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T, 1998. 4.Karimov I.A.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ,O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. T, 2009.. 5.Ishmuhammedov R.,Abduqodirov A.,Pardaev A.Ta’limda innovatsion texnologiyalar.T.,2008. 6.Sa`diev A. O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish.T., «O’qituvchi » 1993. 7.G’afforov,Ya., G’afforova M.G., O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish usullari.T., 1996. 8. httr: www.orexca.com/rus/uzbekistan.shtml XX asrning mamlakatimiz xalqlari uchun bergan eng buyuk va oliy janob ne‘mati bu O`zbekiston milliy davlat mustaqilligining qo`lga kiritilganligidir. Chunki, milliy mustamlakachilik zulmi va muteligidan ozod bo’lish, tom ma‘nodagi istiqlol-mustaqillikka erishish xalqimizning uzoq yillardan beri kutgan ezgu armoni va orzusi edi. Bu ezgu, maqsad yo’lida millatning ming-minglab farzandlari o`z jonlarini qurbon qildilar, O`zbeknstokning milliy davlat mustaqilligi xalqimizning hur, erkin, ozod yashab, o`z taqdirini o`zi hal qilishdek buyuk baxt bugungi avlod vakillariga nasib etdi. Ammo qo`lga kiritilgan milliy davlat mustaqilligimizni saqlab qolish, uni siyosiy, iqtisodiy jixatdan yanada mustaxkamlash va kelajagi buyuk davlat barpo qilish mislsiz darajada qiyin, murakkab ,bir vazifadir. Bu vazifaning qay darajada bajarilishi mamlakatimiz fuqarolarining ijtimoiy siyosiy saviyasi, milliy istiqlol mafkurasining nechog’lik ular ongida shakllanib, hayotiy dunyoqarashiga aylanishi bilan mushtarakdir. Bu ulug’vor vazifani hal etishda xalq maorifi tarmoqlari, umumta‘lim maktablai, oliy o`quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlari hal qiluvchi rol o’ynaydi. Chunki, bu o`quv maskanlaridagi ijtimoiy-siyosiy va tarbiyaviy muxit sharoitida mustaqil O`zbekiston yoshlarining shaxs va fuqaro sifatidagi dunyoqarashi shakllanadi. Bu borada xalq ta‘limi tizimining barcha tarmoqlarida o`qitiladigan fanlar, xususan O`zbekiston tarixining yuqori nazariy-ilmiy va tarbiyaviy saviyada olib borilishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mustaqil O`zbekistonning kelajagi bo’lgan yosh avlodni tarbiyalash, ular ongida milliy istiqlol tafakkurini, vatanparvarlik g’oyalarini shakllantirishda vatan tarixini o`rganishning o’rni va imkoniyatlari cheksizdir. Chunki, tarix xalqning hotirasi, vatanimizning o’tmishi, avlodlar sevib e‘zozlab, o`rganib, o’rnak va saboq oladigan hayot maktabidir. Tarixiy o’tmishsiz biror bir xalqning buguni bo’lmagan va kelajagi ham bo’lmaydi. Tarix odamlarni o’ylantiradi, bo’lib o’tgan tarixiy voqea va xodisalarni farqlash, tahlil qilish va ulardan xulosa chiqarish asosida dasturiy harakatlar yo’llanmasini belgilashga yordam beradi. Milliy o`zlikni anglashda, milliy birlikni shakllantirishda, shajaramiz ulug’ligi va pokligini bilish va qadrlashda, qadimiy va dono xalqimizning jahon xalqlari orasida tutgan o’rniga baho berishda, uning eng boy hayotiy va tarixiy tajribalaridan urinli va kengroq foydalanishda, xalqimizning oliyjanob, xurriyatparvar, erkparvar, istiqlolparvar an’analarini izchil o’rganish va uni yanada boyitishda, xullas mustaqil O`zbekiston fuqarosiga xos bo’lgan barkamol insonni voyaga yetkazishda, xalqimizning jahon xalqlari orasida tutgan o’rniga baho berishda, uning eng boy hayotiy va tarixiy tajribalaridan o’rinli va kengroq foylalanishda, xalqimizning oliyjanob an‘analarini izchil o`rganish va uni yanada boyitishda, xullas mustaqil O`zbekiston fuqarosiga xos bo’lgan barkamol insonni voyaga yetkazishda O`zbekiston tarixi nihoyatda katta axamiyatga ega. O`z tarixini, ota bobolari va avlodlarning o’tmishini yaxshi bilgan xalqni qayta mustamlakachilik asoratiga olish mumkin emas. Tariximizda shunday zamonlar ham bo’ldiki, birlik buzildi, gullab yashnayotgan Vatan o`zlikni anglashdan yiroq turgan, shaxsiy manfaatparast "yetakchilar" o’rtasidagi ichki ziddiyatlar tufayli tanazzulga yuz tutdi. (Xonliklar davri). Mamlakat parchalandi. Parchalangan yurt osongina boshqalar asoratiga tushib qoldi. Bu tarixiy haqiqatni bilmasdan turib, o`quvchilar tarixiy voqea va xodisalarni tahlil etmasdan, u haqda yosh avlodga tarixiy bilim va tarbiya bermasdan xalq ongida milliy o`zlikni va vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirish mumkin emas. Shunday ekan O`zbekiston ta‘lim tizimida Vatan tarixini asosiy fan sifatida o`qitish bugungi hayotimizning dolzarb vazifalaridan biri bo’lib qolishi davr toqozosidir. O`zbekiston Respublikasi Prezidsnti I.A.Karimov Vatan tarixining yoshlar tarbiyasidagi o’rniga alohida e‘tibor berib, "Xotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, o`z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi" deb ta‘kidlagan edi. O`zbekiston tarixi fani xalq maorifi tizimining barcha tarmoqlarida o`zining jamiyat hayotida tutgan o’rni va mavqeiga ko’ra asosiy va yetakchi fandir. Shu boisdan ham bu fan vatan tarixining ibtidosi o’lkashunoslik ekanligini e‘tiborga olgan holda umumta‘lim maktablarida va oliy o`quv yurtlarining barcha mutaxasisliklarida bir xil hajmdagi soatlarda o`qitiladi. Bu O`zbekiston tarixi fani oldiga qo`yilgan vazifalar bilan bevosita bog`liqdir. Bunda: Birinchidan, O`zbekiston tarixi fani yosh avlod ongida siyosiy, nazariy-ilmiy dunyoqarashni shakllantirish voqea va xodisalarga tarixiy nuqtai nazarda yondoshadigan har tomonlama yetuk, barkamol insonni tarbiyalashi lozim. Ikkinchidan, O`zbekiston tarixi mustaqil O`zbekiston yoshlari ongida milliy vijdonni uyg’otib, uni shakllantirishda ko’maklashadi. Yoshlar ajdodlarimizning taraqqiyot yo’li, tarixiy tajribalarini o`qib-o’rganganlaridagina ularda istiqlol tafakkuri, hozirgi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy ma‘rifiy turmushni o’tmish bilan qiyoslash va kelajakka nazar solish tuyg’usi shakllanadi. Uchinchidan, O`zbekiston tarixi fani o`quvchilarni ona vatanga mehr-sadoqat hamda harbiy vatanparvarlik an‘analari ruhida tarbiyalash vositasidir. To’rtinchidan, O`zbekiston tarixi yoshlarimizni baynalminalchilik ruhida tarbiyalash qurolidir. O`quvchilarimiz]bu fanni, o`rganish va mutolaa qilish ja-rayonida O`zbekiston jahon hamjamiyatining ajralmas qismi va bir bo’lagi ekanligini tushinib oladilar, o`zbek xalqining jahon taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga qo’shayotgan munosib hissasi bilan qonuniy suratda faxrlanadilar. Beshinchidan, O`zbekiston tarixi fani yosh avlodni ulug’ xalqimizning milliy qadriyatlari va axloqiy fazilatlari: xalollik, poklik, odillik, adolatlilik, iymon va e‘tiqodlik ruxida tarbiyalamog’i, Vatan va xalq oldidagi burchga sadoqatni qaror toptirmog`i darkor. Shunday qilib, O`zbekiston tarixi fanini o`quvchilarga o`qitish va o’rgatish birdan-bir hayotiy vazifasidir. Mustaqil milliy davlatchilikning vujudga kelishi o`zbek xalqi va milliy davlatchilikning rivojlanishi, uning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma‘naviy sohada jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasini, yuqorida aytganimizdek bilib olish zaruriyati, komil insonni, O`zbekiston davlatining sodiq, vatanga fidoiy farzandini tarbiyalash maktabning bosh vazifasiga aylandi. Unda O`zbekiston tarixi asosiy o’rinni egallaydi. Shu bois O`zbekiston tarixini har bir yosh avlod chuqur o`rganishi ta‘minlash davlati siyosati darajasiga ko’tarildi. Ushbu masala (O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning taniqli tarixchi olimlar, shoir ya jurnalistlar bilan 1998 yil 26 iyundagi uchrashuvida yanada qat‘iy ta‘kidlandi. Bu O`zbekiston tarixini o`qitishning siyosiy asosidir. Natijada Respublika Ta‘lim Markazi qoshida taniqli olimlar, metodistlar va o`qituvchilardan iborat O`zbekiston tarixi ilmiy-metodik kengashi tarixiy davrlashtirishning puxta asoslarini yaratish yo’lida urinishlaridan keyin quyidagi asos qilib, uning tuzilishi sinflarga quyidagi bo’linishini maqsadga muvofiq deb qaror qildi. Biz ham O`zbekiston tarixini tuzilishiga yoqoridagini asos qilib olamiz. O`zbekiston tarixini o`qitishga umumta‘lim maktablarida 221 soatda o`qitiladi: 1) V sinflarda O`zbekiston tarixi fan asoslari sifatida emas, hikoyalar tarzida o`rganilishi ijobiy samaralar berishi ma‘qul deb topildi. Bu kursga 34 soat ajratildi. 2) VI sinflarda tarix fan asoslari sifatida o`rganila boshlanib, uning qamroviga insoniyatning ilk shakllanish bosqichidan kushonlar inqiroziga, ya‘ni IV asr davri kiritildi. O’sha davrlarni o`rganishga 34 soat ajratilgan. O`quvchilar O`zbekiston tarixining mazkur davrida taraqqiyotning dastlabki urug’chilik, qabilaviy hayot tarzi, mulkiy tengsizlik, tabaqalar umuman tarixiy sivilizatsiyaning quyidan yuqoriga tamoyili asosida xronologik izchillikda tarix o`qitish davlat standarti talab etgan tushunishlarni egallay olishi asosiy diqqat markazida turadi. 3)VII sinfda O`zbekiston tarixiga 51 soat ajratilgan bo’lib, eftalitlar davlati tashkil topishidan (V asr) to XV asr oxiri ya‘ni Temuriylar davlati inqirozi davrini o`z ichiga oladi. Tariximizning o’rta asrlardagi boy va rangbarangligi, iqtisod va siyosat, davlatchilik, fan, madaniyat sohasida jahonshumul yutuqlarga erishish sabablari, moxiyatini yaxlit o`rganish o`quvchilarning yosh xususiyatlariga ham qarab, ularning mazkur davrni zo’rikishsiz egallashiga imkon beradi. O`quvchilar 7 sinf o`quv jarayonida o’rta asrlarning umumiy asosidagi manzarasi haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’la oladi. 4) VIII sinfda O`zbekiston tarixiga Shayboniylar davlati tashkil topishidan XIX asrning birinchi yarimigacha bo’lgan davr ajratilgan. Bu davrni o’rganishga 51 soat ajratilgan bo’lib, 250 yillik tarixiy voqealar o’rgatiladi. Shayboniylar, Ashtarxoniylar, minglar, mangitlar va qo’ng’irotlar sulolalarining xukmronligi, davlat boshqaruvidagi umumiy o’xshashlik, qishloq xo’jaligi, hunarmadchilik, savdo-sotiq, madrasalar faoliyatidagi ta‘lim-tarbiyaning uzoq davr yagona islomiy mafkuraga asoslanganligi, yuqorida qayd etilgan soxalarda voqealar silsilaviy, keskin inqilobiy o`zgarishlarsiz tarzida sodir bo’lganligi, ushbu davrni 8 sinf o`quvchilari ajratilgan soatlar mobaynida egallab olish imkoniyatlari xisobga olingan. 5) IX sinfda XIX asr o’rtalaridan XX asrning 1917 yil fevraliga qadar tarixiy davr qamrab olinadi. Ushbu davrni tanlashda asosan ham siyosiy ham ilmiy dolzarblikdan kelib chiqadi.Unda Respublika Prezidenti I.A.Karimovning milliy istiqlol, davlatchiligimizning qadriga yetmoq, uni mustaxkam va buyuk davlatga aylanmog’i uchun qanday sabablarga ko’ra, Rossiya imperiyasi Turkistonni, uchala xonliklarni zabt etishga erishganligi, xonliklar o’rtasidagi o`zaro nizolar unda qanday ma‘lum rol o’ynaganligi, g’animlar siyosiy, iqtisodiy-madaniy zulm mustamlakachilikni qariyb bir asr davomida olib borganligi xalqimiz, asosan yoshlarimiz chuqur bilishlari zarurligidan dalolat beradi.
Download 379.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling