Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
235 XХIX-BOB. 1970- YILLAR – 1990-YILLAR BOSHI INSTITUTSIONALIZMI 29.1. P. Druker iqtisodiy bilimlar kontseptsiyasi 1970-1980-yillar davomidagi institutsional nazariyalar asosiy e`tiborini yuqorida aytib o`tilganidek iqtisodiyotda yuz berayotgan o`zgarishlar tahliliga qaratgan, zero bu o`zgarishlar ilmiy - texnik progress, ishlab chiqarish tuzilishidagi o`zgarishlarning, xizmat ko`rsatish sohasi va axborot bozori rivojlanishi, globalizatsiya jarayonlari bilan bog`liq. Mazkur davr institutsional nazariyalarining 1940-1960-yillar nazariyasidan asosiy farqi Shundaki, ularning ko`pchiligi e`tiborlarini iqtisodiyotda amal qilayotgan yirik korporatsiyalar roliga nisbatan qarashlarni o`zgarishidir. Institutsionalistlardan bir qismining xulosa qilishicha, kelajakda mamlakatlar iqtisodiyotida asosiy rolni kichik biznes o`ynaydi; institutsionalistlarning boshqa qismi esa zamonaviy iqtisodiy tizim asosini gigant firmalar tashkil etishini tan olgan holda, bunday tizim rivojlanishi istiqboliga nisbatan munosabatini optimistik jihatidan pessimistik jihatga o`zgartirdi. Zamonaviy iqtisodiyot tuzilishidagi o`zgarishlar tadqiqoti bilan Shug`ullangan institutsionalistlardan biri P. Drukerdir. 1969 yilda, uning «Asta - sekinlik tanaffusi davri» deb nomlangan kitobi nashr etilib, unda muallif zamonaviy iqtisodiyotda markaziy rolni qaysi resurs o`ynashi haqidagi masalani ko`targan. Bilimlar iqtisodiyoti tushunchasini kiritgan holda P. Druker na moddiy resurslar, na moliyaviy resurslar, va hattoki na boshqaruv resusrlari ishlab chiqarish yetakchi omillari bo`la olmaydi deb ta`kidlaydi. Zamonaviy iqtisodiyot faqatgina axborotga, uning yaratilishiga va tarqatilishiga asoslangan. Aynan, bilimlarning mavjudligi yoki mavjud emasligi, firmalar ishlab chiqarish va raqobatbardoshliligini belgilaydi. Bilim iqtisodiyoti, tuzilmaviy o`zgarishlarni talab etadi. Rejalashtirishga asoslangan yirik institutlar yoki byurokratiya tomonidan boshqarilayotgan hukumat iqtisodiyot samarasiz bo`ladi, zero uning asosida innovatsiyalar bo`lmaydi. Innovatsiyalarni esa, faqatgina xususiy kichik tadbirkorlik amalga oshirishi mumkin. O`z kontseptsiyasi doirasida, P. Druker Y.Shumpeter nazariyasiga ko`pchilik jihatidan mos tushadigan tadbirkorlik nazariyasini ilgari suradi. U innovatsiyalarni uzoq vaqt tadbiq jarayonini va yirik kapital kiritmalarini Yangi texnologiyalar bilan bog`lamaydi, zero bunga faqatgina yirik korporatsiyalargina qodir bo`ladi (Dj. Gelbreyt nazariyasi). P. Druker fikricha, innovatsiyalar birinchi navbatda biznes tashkillashtirilishining Yangi shakllari bo`lib, bunda ham tashqi (Yangi bozorlar, tovarlarning Yangicha tarzda qo`llanilishi), ham ichki tashkiliylik tushuniladi. P. Drukerning fikricha, zamonaviy iqtisodiyot asosida xususiy tadbirkor yotadi, u tashabbuskor va tavakkal qilishga qodir bo`ladi. 236 Uning zimmasida, iqtisodiyotning asta-sekin rivojlanishiga barxam berish, portlatish va uni Yangi sifat darajadagi rivojlanishga ko`tarish kiradi. Korporatsiyalar esa, mohiyatan rejaviy tuzilma bo`lib, ular innovatsion jarayon asoslarini yo`qotadi. Shu sababli iqtisodiyot rivojlanishi uchun ishlab chiqarish detsentralizatsiyasi kichik xususiy tadbirkorlikning qayta tug`ilishi, hamda yirik korporatsiyalarning isloh etish zarur. P. Drukerning fikricha, mazkur tuzilmalar samaradorligini oshirish uchun, kompaniya doirasida qaror qabul qilish jarayonini dejitralizatsiyalash zarur. Shu bilan birgalikda, firmaning malakasiga muvofiq alohida a`zolariga qo`shimcha vakolat va majburiyatlarni maksimal darajada taqdim etib, ularni maksimal darajada boshqaruv jarayoniga jalb etish lozim. Bularning barchasi ichki tadbirkorlik rivojlanishiga olib kelib, oqibatda ushbu mazkur tuzilmalar doirasida innovatsion jarayonni tiriltirish imkoniyatini beradi. P. Druker hukumat tadbirkorligiga tanqidiy munosabat bildiradi. Uning fikricha, faqatgina xususiy biznes, iqtisodiyot rivojlanishini ta`minlashi, hukumat esa o`z byurokratiyasi bilan, resurslarni samarasiz tarzda sarf etib, Yangiliklarni tadbiq etilishi uchun, to`sqinliklar yaratadi. P. Druker nazariyasi, tasodifiy bozor samaradorligi va xususiy manfaatga asoslangan erkin tadbirkorlik samaradorligiga ishonchda qurilgan. Siyosat bilan bog`liq istalgan tuzilishlar sirasiga P. Druker kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalarni kiritib, ular xususiy biznesga aralashish orqali, iqtisodiy jarayonga xalaqit berishadi. Shu sababli, P. Druker zamonaviy davlat oldida turgan ikki vazifani ajratadi: Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling