Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
3. Kelajakda jamiyat rivojlanishi nazariyasi
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
29. 3. Kelajakda jamiyat rivojlanishi nazariyasi A.Toffler, o`z asarlarini zamonaviy jamiyat transformatsiyasiga bag`ishlagan mashhur mutaffakkirlardan biridir. O`zining «Futuroshok» (1970) va «Ekospazm» (1975) asarlarida, u jamiyat rivojlanishining zamonaviy bosqichini o`zgartiruvchi bosqich deb tasvirlagan. Ilmiy - texnik progress va iqtisodiy o`sishning yuqori darajalari iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmalarni o`zgarishi, insonlarning ijtimoiy va psixologik zarbalarga to`qnash kelishiga olib kelib, bular doimiy ravishda mazkur o`zgarishlarga moslashishni talab etadi. Mo„ayyan kasblar, munosabat turlari yo`qolib, aholining mobilligi oshadi, ishchilar malakasiga nisbatan xam talablar doimiy ravishda o`zgaradi. Eski kasbiy jihatlarni sinishi bilan bog`liq stress holatlari chuqurlashadi, va bu holatni A.Toffler kelajak shoki deb ataydi. A.Tofflerning transformatsiya bilan bog`liq tavsiflari ko`pchilik jihatdan P.Druker g`oyalariga o`xshash. Uning fikricha XX asr oxiri iqtisodiyoti bilimlar iqtisodiyotidir. Toffler katta e`tiborni, Yangiliklarning asosiy manbai sifatida tadbirkorlikka ajratadi. Bunda u korporatsiya doirasida tadbirkorlik vazifasi tirilishini ham payqab, bu holat P.Drukerda, yirik firmalarga berilgan tavsiya sifatida ko`tarilgan. A.Toffler Shu bilan birgalikda, Avtokratiya haqida yozib, uning fikricha avtokratiya mutaxassislarning vaqtinchalik guruhi bo`lib, ular alohida loyihalarga boshchilik qilishadi, va texnokratiya, hamda byurokratiya o`rniga keladi. Mazkur kichik markazlashmagan jamoalar tashabbus, ijod, mustaqil qaror qabul qilish huquqiga ega bo`lib, o`zlari markazlashgan holda, ko`pchilik masalalar bo`yicha firma siyosatlarini yuritishadi. A. Toffler nuqtai - nazaridga ko`ra korporatsiya avtokratiyasi paydo bo`lishi bilan, korporatsiyalar bozorning Yangi sharoitlariga tezroq moslashib, innovatsion funktsiyalarini yaxshiroq amalga oshira boshlashdi. Shu bilan birgalikda, A. Toffler katta e`tiborini texnik – iqtisodiy rivojlanish ustidan nazorat masalalariga ham qaratgan. Uning fikricha, jamiyat yirik korporatsiyalar faoliyatini kuzatishlari lozim, zero korporatsiyalar progressga Shu darajada qiziqishganki, ular tomonidan tadbiq etilayotgan Yangi texnologiyalar foydasiz yoki insoniyat uchun zararli bo`lishi mumkin. Shu bilan birgalikda, Yangiliklar, jiddiy - ijtimoiy futuroshok bilan bog`liq oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Shu sababli, A. Toffler Yangiliklar kiritish monitoringi zarurati haqida ham so`z yuritgan. A.Toffler qalamiga mansub «Uchinchi to`lqin» (1980) asari alohida axamiyatga molikdir. Unda, muallif elektronikani tadbiq etilishi bilan bog`liq 239 texnika rivojlanishini tahlil etadi. Uning Yangi kontseptsiyasining muhim asoslaridan biri, elektron aloqa vositalari paydo bo`lishi bilan ishlab chiqarish markazlashtirilishi uchun sharoitlar yaratilishi haqidagi fikrdir. Shuni e`tiborga olish lozimki, uzoq vaqt davomida ilk marotaba texnologiyalar ishlab chiqarish kontsentratsiyasi sharoitlarini emas, uning taqsimlanish sharoitlarini ajratib berdi. Buning oqibatida, ishlab chiqarishning hududiy taqsimlanishi yuz berdi. Yangi aloqa vositalari mutaxassislarga bir - biri bilan doimiy aloqada bo`lib, uyda ishlash imkoniyatini beradi. Aynan Yangi texnologiyalar sababli, kichik seriyali ishlab chiqarish arzonlashadi. Shuningdek taklif egiluvchan bo`ladi, buning oqibatida esa, iste`mol tuzilishi va hayot uslubi o`zgaradi. Odamlar yanada individuallashishga harakat qilishadi. mehnat tavsifi o`zgaradi. Mehnat individual tus olib, ijodiy tavsifga ega bo`ladi. Jismoniy mehnat xodimlari miqdori qisqaradi. yuqori malakali mutaxassislarga talab xam va taklif xam oshadi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling