Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 Marjinalistik inqilob asoschilari


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   169
 
10.3. Marjinalistik inqilob asoschilari 
XIX asrning 70-yillarida, Menger, Djevons, va Val`ras asarlari nashr 
etilganida, ular iqtisodiyot fanidagi yangi so`z bo`lib tuyuldi. Ammo 1878 yilda, 
angliyalik professor Adamson hech kimga ma`lum bo`lmagan nemis iqtisodchisi 
Gossenning 1854 yilda nashr etilgan kitobini topib, mazkur kitobda iqtisodiy 
munosabatlarning maksimal tahlili printsiplari haqida so`z yuritilganligini 
ta`kidlagan edi. Gossendan boshqa faoliyat marjinalist iqtisodchilar asarlari ham 
aniqlandi, ularga quydagilarni kiritish mumkin: Gossen, Dyupyui, Kurno va 
Tyunen. 
German Genrix Gossen (1810-1858), professional iqtisodchi olim emas edi. U 
mansabdor shaxs bo`lib, keyinchalik o`z biznesini yaratishga ham harakat qilgan, 
va iqtisodiyot fani muammolari bilan Shug`ullana boshlagan. 1854 yilda, uning 
«Inson harakatlari qoidalari kelib chiqgan jamoatchilik aloqalari qonuniyati 
rivojlanishi» deb nomlangan kitobi nashr ettirgan. 
U inson faoliyati umumiy nazariyasini maksimal foydalalik printsipi 
yordamida tushuntirishga harakat qildi. Uning kitobidan kelib chiqgan ikki holat, 
hozirgi kunda Gossenning birinchi va ikkinchi qonuni deb ataladi.


94 
Birinchisi, maksimal foydalilik tushunchasini beradi (maksimal foydalilik 
mazkur predmet mavjudligi oshishi sayin kamayib boradi), ikkinchi qonuniyat 
iste`mol optimal tuzilishiga bag`ishlangan (talab): talablar qondirilishi maksimal 
darajasi iste`mol qilinayotgan predmetlar maksimal foydalilik darajasidan kelib 
chiqadi. Ammo Gossen nazariyasi birmuncha tushunarsiz edi. Masalan, 
I.Vernadskiy qalamiga mansub «Iqtisodiy ta`lim» tarixi tadqiqotlarida Gossen tilga 
olingan, ammo u Rikardo maktabi namoyandasi sifatida talqin etilgan. Gossendan 
10 yil keyin, maksimal foydalilik nazariyasini Jyul` Dyupyui (1804-1866) ham 
ilgari surgan. U mashhur muhandis bo`lib, Parij muhandislik xizmati bosh direktori 
vazifasida faoliyat yuritgan. 1844 yilda, Dyupyui «Yo`l tashkiloti arxivlari» 
jurnalida «Fuqarolik binolari foydalalik darajasi haqida» maqolasini nashr etib, o`z 
davrida mazkur maqola e`tiborsiz qoldi. Marjinalizmning yana bir erta 
namoyandalaridan biri mashhur frantsuz matematiki Ogyusten Kurnodir (1801-
1876). U 1831 yilda «Boylik nazariyasi matematik printsiplari tadqiqoti» kitobini 
nashr etib, bu kitob etarli darajada baholanmagan, chunki matematiklar uchun 
unda hech qanaqa yangilik bo`lmay, iqtisodchilar uchun bu mutlaqo noodatiy asar 
edi. Ma`lumki marjinalistik inqilob asoschilari Kurno kitobi bilan tanish 
bo`lishgan, ammo uni Yangi iqtisodiy nazariya bilan bog`lashmagan, chunki
boshlang`ich davrlarda eng katta e`tibor, tannarxning sub`ektiv talqini sifatida 
foydalilik g`oyasi tortar edi. Barcha iqtisodiy munosabatlarga nisbatan universal 
yondashuv sifatidagi maksimal tahlil, marjinalistik inqilobning ikkinchi bosqichida 
birinchi o`ringa ko`tarildi. Kurno asarida esa, narx, talab, va taklif monopoliya
duopoliya, oligopoliya va mutlaq raqobatchilik holatlari uchun funktsional 
aloqalarini ko`rib chiqgan. Shu bilan birgalikda, u ilk marotaba iqtisodiy tenglik 
tushunchasini ham keltirgan: «Xo`jalik tizimi haqiqatda barcha qismlari o`zaro 
bog`liq va bir - biriga ta`sir etuvchi butunlikdir… demakki, xo`jalik tizimining u 
yoki bu alohida sohasiga tegishli masalalarining kompleks ravishda hal etilishi 
uchun, umumiy tarzda tizimning o`zini e`tibordan qochirmaslik lozim. Shunday 
qilib, Kurno marjinalistik inqilob ikkinchi bosqichi asoschisidir. 
Kechroq davrlarda ilmiy aylanmaga, marjinalizm g`oyasining erta 
namoyandalaridan biri I.G.Tyunenning «Izolyatsiya holatidagi davlat» (1826) 
kitobi kiritilgan, Chunki uning maksimal tahlili, ishlab chiqarish sohasi bilan 
bog`liq bo`lib, bu holatga marjinalistik inqilobning faqatgina ikkinchi bosqichida 
e`tibor qaratishgan edi. Nemis pomeshchigi Iogann Genrix Tyunen (1783-1850) 
bir vaqtning o`zida ajoyib amaliyotchi va nazariyotchi edi. 10 yillar davomida 
amalga oshirilgan kuzatuvlar va o`z pomest`esidagi xarajatlarni tadqiq etish 
asosida u maksimal tahlil qonuniyatlarini aniqladi. Uning kitobi mashhur bo`lgan 
bo`lsada, faqatgina qishloq – xo`jaligini yuritish bo`yicha qo`llanma sifatida 
qo`llanilgan. Gossendan farqli o`laroq, Tyunen mazkur muammoni chuqur 


95 
falsafiylik bilan qabul qilib, tadqiqotlarini davom ettirdi va 1850 yilda, o`z 
kitobining ikkinchi qismini ham nashr etdi. To`la holatda esa kitob uning o`limidan 
so`ng qolgan qo`lyozmalar asosida to`liq nashr etildi. Shu bilan birgalikda, Tyunen 
ishlab - chiqarish optimal joylashtirilishi nazariyasi asoschisi ham bo`lib, bu 
nazariya XX asrning boshiga kelibgina tadqiq etila boshlandi. 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling