Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Ishlab chiqarish vositalari tannarxi
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapital va foiz
11.2. Ishlab chiqarish vositalari tannarxi Mumtoz siyosiy iqtisodda mahsulot tannarxi ishlab - chiqarish xarajatlari bilan belgilangan bo`lsa, Avstriya maktabi namoyondalari nazariyasida, xarajatlar tannarxi, ular tomonidan yaratilgan mahsulot tannarxi bilan belgilangan. Shunisi e`tiborga molikki, o`rta zanjirni yaratuvchi yarim fabrikatlar yaratilishida, bu zanjir iste`mol to`la mahsulotigacha davom etib, keyinchalik uning narxi butun zanjir baholanishi uchun, belgilangan. Menger fikricha, bevosita iste`mol predmeti, 100 birinchi tartib tovari deb atalib, ishlab chiqarish vositalari esa ikkinchi tartib tovarlari sirasiga kirgan. Masalan sut, birinchi tovari sifatida sotilishi mumkin, ammo undan suzma tayyorlanadigan bo`lsa, u ikkinchi tartib tovariga aylanadi. Agarda suzmadan pishloq qilinadigan bo`lsa, sut uchinchi tartib tovariga aylanadi. Qo`shimcha murakkabliklar, ishlab chiqarish kompleksi yordamida tayyorlanish jarayonida yuzaga keladi. Shu sababli, ishlab chiqarishning har - bir vositasiga nisbatan iste`mol predmeti tannarxi ulushi qo`llaniladi. Qo`llanilish muammosini hal etishda, Avstriya maktabi namoyandalari yagona fikrga ega bo`lmagan. Kapital va foiz. Mazkur muammo bo`yicha Avstriya maktabi namoyandalarida mo„ayyan aniq fikr bo`lmagan. Biz Byom -Baverkning «Kutish nazariyasini» ko`rib chiqamiz. Mengerning turli tartibdagi tovarlar haqidagi nazariyasiga asoslanib, Byom – Baverk kapitalning quyidagicha talqinini beradi: «Kapital yarimtayyor mahsulotlar jamlanmasi bo`lib, bu mahsulotlar ishlab chiqarish uzoq siklining alohida bosqichlarida yaratiladi». Shunday qilib, u kapital talqinini berishda, boyliklar yig`ilishi yoki ishlab chiqarish vositalariga emas, vaqt omili, ishlab chiqarish sikli davomiyligiga asoslanadi. Keyingi davrlarda Byom - Baverk hozirgi va kelajak mahsulotlari tushunchasini ham kiritgan. Uning fikricha hozirgi tovarlar, yuqoriroq baholanishi kerak. O`z mablag`larini investitsiyalarga kiritgan holda, Avstriyaliklar nazariyasiga ko`ra, inson faqatgina shaxsiy iste`mol nuqtai - nazaridan barcha hodisalarni baholagan bo`ladi va hozirda iste`mol qilinishi mumkin bo`lgan predmetlardan kelajakdagi tovarlarni iste`mol qilish uchun voz kechadi. Shundan so`ng, kutish davri boshlanib, bu davr ishlab chiqarish sikli davomiyligiga bog`liq bo`ladi va mazkur davr o`tganidan keyingina, tadbirkor o`z investitsiyalari hisobiga daromad olib, iste`mol predmetlarini xarid qilishi mumkin bo`ladi. Byom - Baverk talqinida, tadbirkor investitsiyalar ko`rinishi ostida kelajak tovarlarini sotib olib, ularni vaqt o`tishi bilan hozirda iste`mol qilishi mumkin bo`lgan tovarlarga aylantiradi, ammo bu tovarlar tannarxi hozirgi emas, kelajakdagi tovarlar narxi miqdorida to`langanligi bois, tadbirkor qo`shimcha daromadga ega bo`lib, bu daromad hozirda iste`mol qilinayotgan, hozirda va kelajakda ishlab chiqarilgan tovarlar orasidagi narx farqi hajmida belgilanadi. Aynan mana Shu daromad kapital keltirgan foiz bo`ladi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, maksimal darajadagi foydalilik bilan belgilanuvchi tannarxning boshlang`ich toifa sifatidagi printsipiga, inson shaxsiy iste`moli printsipiga asoslangan holda, Avstriya maktabi namoyandalari, ba`zida iqtisodiy hodisalarni aniqlashda o`ziga xos konstruktsiyalardan foydalanishga majbur bo`lishgan. Nima bo`lganida ham, Avstriyaliklarning ba`zi g`oyalari, keyingi iqtisodiy nazariyalarda ham rivojlana bordi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling