107
XIII-BOB. LOZANNA MAKTABI IQTISODIY NAZARIYASI (L.VAL`RAS,
V.PARETO)
13.1. Lozanna maktabi nazariyasi
Lozanna maktabi asoschisi Leon Val`ras (1834-1910) edi. U 1870 yildan
1892
yilgacha, Lozanna universiteti (SHveytsariya) siyosiy iqtisodiyot professori
sifatida
faoliyat yuritgan, Val`ras nazariyasi keng ma`noda tan olinmagan bo`lib,
uning yagona shogirdi va namoyandasi Vil`fredo Pareto edi. U ham Lozanna
universitetida faoliyat yuritgan. Pareto bilan birgalikda Val`ras tarafdorlari sifatida
M.Pantoleoni, E.Baroni ham qisman mashhurlikka sazovor bo`lishdi.
Paretoning qator shogirdlari va tarafdorlari bo`gan bo`lsada, ular tomonidan
ishlab chiqarilgan umumiy
iqtisodiy muvozanat nazariyasi, faqatgina ikkinchi
jahon
urushidan keyin tan olinib, u ham bo`lsa, iqtisodiyotning davlat tomonidan
nazorat etilish amaliyoti qo`llanila boshlanganidan so`ng amal qila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: