Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Predmet va uslub. Garchi Val`ras «sof iqtisodiyot» atamasini ilgari surgan bo`lsa
ham, uning o`zi mazkur nuqtai nazar iqtisodiyotda yagona imkoniyati mavjud bo`lgan yondashuv sifatida tan olinmagan. O`zining «Sof siyosiy iqtisod elementlari» (1874-1877) asosiy asari bilan bir qatorda, u «Ijtimoiy iqtisodiyot haqida ocherklar» (1896) «Amaliy - siyosiy iqtisodiyot ocherklari» (1898) va qator boshqa asarlarni ham yaratdi. Shu kabi Pareto ham, iqtisodiy tadqiqotlar bilan bir qatorda («Siyosiy iqtisod kursi» (1896-1897) «Siyosiy iqtisod darsligi» (1906) bilan bir qatorda sotsiologiya bo`yicha ham qator fundamental asarlarni yaratgan. Ammo, mazkur mavzu doirasida, biz ushbu mualliflarning faqatgina “sof iqtisod” haqidagi asarlarini ko`rib chiqamiz, garchi Val`ras marjinalistik inqilobning birinchi bosqichiga, Pareto ikkinchi bosqichiga tegishli bo`lsa ham. 13.2. L.Val`ras. Umumiy iqtisodiy muvozanat Val`ras, umumiy iqtisodiy muvozanat nazariyasini ishlab chiqgan ilk olim. Umumiy iqtisodiy muvozanat, bu iqtisodiyotning Shunday holatiki, unda barcha bozorlar, bir vaqtning o`zida muvozanatda bo`lib, har - bir xo`jalik sub`ekti, belgilangan byudjet cheklovlari sharoitida, foydalilik maqsadli funktsiyasini mustaqil ravishda maksimizatsiya etishi lozim. Bu holat, faqat narxni mo„ayyan tizimi shakllanish sharoitida amal qiladi. Val`ras o`zining umumiy iqtisodiy muvozanat modelida, tenglamalar tizimini qo`llab, unda ishlab chiqaruvchi va iste`molchi tomonidan sotilayotgan va xarid etilayotgan tovarlarning ishlab - chiqarish omillari va iste`mol tovarlarining narxlari noma`lum bo`ladi. Tenglamalarning o`zi, iste`molchilar va ishlab chiqaruvchilar harakatini, maksimum darajasiga etkazadi. Aynan Val`ras mazkur tenglamalar tizimi o`z 108 echimiga ega ekanligini ko`rsatib berib, bunday echim asosida, noma`lum tenglamalar miqdori, tizimdagi tenglikda yotadi, ya`ni tenglamalar tizimi, o`zaroo mutanosib ravishda echilishi lozim. Buning asosida talab va taklif hajmi, alohida tovarga bo`linishi, nafaqat uning narxiga, balki tovarlarga bo`lgan narxiga ham bog`liq bo`lib, bir bozorning holati, boshqa bozor holatiga bog`liq bo`ladi. Val`ras xalq xo`jaligini 4 asosiy bozorga bo`lgan: iste`mol predmetlari bozori, ishlab chiqarish omillari bozori, pul kapitallari bozori va almashinuv vositasi sifatidagi mablag` bozori. Buning asosida u har - bir bozor doirasidagi tenglik sharoitlarini topadi. Shundan so`ng, mazkur bozorlar orasidagi bog`liqlik masalasi qo`yiladi. Avvalambor, bunda g`oya, iste`mol predmetlari bozori va ishlab chiqarish omillari orasidagi bogg`liqlik haqida ketadi. Tovarlar bo`lgan iste`molchilik talabi, barcha iste`molchilar daromadlariga bog`liq. O`z navbatida ularning daromadlari, narx va ishlab chiqarish omillariga borib taqaladi. Shu bilan birgalikda, ishlab chiqarish omillariga bo`lgan korxona talabi, iste`molchilar tomonidan ilgari surilgan tayyor mahsulotga bo`lgan talabga bog`liq. Keyinchalik, ishlab chiqarish omillari va mablag` kapitallari bozori orasidagi bog`liqlik mavjud bo`lish, buning asosida investitsiya va boylik muvozanati yotishini e`tirof etadi. Pul mablag`lari bozori va almashinuv vositasi sifatidagi pul bozori orasidagi bog`liqlik tadqiq etiladi. Buning asosida mablag` yig`ilishining hajmini o`sishi, mablag` massasi qisqarishiga olib kelib, tabiiyki narxlarga ta`sir etadi. Val`ras mablag` bozorini quyidagicha ta`riflagan: «mablag` belgilari omili narxi, mablag` real miqdorining istalgan naqd holatdagi mutanosibligiga bog`liq». Shu bilan birgalikda, Val`ras, iqtisodiyot to`liq muvozanat holatida nisbatan o`sishini isbotlab berib, hech qachon bu muvozanatga erisha olmasligini ta`kidlab o`tgan. O`zining umumiy iqtisodiy muvozanat modelida, Val`ras, mazkur muammoni mo„ayyan doirada ko`rsatib bergan, ammo matematik darajada, uni echa olmagan. Keyingi davrlarda qator olimlar ham, mazkur modelni matematik jihatdan rivojlantirishga harakat qilgan. A.Val`t (1936) va Errou Debre (1954) asarlarini ham e`tirof etish mumkin. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling