Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Rossiyada marjinalizm qismati
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
13.5. Rossiyada marjinalizm qismati Rossiyada ilk marjinalistik asarlar XIX asrning 90- yillarida paydo bo`ldi, ular orasida M.I. Tugan Baranovskiy maqolasini alohida tilga olish lozim. Bu maqola o`z davrida asosan marksistik nuqtai - nazaridan yozilib, «Xo`jalik tovarlari maksimal darajada foydaliligi, ularning qadrlanishi sababi haqida ta`lim» (1890) deb nomlanib, unda muallif, mehnat tannarxi nazariyasi va maksimal foydalalik nazariyasi sintezini taklif etgan. Keyingi davrlarda, Tugan – Baranovskiy g`oyasini N. Stolerov matematik jihatdan to`laroq shakllantirib bergan. Keyinchalik M. I. Tugan - Baranovskiy o`zini siyosiy - iqtisodiy formulasi taklifi tahliliy isbotini: «Erkin ravishda ishlab chiqarilgan mahsulotlar maksimal foydalilik darajasi, ularning mehnat tannarxiga proportsional teng», (Kiev, 1902) nomli asarida keltirgan. Mazmunan ular birinchi bosqich marjinalistik inqilobi g`oyalariga yaqin edi. Ammo mazkur nashrlar o`ziga nisbatan keng e`tiborni torta olmadi, Chunki o`sha davrlarda Rossiya jamiyati marksistlar va xalq tarafdorlari namoyandalari munozaralari bilan band edi. Keyingi davrlarda Rossiyada marjinalizmning keng tarqalishi XX asrga to`g`ri keladi. Shuni ham aytib o`tish lozimki, XIX – XX asr oralig`ida, Rossiya ilm – fani qoloq darajadan, jahon miqiyosida yetakchilik darajasiga ko`tarildi, buning oqibatida, Rossiyalik iqtisodchilar boshqa mamlakatlar iqtisodchilari kabi, o`ziga xos g`oyalarni ilgari surishni boshlab, bu g`oyalar jahon iqtisodiy fanini to`ldirdi. Buning yorqin misolini Vladimir Dmitrievning “Iqtisodiy ocherklar”. Tannarx, mehnat nazariyasi va maksimal foydalalik nazariyasi darajasi organik sintezidan tajriba» (1868-1913) deb nomlangan monografiyasida ko`rish mumkin. Mazkur asarda ikki o`ziga xos g`oya bo`lib, ular zamondoshlari tomonidan e`tiborga olinmadi, ammo keyinchalik dunyo ilm - fani Dmitriev g`oyalarini tan olgan. Asardagi birinchi g`oya sifatida, sohalar aro koeffitsient olinib, bu koeffitsient zamonaviy sohalararo balans nazariyasining asosini tashkil etadi. Ikkinchi g`oya zamonaviy monopoliya narxlari nazariyasi asosi sifatida qabul qilingan. Asarning qisqa mazmuni Shundan iborat ediki, bozor monopoliyasi nafaqat narxlar, balki xarajatlar oshishiga olib keladi. 113 XX asr boshlarida marjinalistlar, barcha Rossiya universitetlarida mavjud edi. O`zlarining asosiy nazariy qarashlari bo`yicha ularning bir qismi birinchi bosqich, ikkinchi qismi esa ikkinchi bosqich marjinalistik inqilobi tarafdorlari edi. Qozon va Odessa universitetlarida Zalesskiy va Orjentskiy tadqiqotlari davomidan tashqari, Peterburg universiteti talabasi Vladimir Voytinskiy (1885- 1960) qalamiga mansub «Bozor va narxlar» (1906) asarini ham tilga olish lozim, zero keyinchalik Voytinskiy inqilob tarafdorlari qatoriga o`tib ketib, ilmiy ishlarga 1917 yil inqilobidan keyin qaytib keldi, bundan tashqari, Moskva universiteti dotsenti Nikolay SHaposhnikov (1878-1939) «Qadriyat va taqsimlanish nazariyasi» (1912) asarini ham tilga olmay ilojimiz yo`q. yuqorida tilga olingan Kiev maktabi namoyandalari ham, XX asrlarda marjinalistik nazariyani qabul qilishdi. Ularning yetakchisi bo`lmish Aleksandr Bilimovich (1876-1963), o`zining asosiy asari bo`lmish «Xo`jalik tovarlari tannarxi masalasi haqida» (1914) monografiyasini yaratdi. Voytinskiy va Bilimovich, asosan talab nazariyasiga e`tibor qaratishgan bo`lishsa, Shaposhnikov D.B. Klark qarashlari tarafdori edi. Rossiyalik marjinalistlar darajasi juda yuqori edi. Iqtisodiy fikr nemis tarixchisi X. YU. Serafimning yozishicha: «Bilimovich nazariy kontseptsiyasini uning ichki qonuniyatlari va mantiqiy holati jihatidan, g`arbiy Evropa nazariy tadqiqotlari bilan tenglashtirish mumkin». Ammo, vaqt o`tgani sayin, jahon miqiyosidagi mashhurlikka Kiev maktabi namoyandasi bo`lmish Evgeniy Slutskiy (1880-1948) erishdi. U 1915 yilda, ital`yan iqtisodiy - statistik jurnallaridan birida «Iste`molchi balanslashtirilgan byudjeti nazariyasi haqida» maqolasini chop etdi. Unda, ilk marotaba, hozirgi zamon iqtisodiy fanida Slutskiy tenglamasi deb ataladigan muvofiq boyliklar narxi mutanosibligi o`zgarishining maksimal normalari tengligi sifatida, iste`molchi byudjeti va foydalilik muvozanati shartini ilgari surdi. Mazkur maqola e`tiborsiz qolgan bo`lsada, 1934 yilda, uni ingliz iqtisodchilari R. Allen va Dj. Xikks e`tirof etib, Slutskiy marjinalistik inqilobdan keyingi yirik ilmiy izlanishlar ekanligi aytib o`tishdi. O`zining «Tannarx va kapital» (1939) asarida Xikks, Slutskiy asarida kuchli darajada matematiklashtirilgan, unning nazariyasi muhimligi haqidagi fikrlar keltirgan. Marjinalistik nazariya sohasidagi so`nggi fundamental monografiya, Saratov universiteti professori Leonid YUrovskiy (1884-1938) qalamiga mansub bo`lib, bu monografiya «Narx nazariyasi bo`yicha ocherklar» (1919) deb nomlangan, va ko`tarilgan muammo jihatidan A.Marshall nazariyasiga yaqin bo`lgan. Shunday qilib, XX asrning boshida marjinalistik nazariya Rossiyada keng ravishda talqin etilib ( yuqorida barcha namoyandalar ham tilga olinmagan), jahonga o`zining ilmiy fikrini taqdim etgan. 114 Bol`sheviklar hukumatga kelganidan so`ng, Rossiyada marjinalizm qismati yaxshi bo`lmadi. Shuni ham tilga olish zarurki, partiyaning eng ilg`or liderlari marjinalistik nazariya bilan tanish edilar, xususan N.Buxarin Moskva universitetida o`qigan paytlarida SHaposhnikov seminarlarida Shug`ullangan, emigratsiya davrida esa, Vena universitetida Byom – Baverk ma`ruzalariga qatnab, o`zi uchun zamonaviy bo`lgan iqtisodiy adabiyotlarni kuzatib borgan. Yuqorida tilga olingan Rossiyalik marjinalistlar qismati quyidagicha rivojlandi. Bilimovich va Voytinskiy, mamlakatni tark etib, ilmiy faoliyatlarini chet elda davom ettirgan hamda yuqori darajada ilmiy nufuzga erishishdi. Ayniqsa Voytinskiy, juda mashhur bo`lib, uni bandlik muammolari tadqiqotchisi va keynsianlik tarafdori sifatida nihoyatda hurmat qilishgan (U inflyatsiyani antikrizis chorasi sifatida qo`llash g`oyasini ham ilgari surgan). Yurovskiy va Shaposhnikov, 1920-yillar davomida, narkomfinda ishlashgan bo`lsa, keyinchalik Stalin repressiyalari qurboni bo`lishdi. 1920-yillar davomida Slutskiy Moskva shahri kon`yunktura institutida faoliyat yuritib, kon`yunkturaning matematik modellashtirilishi sohasidagi tadqiqotlari jahon iqtisodiy fani dunyosida katta qiziqish uyg`otgan. Ammo 1929 yilda institut yopilishi natijasida Slutskiy, iqtisodiyot fanini tashlab, sof matematik bo`lishga majbur bo`ldi. 1929 yilda Stalin hukumat boshiga kelganidan so`ng, marjinalizm va boshqa barcha nomarksistik iqtisodiy nazariyalar, hamda uning asosida yaratilgan iqtsodiy, matematik - iqtisodiy uslublar ta`qiqlandi. Faqatgina 1950- 1960 yillarda, SSSR iqtisodiyot fanidagi matematik uslublar reabilitatsiya etildi. Ularning asosida yotgan marjinalistik nazariya qayta qurish davrigacha tanqid ostiga olindi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling