Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
5. Iqtisodiy imperializm
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
26. 5. Iqtisodiy imperializm Yuqorida aytib o`tilganidek, iqtisodiy imperializm nomini olgan iqtisodiy yo`nalishi uchun, iqtisodiy tahlilning inson faoliyati noiqtisodiy sohasiga ekspansiyasi xosdir. Bunday imperializm asosi, iqtisodiy fanda qabul qilingan, va universalnazariya sifatida ya`ni istalgan inson harakatini tasvirlab berishga asoslangan iqtisodiy vazifalarni echish imkoniyatiga ega bo`lgan modelga asoslanadi.. Mazkur yo`nalish namoyandalari nuqtai - nazarida iqtisodiy tahlil, nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy - institutlar harakatlarini interpretatsiya etish imkonyaitini beradi. Bunday mantiq asosida 1970-yillar boshida iqtisodiyot fanida iqtisodiy tahlilning Yangi sohalari ya`ni iqtisodiyot huquqi, oila iqtisodiyoti, jinoyat iqtisodiyoti va boshqalar shakllandi. Iqtisodiy imperializmning yorqin namoyandalari va asoschilaridan biri amerikalik iqtisodchi Geri Bekkerdir (1930- yilda tug`ilgan). O`z asarlarida. G. Bekker inson istalgan harakatini nazorat etuvchi noma`lum bozorlar mavjudligi haqida so`z yuritgan. Istalgan faoliyat turidan olingan daromad va zararlar tahlili, mazkur bozorlarning muvozanat garovidir. Masalan, Bekker ta`lim bozorini ko`rib chiqdi («Inson kapitali: nazariy va empirik tahlil» (1964)). Ushbu asarda ta`lim olish uchun sarflangan vaqt va moliyaviy xarajatlar uning tomonidan uzoq muddatli investitsiya sifatida qabul qilinib, bunday investitsiya haqida qaror qabul qilinishi, mazkur ta`limdan olingan daromadlar hajmidan kelib chiqilishini aytib o`tgan. Shunday qilib, insonnning mo„ayyan jinoyatni amalga oshirish yoki oshirmaslik tanlovi ham interpretatsiya etilgan («Jinoyat va jazo: iqtisodiy yondashuv» (1968)), ya`ni amalga oshirilgan jinoyatdan olingan daromad va uning ochilgan taqdirida, yuzaga keladigan xarajatlar mutanosibligi e`tiborga olinadi (Shu jumladan mazkur jinoyat ochilish ehtimoli ham). Bekker tomonidan taklif etilgan yondashuv, o`z rivojlanishida 220 iqtisodiyot fikri keng ya`ni jamoatchilik tanlovi nazariyasi doirasida Yangi yo`nalishi doirasida ega bo`ldi. Mazkur nazariyaning yirik namoyandalari sirasiga Dj. B`yukenen (1919 yilda tug`ilgan, 1986 yilda Nobel` mukofoti sovrindori), G. Tallop, T. Ertssonlar kiradi. Mazkur iqtisodchilar ratsional harakatlar maksimizatsiya modelini turli siyosiy tuzilmalarda qaror qabul qilinish jarayonida qo`llashadi. Albatta, bunda harakatning murakkabroq motivatsion modeli ham mavjud. Xususan, siyosiy institutning asosiy maqsadi, hukmronlikni saqlab qolishdir. Ammo, tadqiqotning umumiy printsipi saqlanib qolinib, u ko`zda tutilgan maqsadlar erishilgan taqdirda u yoki bu tuzilmalar ishlari samaradorligi tahliliga asoslanadi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling