Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- IX-BOB. GERMANIYADAGI TARIXIY MAKTAB G„OYALARINING O„ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 9.1. F. List va eski tarixiy maktab iqtisodiy kontseptsiyalari
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 1. Аникин А.В. Путь исканий. М., 1990. 2. Историки экономической мысли России. В.В.Святловский, М.И.Туган- Барановский, В.Й. Железнов. М., 2002. 3. История русской экономической мысли Т. 1. Ч. 2. Т. 2. Ч. 1-2. М., 1958- 1960. 4. Маркс К. Капитал// Маркс К., Энгельс Ф. Соч. Т. 23-25. 5. Милль Дж. С. Основы политической экономики: В 3 т. М., 1980. 82 IX-BOB. GERMANIYADAGI TARIXIY MAKTAB G„OYALARINING O„ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 9.1. F. List va eski tarixiy maktab iqtisodiy kontseptsiyalari Tarixiy maktab Germaniyada yuzaga kelib, buning o`ziga xos sabablari mavjud. Gap shundaki, 1871 yilgacha Germaniya tarkibida 36 ta nemis tilida so`zlashuvchi hududlardan tashkil topgan. Cho`zilib ketgan feodal bo`linish, Germaniya iqtisodiy rivojlanishini sekinlashtirar va shu sababli uning birlashtirilishi dolzarb masalaga aylangan edi. Nemis ziyolilari, nemis millatining ruhiy birligini ta`kidlashar, katta e`tibor Germaniya tarixiga qaratilar edi. Mazkur g`oyalarning nazariy shakllanishining boshlanishi, Germaniyada XIX asrning birinchi yarmida yuzaga kelgan huquq – tarixiy maktabi bo`ldi. Uning asoschisi Fridrix Karl Savin`i, huquq abstrakt mantiq bilan emas, mo„ayyan mamlakat milliy ruhiga tayanishi, hamda tarixan o`tuvchan tavsifga ega bo`lishi lozimligini isbotlagan. Mazkur g`oyalarni iqtisodiyot fanidagi maktab ham qabul qilgan. Uning asoschisi Fridrix List (1786-1846) bo`lib, u o`zining «Siyosiy iqtisodiyot milliy tizimi» (1841) kitobida mumtoz siyosiy iqtisodni kosmopolitik iqtisod deb atab, tanqid qilgan. U Smit nazariyasining uch asosiy kamchiligini ilgari surgan: kospolitizm, ya`ni barcha mamlakatlar uchun yagona bo`lgan iqtisodiy qonuniyatlarining mavjudligi, milliy, o`ziga xoslikni inobatga olmaslik; individualizm, ya`ni iqtisodiy inson atamasi iqtisodiy tahlilida, hech bir jamoatchilik aloqalarini hisobga olmasligi va materializm, ya`ni boylik yaratilishining moddiy omillarining tadqiqoti. Mazkur kamchiliklarga qarshi List millat ishlab chiqarish kuchi tushunchasini kiritgan. Bunda birinchidan, individual emas, milliy hajm qabul qilingan, ikkinchidan esa bu doiraga iqtisodiyotning barcha sohalari kiritilgan, uchinchidan, iqtisodiy sabablardan tashqari bu sohaga jamoatchilik institutlari ham kirishi ta`kidlangan. Uning yozishicha, millat ishlab chiqarish kuchlarining shakllanishi, mamlakat moddiy va intellektual kapitallarining o`zaro faoliyati natijasi bo`lib, Shu jumlaga qishloq xo`jaligi kapitali, manufaktuaralar va savdo kiritilgan. Bundan tashqari, List iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasini ham tanqid etib, misol sifatida, Frid Reder kontseptsiyasini ilgari surgan («Erkin savdo»). Uning yozishicha, bunday sharoitlarda faqatgina Angliya uchun normal va foydali bo`lgan iqtisodiy siyosat, barcha mamlakatlarga nisbatan tadbiq etilib, bu holat Angliyaning o`za davrlarda jahon iqtisodiyoti yetakchi ekanligi, ammo mazkur sharoitlar boshqa mamlakatlar uchun imkonsiz ekanligini aytib o`tgan. Bu yondashuvga qarshi List, turli mamlakatlar iqtisodiyotiga nisbatan tarixiy yondashuvni taklif etgan. Xususan u, milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining sohaviy 83 belgilarga ko`ra besh bosqichini ajratgan: ovchilik, chorvadorlik, agrar, agrar – sanoat va agrar-sanoat – savdo. Angliya egallab turgan iqtisodiyotning eng yuqori nuqtasiga erishish uchun, Listi mamlakat, yuqorida tilga olingan bosqichlarning to`rtinchi bosqichi iqtisodiyotiga yordam berishi lozimligini, birinchi navbatda protetsionizm siyosati zaruriyatini ilgari surgan. Qisqa muddat ichida, Listdan so`ng yana boshqa nemis iqtisodchilari ham shunga o`xshash g`oyalarni ilgari sura boshlashdi – bularga Vil`gel`m Rosherning (1817-1894) «Tarixiy uslub nuqtai nazaridan siyosiy iqtisodiyot kursining qisqa asoslari» (1843) asari bilan, Bruno Xil`debrand (1812-1878) «Hozirgi zamon va kelajak siyosiy iqtisodi» (1848) asarlari bilan va Karl Kniss (1821-1898) o`zining «Tarixiy uslub nuqtai - nazaridan siyosiy iqtisod» (1823) asari bilan. Ularning barchasi mustaqil ravishda ijod qilishib, keyinchalik tarixiy maktab nomi ostida, birlashtirilgan. Xuddi List kabi ular ham, mumtoz siyosiy iqtisodni tanqid etishgan. Masalan Xil`debrand, mumtoz siyosiy iqtisodni inson egoizmi haqidagi tabiiy ta`lim deb atagan. Xususan ular, tabiiy - iqtisodiy qonuniyatlar haqidagi g`oyani inkor etib, iqtisodiyotning nisbiyligi va o`zgaruvchanligi g`oyasini ilgari surishgan, va bu g`oya asosida iqtisodiyot xalq rivojlanishi bilan birlagikda rivojlanishi haqidagi g`oya yotgan. Kniss, erkin harakat, insonning jamiyatdagi erkin tanlovi, tabiat azaliy qonuniyatlarini taqqoslab, bu holat nafaqat alohida shaxslar, balki butun millat xo`jalik faoliyati farqlarini sababi ekanligini ta`kidlagan. Rosherning yozishicha, faqatgina iqtisodiy idealning mavjudligi, xalq uchun etarli emas, zero hattoki ko`ylak ham, birgina andoza asosida tikilmaydi. Milliy iqtisodiyotlar farqiga nisbatan xalq xo`jaligi sub`ektlari tanlovi erkinligi ham, eski tarixiy maktab namoyandali fikricha, siyosiy, huquqiy, etik psixologik omillar ta`sir ko`rsatadi. Bularning barchalari milliy ruh tushunchasi ostida birlashadi. Bundan Shunday xulosa kelib chiqadiki, har - bir milliy iqtisodiyot, milliy - iqtisodiy fan tomonidan tadqiq etilishi kerak. Rosher, Xil`debrand va Kniss uchun tarixiy yondashuv xos bo`lgan. Rosher, bu haqda mazkur tushunchani aralashtirmagan holda, iqtisodiyot tarixiy qonuniyatlari haqida yozgan. Kniss esa, iqtisodiy siyosat va xo`jalik doktrinalari tarixiy nisbiyligi haqida. Xuddi List kabi, ular iqtisodiyot rivojlanishi bosqichlarini ajratishgan, ammo boshqa omillarga tayanishgan. Rosher, ishlab - chiqarishni yetakchi omillari andozalari bo`yicha iqtisodiyotni uch bosqichga bo`lgan: ya`ni, qadimiy, bunda ishlab chiqarish asosiy omili er; o`rta asrlar, asosiy omillar tsex hunarmandlarining erkin mehnati qabul qilingan, va Yangi bosqich, ishlab chiqarishning mexanik ishlab chiqarishga o`tishi natijasida asosiy omil, kapital bo`lishi. 84 Xil`debrand ham, uch davrni ajratib, asos sifatida, mablag` kredit munosabatlari rivojlanishini qabul qilgan: ya`ni, natural xo`jalik (ammo to`g`ridan - to`g`ri tovar almashinuvi), mablag` xo`jaligi va kredit xo`jaligi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling