Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIV-BOB. INSTITUTSIONALISM YO`NALISHI MOHIYATI VA AHAMIYATI 14.1. Institutsionalistik yo`nalish umumiy tavsifi
- Predmet va uslub
Nazorat uchun savollar: 1. Umumiy iqtisodiy muvozanat nima? 2. Val`ras modelini tasvirlovchi tenglamalar tizimi qanday holatlarda echimga ega bo`ladi? Val`ras xalq xo`jaligini qanaqa to`rt bozorga bo`ladi va bu bozorlar qanday o`zaro bog`liq bo`ladi? 3. Val`ras va Pareto umumiy iqtisodiy muvozanat masalasini iqtisodiyotning qanday turlari doirasida ko`rib chiqishgan? 4. Pareto va marksistlarning sotsializm sharoitlarida tovar - pul munosabatlari borasidagi fikrlari farqi nimada? 5. Foydalilik darajasining kardinalistik va ordinalistik talqini nima? Farqsizlik chiqizlarini nima tavsiflaydi? 6. Jamiyat ravnaqi masalasiga Pareto qanday yangi ishlanmani kiritdi? Pareto optimumi grafigini tasvirlab bering. 115 Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 1. Вальрас Л. Элементы чистой политической экономии. М., 2000. 2. Бейтон А., Доллок К., Дре А.М., Казорла А. 25 ключевых книг по экономике. Челябинск, 1999. 116 XIV-BOB. INSTITUTSIONALISM YO`NALISHI MOHIYATI VA AHAMIYATI 14.1. Institutsionalistik yo`nalish umumiy tavsifi XIX asrning ikkinchi yarmida marjinalizm bilan birgalikda yonma-yon, ba`zida esa undan ilg`orlashgan holda, iqtisodiyot fanining yana bir yo`nalishi institutsionalizm shakllanib bordi. Bu yo`nalish mumtoz siyosiy iqtisod o`rniga vujudga keldi. Bu yo`nalish to`la - to`kis, XX asrning boshida shakllandi. Predmet va uslub. yuqorida iqtisodiyot faniga nisbatan ikki nazariy yondashuvni yuqorida ko`rib chiqgan edik, ya`ni mumtoz siyosiy iqtisod va marjinalizm, mazkur mavzu doirasida institutsionalizm oqimining metodologik xususiyatlarini, ular bilan taqqoslagan holda ko`rib chiqamiz. yuqorida aytib o`tilganidek, marjinalizm yo`nalishining tadqiqot predmeti sifatida sof iqtisodiyot qabul qilinib, uning ijtimoiy shakllari inkor etiladi. Institutsionalizm esa, aksincha, ijtimoiy iqtisodiyot, madaniyat va siyosat bilan bir qatorda ijtimoiy xajmli tizimining asosiy qismlari sifatida qabul qilishgan. Bundan, mazkur yo`nalishning nomi ham kelib chiqadi. Boshqa tomondan, mumtoz siyosiy iqtisod ijtimoiy iqtisodiy hodisalarni ko`rib chiqadi, bu holat uning nomida ham aks etgan, ya`ni siyosiy atamasi Yunoncha «polis» (jamiyat, davlat), nomidan kelib chiqadi. Demak, siyosiy iqtisod ham, jamoatchilik (ijtimoiy) iqtisodiyotdir. Masalan, mumtoz siyosiy iqtisod asosiy e`tiborni sinfiy munosabatlarga qaratgan. Ammo, uning institutsionalizmda farqi Shundaki, mumtoz siyosiy iqtisod ijtimoiy munosabatlarning sabab, natijaviy talqinini qo`llaydi, va Shu sababli iqtisodiyot - siyosat va madaniyatga nisbatan sabab yoki asos sifatida talqin etiladi. Ayniqsa, bu yondashuv, Marksning bazis va ustqurma haqidagi ta`limi asosida yotadi. Institutsionalizm esa, jamoatchilik munosabatlarini funktsional deb hisoblaydi, va Shu sababli, iqtisodiyot, siyosat va madaniyat mazkur nazariya doirasida o`zaro bog`liq va bir - biriga ta`sir etuvchi omillar sifatida qabul qilinadi. Mumtoz siyosiy iqtisod (sinfiy munosabatlar bilan bir qatorda) va marjinalizm bir vaqtning o`zida xo`jalik sub`ekti, iqtisodiy insonni birgalikda ko`rib chiqib, ular o`z harakatlarida faqatgina bir maqsadda, ya`ni daromad olish maqsadi haqidagi g`oyaga asoslanishadi (Shu jumladan foydalilik va daromad). Shu sababli, uning harakatlarini modellashtirilishi, hamda prognozlashtirilishi mumkin. Institutsionalistlar fikricha, insonga qator omillar ta`sir etadi, va bu omillar doirasida ham iqtisodiy, ham noiqtisodiy omillar kirishi mumkin. Demak, bir insonning harakatlari, boshqa inson harakatlariga o`xshamaydi, va shu sababli ularni prognozlashtirish juda mushkul. Xuddi shunday xulosa, milliy iqtisodiyotlarga ham tegishli bo`lib, ular institutsionalistlar fikricha, qator o`ziga 117 xosliklarga ega bo`lib, ularning funktsiyalarini oldindan faqatgina nisbiy ravishda belgilash mumkin. Mumtoz siyosiy iqtisod (tarixiy yondashuvga ega bo`lgan Marksdan tashqari), iqtisodiyotning mo„ayyan turini tabiiy ravishda qabul qilib, uni boshqa, notabiiy turlar bilan taqqoslangan. Marjinalizm o`zining miqdoriy yondashuvi bilan, faqatgina statika yoki dinamika holatidagi bozor iqtisodiyotini ko`rib chiqadi. Institutsionalizm esa, iqtisodiyotni tarixiy jihatdan sifat darajada o`zgaruvchan va rivojlanuvchi soha sifatida tadqiq etadi. Ammo, bunda dinamika va rivojlanish orasida adashmaslik lozim, zero birinchi holatda, bu miqdoriy o`zgarish (o`sish, qulash), ikkinchi holatda esa sifat, ya`ni ijtimoiy munosabatlar o`zgarishi kuzatiladi. Masalan, qayta qurish davrida, mamlakatimizda, iqtisodiy qulash kuzatilgan bo`lsada, ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish mavjud bo`lgan. Va nihoyat, mumtoz siyosiy iqtisod (burjua vakillari tomonidan) va marjinalizm (boshlang`ich bosqichida) iqtisodiyotni faqatgina iqtisodiy insonlar summasi sifatida ko`rib chiqib, bundan shaxs manfaatlari jamiyat manfaatlaridan ustun kelishini ta`kidlab, iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasi yonini olgan holda, insonlar xo`jalik faoliyatiga hukumat aralashuvini cheklagan. Institutsionalizm esa, aksincha, alohida shaxslar manfaatini emas, jamiyat manfaatlarini institutlar (jamoatchilik hodisalari) manfaatlarini ustun qo`ygan, va Shu sababli hukumat jamiyat nomidan faoliyat yuritayotganda, alohida shaxslar ijtimoiy - iqtisodiy faoliyatiga aralash huquqiga ega deb, hisoblashgan. Shunday qilib, institutsionalistik yo`nalish nazariyachilari, iqtisodiyotni barcha ijtimoiy munosabatlar o`zaro iqtisodiy kontekstida ko`rib chiqishgan. Bundan kelib chiqadiki, alohida insonlarning iqtisodiyotdagi faoliyati murakkab va o`xshashsiz bo`lib, bu holat marjinalistlarning sof iqtisodiyotida kuzatilmaydi, va iqtisodiyotga tarixan yondashish lozim deb hisoblashadi. Bunday iqtisodiyotni doimiy ijtimoiy - iqtisodiy o`zgarishlar jarayoni sifatida qabul qilish lozimligini aytib o`tishadi. Bundan tashqari, institutsionalistlar, iqtisodiyotni individualistik nuqtai - nazardan emas, jamoatchilik (ijtimoiy) nuqtai nazardan ko`rib chiqishgan va Shu sababli, hukumat jamiyat nomidan faoliyat yuritar ekan alohida xo`jalik sub`ektlari faoliyatiga aralashish huquqiga ega deb hisoblashgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling