Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   169
B. Taklif narxi. Marshallning fikricha, ishlab chiqarishning maksimal 
darajadagi xarajatlari bilan belgilanadi. Bu, past darajadagi xarajatlar bo`lib, ular 
maksimal darajadagi daromadlarni belgilab beradi. Xarajatlar pasayishi, ishlab 
chiqarish hajmi oshishi bilan yuz berib, buning oqibatida, xarajatlar tuzilishi 
o`zgaradi. Marshall barcha xarajatlarni doimiy (ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan 
o`zgarmaydigan), va o`zgaruvchan turlarga bo`ladi. Ishlab chiqarish hajmi oshishi 
bilan doimiy xarajatlarning mahsulot birligiga nisbatan miqdori pasayib boradi. 
Ammo, doimiy va o`zgaruvchan xarajatlar mutanosibligi o`zgarishi ham o`z 
cheklovlariga ega. Mazkur cheklov, ishlab chiqarish optimal hajmiga erishishni 
bildirib, bunda xarajatlar minimal darajada, daromadlar esa maksimal darajada 
bo`ladi. 
Xarajatlar pasaytirilishining boshqa yo`li, ishlab chiqarish omillarining 
optimal tuzilishini topish bo`lib, bu holat har - bir omil tomonidan ishlab chiqarish 
optimal darajasiga erishilgan taqdirda aniqlanishi mumkin. Bunda, Gossen 
tomonidan ilgari surilgan iste`mol predmetlari optimal miqdori borasidagi ikkinchi 
qonuniyatlar g`oyasi nazarda tutiladi. 
Ishlab chiqarish omillari ishlab - chiqarish darajasi g`oyasi ishlab 
chiqarilishiga qator iqtisodchilar hissa qo`shgan bo`lishib, ular orasida ayniqsa 
Tyunen tilga olinishi zarur. Mazkur g`oya Marshall g`oyalari asosida ham yotgan, 
ammo, g`oyaning to`liq rivojlanishi faqatgina Klark asarlarida kuzatiladi. Aynan 
Klark tomonidan Yangi tahliliy vazifa, ishlab chiqarish omillari qo`llaydigan 
ogptimal hajm aniqlanishi imkoniyatini beradigan nazariyani yaratish bo`lgan. 
Mazkur nazariya asosida, ishlab - chiqarish istalgan omili maksimal ishlab 
chiqarish darajasi pasayishi printsipi yotadi. Masalan, ishlab chiqarish qolgan 
omillari o`zgarishsiz qolish sharti bilan har - bir qabul qilingan qo`shimcha ishchi, 
korxona egasiga kamroq daromad olib keladi. Mazkur daromaddan, maosh to`lanib 
qolgan mablag` tadbirkor daromadini tashkil etadi.
Xuddi shu kabi fikrlar ishlab chiqarishning har bir omiliga nisbatan ham 
qo`llaniladi. Bunda tuzilmaning eng optimal ko`rinishi omil maksimal birligi
mazkur omilning bozordagi narxiga teng bo`lishidir. Shuni ta`kidlab o`tish joizki, 
Klark fikriga ko`ra dinamika sharoitlarida, pasayib borayotgan ishlab chiqarish 
qonuniyatlari sharotida, omillar yumshab boradi. U texnik progress asosida 
tuzatiladi, chunki aynan texnik progress barcha omillarning ishlab chiqarilishi 
o`sishiga olib keladi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling