Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Ijtimoiy ishlab chiqarish
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoqlararo raqobatchilik.
Ijtimoiy ishlab chiqarish
O`zining ijtimoiy ishlab chiqarilishi nazariyasida Marks fanga yalpi milliy mahsulotni qayta taqismlanish muammosini kiritib, mazkur masalaning tadqiq etilishi F. Kene iqtisodiy jadvalida boshlanib, «Smit dogmasi» paydo bo`lishi bilan yo`qolgan edi. Kenening uch bo`limli modelidan farqli o`laroq, Marks ikki bo`limli modelni yaratib, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish, ya`ni doimiy kapital elementlarini ishlab chiqarish, va ishchi va kapitalistlar iste`moli uchun zarur predmetlar ishlab chiqarilishi sohalariga bo`ldi, hamda bo`linma ichki aylanmasi doirasidan tashqariga chiquvchi mahsulot qismining mahsulot orasida almashinuv formulasini ishlab chiqardi. I (c+v+m) = birinchi sektor mahsuloti, II (c+v+m) – ikkinchi sektor mahsulotlari narxi. Natural ko`rinishda birinchi sektor mahsuloti I c va II c uchun mo`ljallanganligi sababli, I s to`ldirilgandan keyin qolgan I sektor mahsuloti (v+m) narxiga teng birinchi sektor qolgan mahsuloti II c to`ldirilishi uchun II sektorga yo`naltiriladi, natijada I va II sektorlar almashinuv formulasi yuzaga keladi: I (v+m) = II c. 75 Marks nazariyasining Kene jadvalidan yana bir farqli tomoni Shu ediki, Kene sodda ishlab chiqarishni ko`rib chiqgan, marks esa sodda ishlab chiqarish bilan bir qatorda keng qamrovli ishlab chiqarishni ham ko`rib chiqgan. Marksning jamoatchilik ishlab chiqarilishi kengaytirilgan sxemalari mohiyatan iqtisodiy o`sishning birinchi modeli edi. Tarmoqlararo raqobatchilik. Marks sohalararo raqobatchilik tushunchasini kiritib, bu tushuncha ichki sohaviy raqobatchilikdan farqli o`laroq, bir - xil turdagi tovarlar sotilishi uchun raqobatchilikni emas, kapitalning eng daromadli sohalarga yo`naltirilishi uchun raqobatchilikni bildiradi. Bunda, «Kapital» asarining 3 tomida, Marks qo`shimcha qiymat tushunchasini qo`llamay, uning o`zgargan shakli daromad tushunchasidan foydalangan. Xalq xo`jaligining turli sohalari, turli daromad normalariga egaligi, ya`ni daromadning avanslangan kapitalga nisbati turlichaligi sababli (m/c+v), kapital kam daromadli sohalardan yuqori daromadli sohalarga o`tuvchanligi boshlanadi. Bu holat, korxonaning kam daromadli sohalarida faoliyat yuritayotgan korxonalar yopilishi, yuqori daromadli sohalarda Yangidan - Yangi korxonalar qurilishida namoyon bo`ladi. Natijada, kam daromadli sohalarda, taklif pasayib boradi, narx va daromadlar esa o`sadi, yuqori daromadli sohalarda esa teskari jarayon kuzatiladi. Umuman olganda iqtisodiyot, barcha sohalar uchun o`rtacha daromadni shakllantirishga harakat qiladi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling