Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Metodologiya.
Neoinstitutsional nazariyalarni birlashtiruvchi qator metodologik yondashuvlarni garchi ular asr boshi instituttsionalizm bilan bir vaqtning o`zida farq qilib, turli yo`nalishlarga ega bo`lishsa ham. Birinchi navbatda, metodologik individualizm printsipi, ko`pchilik jihatdan mazkur oqim iqtisodchilari tomonidan ketma -ket ravishda neomumtozlarga nisbatan ko`proq qo`llanilsa ham ajratish mumkin. Nazariya asosiga individ harakatlari tahlili olinib, qolgan barcha iqtisodiy jarayonlar mazkur tahlil orqali jumladan, iqtisodiy institutlar harakati ham (turli firmalar, hukumat va boshqalar) ko`rib chiqiladi. Mazkur usul neoinstitutsionalizmni institutsional nazariyadan farqlaydi, zero institutsional nazariya, bunday yondashuvga qarshi chiqib, institutlarni jamoatchilik tashkilotlari sifatida ko`rib chiqib, ularning harakatlari alohida iqtisodiy agentlar harakati bilan bog`liq emas deb hisoblagan. Neoinstitutsionalistlarning fikricha, jamoatchilik bozor ishtirokchilari harakatlari alohida insonlar irodasiga bo`ysinadi, zero bu insonlar ularning mulkdorlari sifatida ish foliyatini boshqarishadi. Neoinstitutsional nazariya printsipial ravishda davlat va uning iqtisodiyotdagi rolini o`zgacha tarzda talqin etadi. Davlat iqtisodiyotda alohida institut sifatida qabul qiladi. Hukumat tuzilmalari insonlardan iborat, ularning 227 faoliyati esa, istalgan xususiy firma xodimlari harakatlaridan farq qilmaydi. Ular ham firma xodimlari kabi, mo„ayyan tarzda ratsional, egoistik faoliyat turi bilan ajralib turib, (ya`ni noratsional), bozor signallariga ham tabiiy ravishda javob berishadi (yoki mazkur signallar nomuvofiqligiga). Mazkur institutning samaradorlik darajasi esa, istalgan tashkilotning boshqa formasi kabi samarali baholanishi zarur. Neoinstitutsionalizmning institutsional nazariyadan ikkinchi metodologik farqi, tahlilning tarixdan tashqari tavsifi bilan bog`liq. Neoinstitutsional nazariyalar, universal va umumiy tavsifga ega qonuniyatlarni ochish bilan Shug`ullanadi. Mazkur qonuniyatlar, barcha iqtisodiy ishtirokchilar uchun, haqiqiydir (institutlar, alohida individlar). Ularning yordamida istalgan iqtisodiy tizimlar, istalgan tarixiy davrda tasvirlanishi mumkin. Umumiy metodologik yondashuvlardan tashqari, neoinstitutsional yo`nalishga kiritilgan nazariyalar mo„ayyan farqlarga ham ega. Tahlil uslubi bo`yicha, ularni eng kamida ikki asosiy guruhga bo`lish mumkin. Birinchi guruh tarkibiga, asoslari R. Kouz O. I. Uil`yamson, D. Nort, R. Fogel`, R. Tomas nazariyalari kiradi, ular o`z tadqiqotlarida iqtisodiy tuzilmalar tadqiqoti uchun transaktsion tahlillarni qo`llaydi. Ikkinchi yo`nalish, birinchi yo`nalishga metodologik jihatdan yaqin bo`lib, mulkdorlik huquqlari nazariyasiga tahlil jihatidan yondashadi (A. Alchian, X. Demsets). Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling