Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
D. Bell postindustrial jamiyati nazariyasi
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
29.4. D. Bell postindustrial jamiyati nazariyasi P.Druker va A.Toffler nazariyalariga nisbatan, amerikalik sotsiolog Daniel` Bell (1919- yilda tug`ilgan) qarashlari nisbatan pessimistikdir. U tomonidan qator kitoblar yozilib, mazkur asarlar ichidan ikkitasini alohida ajratib ko`rsatish mumkin: «G`oya xotimasi» (1960), «Kelayotgan postindustrial jamiyat» (1973). Ushbu asarlarda D.Bell birinchidan Dj.Gelbreyt kabi ikki tizim konvergentsiyasi kontseptsiyasini rivojlantirishda davom etib, industrial jamiyatning ikki turi sifatida ijtimoiy va kapitalistik tuzumni tasvirlaydi. Mazkur jamiyatlar asosida esa yirik korporatsiyalar turib, ularning moddiy ravnaqlarini asosiy hajmini ishlab chiqaradi. P.Druker va A.Tofflerdan farqli o`laroq, D.Bell kelajakni aynan yirik tuzilmalar doirasida ko`radi, zero iqtisodiy rivojlanish asosi sifatida, ilmiy - texnik progress turib uning fikricha, bu holat yirik kapital qo`yilmalarini talab etadi. Shu bilan birgalikda, P. Drukerdan farqli o`laroq, u jamiyat tomonidan iqtisodiy rivojlanish ustidan nazorat zarurati tarafdori bo`lib, hukumat olimlar ham nazorat etilishi lozim deb hisoblaydi. Ayniqsa olimlar, ilmiy - texnik progressga siyosat va bozor manfaatlari bo`ysunishini oldini olishlari kerak, kelajak jamiyatini D.Bell rejalashtiruvchi jamiyat sifatida tasavvur qilib, unda hukumat roli oshadi. D.Bell, asosiy e`tiborini yuridik firmalar faoliyatining salbiy oqibatlariga qaratadi. Birinchidan, atrof-muhitga holatiga texnologik jarayonlar ta`sir ko`rsatib, salbiy bo`ladi. Ikkinchidan, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar individlar haqiqiy ehtiyojlariga to`liq muvofiq bo`lmaydi. 240 D.Bell nazariyasida zamonaviy jamiyatda ijtimoiy o`zgarishlar haqida ham so`z yuritilgan. D.Bell “Postindustrial jamiyat” tushunchasini kiritgan holda, Yangi turdagi jamiyat asosiy xususiyatlaridan biri, meritokratiya hukmronligi bo`lib, u texnokratiya o`rniga keladi deb e`tirof etadi. Meritokratiya, jamiyat oldida katta xizmatlarga ega insonlar guruhidan tashkil topib, bu insonlar, yuqori intellektual rivojlanish darajasiga ega holatda axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilishlari mumkin. 1970-yillarda Dj.Gelbreyt qarashlari. 1970 yilda Dj.Gelbreyt «Jamiyat iqtisodiy nazariyalari va maqsadlari» kitobini yozadi. Bu kitobda muallif oldin bildirgan ko`plab qarashlarini qayta ko`rib chiqgan. Xususan Gelbreyt yirik korporatsiyalar faoliyatiga nisbatan yanada salbiyroq munosabatini bildirib, ekspluatatsiya o`sib borayotgan elementlari Yangiroq tavsifga egaligiga e`tibor qaratgan. Shu bilan birgalikda, u iste`molchilarning ishlab chiqaruvchilar tomonidan reklama orqali tovarlarni tiqishtirish vositasida ekspluatatsiyasi haqidagi fikrini ham rivojlantirdi. Shu bilan birgalikda, korporatsiyalar tomonidan bozor va narxlar ekspluatatsiyasi, rivojlanayotgan mamlakatlarning rivojlangan mamlakatlar tomonidan ekspluatatsiyasi, hamda tabiat ekspluatatsiyasi haqidagi fikrlari ham ahamiyatga molik. Deyarli u, asr boshi ruhidagi monopoliya tanqidiga qaytib, zamonaviy jamiyatni yirik korporatsiyalar monopoliyasi holatida ekanligi haqidagi fikrni bildirdi. U o`z g`oyasini 1950 yillar boshidagi “kuchlar muvozanati” haqidagi g`oyaga qaytarib, mazkur g`oya yirik korporatsiyalariga kichik ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar tashkillashtirilishi vositasida o`zi al`ternativ usullarni shakllantirib berishini taxmin etdi. Endilikda Gelbreyt jamiyat yirik firmalar hukmronligiga qarshi qo`yadigan hech - narsaga ega emasligi borasidagi fikrni bildirdi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling