97
XI-BOB. MARJINALIZM NEOKLASSIK IQTISODIY MAKTABLAR
11.1. Avstriya maktabining asosiy nazariy holatlari
Marjinalistik inqilobning uch asoschilaridan (Menger, Djevons, Val`ras)
faqatgina Karl Menger (1840-1921) birinchi bosqichda mashhurlikka ega bo`ldi.
Xususan, bu mashhurlik uning tomonidan o`z nazariyasi talqini davomida
matematikaning qo`llanilmaganligida namoyon bo`ldi. Mengerning shogirdlari va
izdoshlari Avstriya maktabini tashkil etishdi. Menger shogirdlari orasida yirik
nazariyotchilardan Fridrix Vizer (1851-1926) va Evgeniy Byom – Baverk (1851-
1914) nomlarini tilga olish mumkin. Ba`zi holatlarda mazkur maktab “Vena
maktabi” deb ham tilga olinadi, Chunki ko`rsatilgan barcha iqtisodchilar Vena
universiteti professorlari edi.
Do'stlaringiz bilan baham: