Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Predmet va uslub. Umuman olganda, Marshall va Klark nazariyalarida
predmet va uslub, marjinalistik inqilob ikkinchi bosqichi umumiy tavsifiga mos. Marshallning xizmati Shundan iboratki, u iqtisodiyot fani nomlanishini to`liq o`zgartirishni, “siyosiy iqtisodiyot” atamasidan to`liq voz kechishni taklif etgan. Yangi nom bo`lmish iqtisodiyot atamasi, marjinalistlarning iqtisodiyot tadqiqotida ijtimoiy shakllardan voz kechib, sof iqtisodiyot tadqiqotiga o`tishganliklarini aks ettiradi. Marshall uslubi o`ziga xosliklari orasida, Djevons va Val`ras kabi marjinalistik inqilob namoyandalaridan farqli o`laroq, matematik apparat qo`llanilishiga nisbatan ehtiyotkorona munosabatidir. O`z asarlarida, Marshall matematik modellarining shartli ekanligini ta`kidlab, u mo„ayyan imkoniyatlarni haqiqatdan yiroq deb hisoblagan. Uning o`zi ko`proq matematik tahlil uslublarining tahliliy emas, grafik ko`rinishlariga ishongan. Dj.B.Klark tomonidan qo`llanilgan tahlil uslubiga keladigan bo`lsak, bunda, mazkur iqtisodchi o`z asarlarida Dj.S.Mill`ning statika va dinamika haqidagi xulosalarini rivojlantirganliklarini aytib o`tish mumkin. Uning fikricha, statika, asosiy iqtisodiy parametrlar muvozanatli holatda bo`lgan: ya`ni, mehnat va moddiy resurslar miqdori, ehtiyoj darajasi, texnika va hokazo. Mazkur parametrlardan biri, yoki bir - nechasi o`zgargan taqdirda, dinamika holati yuzaga keladi, ya`ni muvozanat yo`qolib, bu holat parametrlar o`zgarmaguncha davom etadi, va Yangi iqtisodiy parametrlarga nisbatan Yangi muvozanat holati yuzaga keladi. Klark fikricha, statik holat, tasavvur holatidir. Tabiiy jamiyatlar barchasi dinamikdir. Ammo, mexanika kabi, tinchlik qonuniyatlari, harakat qonuniyatlari tushunarli bo`lishi uchun o`rganilishi kerak. Nima bo`lganida ham, Klark, o`sha davrdagi marjinalistlar kabi, faqatgina iqtisodiy statika tadqiqotlari bilan, cheklangan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling