Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
V. Pareto. Umumiy iqtisodiy muvozanat
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
13.3. V. Pareto. Umumiy iqtisodiy muvozanat Val`ras umumiy iqtisodiyot modelini faqatgina ideal raqobatchilik sharti doirasida ko`rib chiqgan bo`lsa, Pareto mazkur masalani iqtisodiyotning 4 ta holati asosida ko`rib chiqgan. Birinchi holatda iste`molchilar va ishlab chiqaruvchilar, bozorda mavjud erkin narxlarni qabul qilishib, ulardan o`z maqsadlari yo`lida foydalanish, ehtiyojlarini mazkur narxlarga moslashtirishadi. Ikkinchi holatda iqtisodiyotdagi, xo`jalik sub`ektlarining asosiy maqsadi, maksimal darajada 109 daromad olish uchun bozor narxlarini o`zgartirishga qaratiladi. Bu monopolizatsiyalashgan iqtisodiyotga xos bo`lgan xususiyatdir. Iqtisodiyotning uchinchi turida, bozorning markaz tomonidan boshqarilishi, hamda narxlar ijtimoiylashishi asosida ular hukumat tomonidan belgilanib, bu jarayon jamiyatning barcha a`zolari maksimal darajada rivojlanishlari uchun amalga oshiriladi. Sotsializm sharoitlarida tovar - pul munosabatlari barham topib, tayyor mahsulotlar taqsimlanishi yuz berishini ta`kidlagan marksistlardan farqli o`laroq, Pareto umumiy iqtisodiy muvozanatga erishish uchun, narx proportsiyalariga erishish lozimligini isbotlagan. «Agarda sotsialistik hukumat, almashinuvning barcha imkoniyatlarini cheklaydigan bo`lsa, narxlar baribir yo`qolmaydi, juda bo`lmasa tovar taqsimlanishida hisob vositasi sifatida saqlanib qoladi», - deb ta`kidlaydi. Shunday qilib, Pareto hukumat narxlar muvozanatini hisoblab chiqishga qodir bo`lsa, xususiy mulkka tayangan jamiyat tashkiliyligi va ijtimoiy tashkiliylik orasida biz uchun hech qanday tanlov qolmaydi. Bu muammo, ushbu fenomenning boshqa omillarini hisobga olgan holda, echish mumkin deb aytgan edi u. 13.4. Foydalilikni ordinalistik nazariyasi Yuqorida aytib o`tilganidek, maksimal foydalilik tushunchasi, marjinalistik nazariyaning asosida yotadi. Ammo agarda, maksimal daraja, miqdoriy daraja bilan baholanadigan bo`lsa, foydalilik darajasi sub`ektiv, tushunarsiz bo`lib qoladi. Shu bilan birgalikda, turli tovarlardan kutilayotgan daromadni maksimalllashtirish uchun, Menger, Djevons, Val`ras va Marshall foydalilik hisoblanish imkoniyatini taxmin qilishgan, ammo mazkur birlikni topish, ularning qo`lidan kelmagan. Foydalilik maksimal darajasini topishga harakat jarayoni, iqtisodiyot faniga kardinalizm nomi bilan kirib kelgan. Paretoning ta`kidlashicha foydalilikni absolyut hajmini o`lchash imkoniyati mavjud emas, ammo uning tartib hajmini, ketma - ketligini belgilash mumkin, ya`ni, A foydalilik darajasi, B foydalilik darajasidan, B foydalilik darajasi esa V foydalilik darajasidan yuqori bo`lgan. Bunday yondashuv ordinalistik yondashuv nomini olib, XX asrning 30-yillarida, R. Allen va Dj. Kiks asrlarida to`liq isbotlangan, va jamiyat tomonidan tan olingan. Foydalilik nazariyasi ishlab chiqarilishida, Pareto, farqsizlik chiziqlaridan foydalanib, ular tahlil nazariyasiga ingliz iqtisodchisi Frensis Edjuort (1845-1926) tomonidan kiritilgan. Edjuortning o`zi, ularni barter almashinuvi tahlili uchun qo`llab, foydalilik darajasining miqdoriy o`lchamlaridan kelib chiqgan (kardinalistik yondashuv). Pareto nazariyasida, Edjuort farqsizlik chiziqlari ordinalistik yondashuv sifatida qo`llanila boshlandi. U narxlarni foydalilik darajasini miqdoriy 110 foydalanilishidan voz kechib, e`tiborini asosan tovarni tanlash nazariyasidan kelib chiqib bir tovarga nisbatan boshqa tovarning xush ko`rilishiga qaratgan. V.Pareto nazariyasida, farqsizlik chiziqlari, yoki farqsizlik chiziqlari xaritasi quyidagicha ko`rinishga ega (13.4.1-rasm). 13.4.1-rasmda OY va 0X o`qlari bo`yicha ikki tovar miqdori boshlanib, ular iste`mol yig`indisini tashkil etadi I, II, III chiziqlar farqsizlik chiziqlaridir. Ularning yig`indisi farqsizlik xaritasini tashkil etadi. Agar, istalgan farqsizlik chizig`ini oladigan bo`lsak, uning har - bir nuqtasi mo„ayyan iste`mol tovarlari yig`indisini, ya`ni (Y va Xni) tashkil etadi. Bu yig`indilar, ratsional sub`ekt uchun bir - xil darajadagi foydalilikka ega. Uning uchun, xususan, XA va YA, XB va YB, XS va YS hajmlarida tovar iste`mol qilinishi yoki xarid qilinishi farq qilmaydi. Ikkinchi va uchinchi chiziqlar birinchi chiziqdan Shunisi bilan farq qiladiki, ular X va Y tovar katta yig`indilari bilan tavsiflanib, iste`molchi yuqori daromadiga muvofiq bo`ladi. U yoki bu tovarlar yig`indisi foydaliligini belgilashda ordinalistik yondashuv, I, II, III chiziqlar mutanosibligi bilan belgilanadi. Agarda, farqsizlik chizig`ining o`zida, tovarlar yig`indisi, teng taqsimlangan bo`lsa, III chiziqda aks etgan tovarlar yig`indisi ko`proq tanlanadi va II chiziq yig`indilari, kamroq talab qilinadi, ular esa o`z navbatida, doimiy ravishda iste`molchi tomonidan tanlanadi, zero iste`molchi, ularni I chiziq bo`yicha joylashgan yig`indilar bilan taqqoslaydi. Shunday qilib, farqsizlik chizig`i xaritasi, sub`ekt talablarining mo„ayyan ketma- ketlik tartibini aks ettiradi. Bunday ketma-ketlik, foydalilik darajasining tartibli yoki ordinalistik funktsiyasi deb ataladi. Y Y a A III Y b B II Y c C I 0 X A X B X C X Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling