Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
222 27. 2. “Tarqatma bilim” kontseptsiyasi Iqtisodiy harakatni tahlil etar ekan, Fridrix fon Xayek neoavstriya maktabi ilg`or namoyandasi sifatida iqtisodiy axborot, ya`ni ishlab chiqarish faoliyati imkoniyatlari haqidagi bilim va iste`molchilar ta`biga qarab, bilimlarga faqatgina alohida individ, u ham bo`lsa faqatgina o`ziga nisbatan ega bo`ladi deb xulosa qiladi. Biror - bir inson, boshqa insonning didi, yoki xo`jalik rejalari haqidagi aniq axborotga ega bo`lmaydi. Bundan tashqari, bozorning xar bir ishtirokchisi ega bo`lgan axborot, to`la ravishda formalizatsiya etilishi, va bozorning boshqa ishtirokchilariga adekvat ravishda uzatilishi mumkin emas. Muammo Shundaki, mazkur individual bilimlarning asosi sifatida, rivojlantirilgan hissiyot, intuitsiya bo`lishi mumkin, u tahlil etilib, talqin etilishi mumkin emas, demakki bunday tajribaga ega bo`lmagan insonga uzatilishi imkoniyati ham yo`q. Mazkur xulosalar asosida, F. Xayek xulosa qiladiki, iqtisodiyotda bilimlar tarqatma tavsifga ega. Biror – bir shaxs, bozorning boshqa ishtirokchilari haqida to`liq axzborotga ega emas, demak sub`ekt o`zi haqidagi axborotni boshqalarga to`liq ravishda uzata olmaydi, va bozorning boshqa iqtisodiy sub`ektlari uning iqtisodiy ta`bi, biznesdagi muvaffaqiyati haqida axborotga ega bo`lmaydi. 27. 3. Fridrix Fon Xayekning “Bozor” kontseptsiyasi Agarda axborot tarqatma bo`lsa, savol tug`iladi: individlar qay tarzda faoliyat yuritishadi, harakat mo„ayyan variantini tanlashda nimaga asoslanishadi, ularning o`zlariga nisbatan ega bo`lgan qisman bilimlar muvaffaqiyatli iqtisodiy harakat uchun etarli emas. F. Xayek fikriga bu holda ularga bozor munosabatlari yordamga keladi. Bozor mexanizmi qurilma indikatorlar, ya`ni narx ko`rsatkichlariga ega. Bu ko`rsatkichlar, tanlov variantlari va bozor boshqa ishtirokchilarining ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko`rsatadi. Narxlardagi o`zgarish, ta`bdagi yuzaga kelgan o`zgarishlar, hamda individlar imkoniyatini ko`rsatadi. Bozor mavjud bo`lganda, tadbirkor, o`zining mahsulotiga nisbatan xaridorlarning ehtiyojlarini aniqlashi shart emas. Insonlarning maqsadlarini, demakki ularning ratsional yo`l bilan harakatlarini oldindan bilish imkoniyati yo`q. Bozor esa, amalga oshgan faoliyatlarni inobatga oladi, ya`ni xaridning oshishi, tovarga nisbatan narxning avtomatik ravishda oshishiga olib keladi, va aksincha, mo„ayyan mahsulotga bo`lgan qiziqishni pasayishi, uning narxini tushiradi. Narx signallarini o`rgangan tadbirkor, bozor kon`yunkturasi haqidagi zarur axborot olish imkoniyatiga ega bo`ladi va axborot asosida o`z harakatini rejalashtiradi. Bozor yana bir muhim vazifani bajaradi. Bozor, va faqatgina bozor, qanday iqtisodiy 223 harakat samarali va qaysi harakat samarasiz ekanligini aniqlash imkoniyatiga ega. F. fon Xayek nuqtai nazarida, ratsional yo`l orqali mazkur masalaga ilmiy tahlil uslubi vositasida javob berib bo`lmaydi. Faqatgina faoliyat natijalariga qarab, mazkur harakat reallikka nisbatan adekvat bo`lganligi yoki bo`lmaganligi haqidagi savolga javob berish mumkin. Agar, tadbirkor, daromad olib o`z biznesi rivojlanishiga erishsa, u iqtisodiy nuqtai - nazardan to`g`ri harakatni tanlagan bo`ladi, ya`ni uning harakatlari iqtisodiy jihatdan samaralidir. Agarda zarar ko`radigan bo`lsa, demak uning harakatlari iqtisodiy jihatdan samarasiz bo`ladi. Mazkur masala borasida, F. Xayek, alohida empirizm nuqtai nazarini bildirgan. Uning g`oyasini asosida Shundaki, u yoki bu harakat samaradorligi darajasini ratsional taklif asosida baholash mumkin emas. Faqatgina hayot va amaliyot barcha narsalarga baho berishi mumkin. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling