Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 1. «Архтхашастра». M., 1993. 2. «Гуань Цзы». M., 1959. 3. Книга правителя области Шан. М., 1993. 4. Хрестоматия по истории древнего востока: в 2-х частях. М., 1980. 5. Razzoqov A. “Iqtisodiy ta`limotlar tarixi” O`quv qo`llanma. T. 2003 yil 6. Аристотель. Никомахова этика. Политика// Соч. Т. 4. М., 1984. 7. Ксенофонт. Домострой// воспоминания о Сократе. М., 1993. 8. Платон. Государство. Законы// Соч. Т. 3, 5. М., 1971 – 1972. 9. Жильсон Э. Избранное. Т. 1: Томизм. Введение в философию Фомы Аквинского. М., СПб., 2000, ч. 3 Гл. 4. 10. Шумпеттер Й.А. История экономического анализа. Т. 1. СПб., 2001. С. 116-117. 11. История русской экономической мысли. Т.1. Ч. 1. М., 1955. 12. Игнатенко А.А. Ибн Халдун. М., 1980. 25 III-BOB. MERKANTILIZM IQTISODIY TA‟LIMOTINING MOHIYATI VA AHAMIYATI 3.1. Merkantilizm shakllanish davri tavsifi Evropa davlatlarida iqtisodiy hayotning faollaShuvi XII-XIII asrlarda aholi soni oshishi, savdoning rivojlanishi va yo`llar xavfsizligi o`sishi sababli amalga oshgan. Asta - sekinlik bilan tashqi savdo aloqalari ko`payib, savdo aylanmasi ishlab chiqarish quvvati o`sishiga asos yaratib berdi. Buning natijasida kemasozlik rivojlanib borgan. Ammo XV asrda mazkur jarayon Yangi sifatga ega bo`ldi. Buyuk jug`rofiy kashfiyotlar davri boshlandi. Yangi yer va bozorlarni izlash birinchi navbatda qimmatbaho metallarning keskin tanqisligi bilan bog`liq bo`lgan, Chunki o`sha davrlarda qimmatbaho metallar mablag` rolini o`ynagan. Mazkur tanqislik, savdo operatsiyalari o`sishi sababli yuzaga kelgan. Bundan tashqari, evropa davlatlari Hindistonga Yangi dengiz yo`llarini axtarish bilan ovora bo`lishgan, zero Hindiston o`sha davrlarda ziravorlar manbai edi. Suriya va kichik osiyo orqali, Sharqqa olib boruvchi quruqlik yo`llari, yagona yo`llar bo`lib, Venetsiya savdogarlari tomonidan nazorat etilgan. Boshqa mamlakatlar, (Ispaniya, Portugaliya, keyinchalik esa Angliya) bu kabi tashqi savdo aloqalaridan chetlashtirilgan. Quruqlik yo`llari orqali savdo, ko`plab miqdordagi dallollar orqali amalga oshirilib, bu holatda tovar narxlari keskin ko`tarilishiga sabab bo`lgan. Hindistonga etib olishning Yangi imkoniyatlarini axtarish, afrika qirg`oqlari bo`ylab dengiz yo`llarini o`zlashtirilishiga olib kelindi. Yer aylana ekanligi haqidagi g`oya tiklanishi natijasida esa, G`arbga qarab ekspedlitsiya tashkillashtirilishiga, hamda Amerikaning ochilishiga olib keldi. Oqibatda XVI-XVII asrlar davomida, Yangidan Yangi hududlar o`zlashtirilib, Yangi savdo aloqalari tashkil topdi - Ispaniya - Peru va Meksika, Angliya va Frantsiya - Shimoliy Amerika, Rossiya - SHimoliy Osiyo. Tashqi savdodagi muvaffaqiyatlar, Evropa tuzilishini o`zgartirib yubordi. Yangi erlardan olib kelinayotgan qimmatbaho metallar oqimi, ilk inflyatsiyaga olib kelib, buning oqibatida narxlar inqilobi yuzaga keldi. Narxlar XVI asrning 30- yillaridan oxirigacha 2-4 baravarga oshdi. Savdo aylanmasi va savdo daromadlari o`sib borib, kapital jamg`arilishining faol jarayoni boshlandi, va oqibatda natural ishlab chiqarishning, tovar ishlab chiqarilishiga o`zgartirilishi maqsadida uni modernizatsiya etilishi kuzatildi. Manufakturalar yuzaga kelib, yarim natural xo`jalik ehtiyojlariga muvofiq ravishda ishlab chiqarish o`sib bordi. Ushbu davrda Evropa mamlkatlarining, siyosiy tuzilishi ham o`zgardi. Markazlashgan davlatlar shakllanishi boshlandi. Tashqi va ichki savdo hajmi o`sishi, mamlakat ichidagi tarqoq hududlar integratsiyasi uchun iqtisodiy asos 26 yaratdi. Kommunikatsiya vositalari yaxshilanib bordi. Shu bilan birgalikda, savdogarlar feodallarga qarshi yakka hukmronlik uchun qirollarni qo`llab - quvvatlay boshlashdi. Ular savdo rivojlanishidan manfaatdor bo`lib, buning uchun ko`plab alohida feodal hukmdorlar orasidagi bojxona chegaralarini echish lozimligini tushunib etishdi. Soliq qonunchiligi birlashtirilgan holda tadbiq etila boshlandi. Mazkur o`zgarishlarning barchasi, faqatgina yagona, markazlashgan hukmronlik sharotidagina yuzaga kelishi mumkin edi. Savdogarlarning ijtimoiy mavqei ham o`sishni boshladi. O`zlarini qo`llab - quvvatlash savdogarlar turli savdo ekspeditsiyalarida tashkillashtirish uchun g`aznadan mablag` olib, buning natijasida siyosiy va harbiy qo`llab - quvvatlashlarga, hamda Yangidan Yangi savdo urushlari va kolonial bosqichlari uchun mo„ayyan kuchga ega bo`lishdi. Shuningdek mazkur davrda, intellektual hayotda ham turli muhim o`zgarishlar yuz berdi. Fanning teologiyadan erkinlashishi uchun kurash boshlandi. Eksperimental fan rivojlana boshladi. Oqibatda, birinchi amaliy natijalar olinib, bu natijalar, dunyo boshqaruvida inson tafakkuri nihoyatda yuksak kuchga ega bo`lganligiga amin bo`lindi. Falsafada ham, fikrlashning teologik an`analaridan erkin bo`lish uchun kurash boshlandi. Tahlilning al`ternativ usullari shakllandi, ya`ni abstrakt fikrlarga tayanadigan imperik fikrlashdan, tajribaga o`tildi. Xususan, Yangi usul rivojlanishiga katta hissani ingliz faylasufi Frensis Bekon kiritdi (1561- 1626). Umuman olganda, fan va fikrlash amaliy tavsifga ega bo`lib, turli abstrakt toifalar asosidagi tadqiqotlardan voz kechdi, va kundalik masalalrni echishga e`tiborni qaratdi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling