Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati
- XХVII-BOB. NEOAVSTRIYA MAKTABI 27.1. Metodologik nuqtai nazar
Nazorat uchun savollar:
1. Taklif iqtisodiy nazariyasi maktabi nomining mazmunini tushuntiring. 2. Taklif nazariyasiga muvofiq ishsizlik darajasiga davlat siyosatining salbiy ta`siri nimada? 3. Taklif nazariyasiga muvofiq ishbilarmonlik faolligi darajasiga davlat siyosatini salbiy ta`siri nimada? 4. Laffer samarasi nima? Uning grafik interpretatsiyasini bering. 5. Taklif iqtisodiy nazariyasi namoyandalari iqtisodiy dasturlarining monetaristlar tavsiyalaridan farqi nimada? 6. Ratsional kutish va monetarizm maktablari orasidagi printsipial farq nimada? 7. Nima sababdan ratsional kutish maktabini Yangi mumtozlar deb atashadi. 8. Filips egri chizig`i interpretatsiyasi va monetar interpretatsiya orasidagi, hamda ratsional kutish maktabi orasida farq nimada? 9. Adaptiv va ratsional kutish orasidagi farq nimada? 10. Iqtisodiy imperializm tushunchasini tushuntiring. 11. Bekker ta`lim bozorini qay tarzda interpretatsiya etadi? 12. Mazkur yondashuv bo`lajak rivojlanishini qanday Yangi nazariya asosida ega bo`ldi. Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 1. Беккер Г. Экономический анализ и человеческое поведение // ТЕЗИС, теория и история экономических и социальних институтов и систем. Т. 1 Вип. 1. 1993. С. 24-40. 2. Беккер Г. Человеческое поведение: экономический подход. Избранные труды по экономической теории. М.: ГУ-ВШЭ, 2003. 3. «Экономика предложения»; теория и практика. М., 1986. 221 XХVII-BOB. NEOAVSTRIYA MAKTABI 27.1. Metodologik nuqtai nazar Neoavstriya maktabi nazariyalarini talqin etishdan oldin, iqtisodiyot fanidagi Avstriya an`analari qisqacha tavsifini berib, Avstriya va neoavstriya maktablarining metodologik farqlarini aniqlab olamiz. Marjinalistik inqilob natijasida paydo bo`lgan Avstriya maktabida, dastlabki davrlarda mazkur yo`nalish boshqa namoyandalari orasida metodologik yondashuvining o`ziga xosligi bilan farq qilar edi. Xususan: birinchidan, u iqtisodiyot fanida matematik uslublar qo`llanilishiga keskin salbiy munosabat bildirib, umuman tabiiy fanlar modeli bo`yicha mazkur turdagi bilimlar qurilishiga qarshi edi, ikkinchidan, mazkur maktab namoyandalari nazariyalari, o`zining ketma - ket sub`ektivizm bilan farq qilar edi. Induktiv uslubni qo`llagan holda Avstriyalik iqtisodchilar ketma -ket ravishda o`z nazariyalarini foydalalik sub`ektiv baholanishida chiqarib olishdi. Uchinchidan avstriya maktabi, mumtoz uslubiyatning sabab - natijaviy tahlilni saqlab qoldi. Neoavstriya maktabi, bir namayondalari tomondan o`z tarafdorlari an`analarini davom ettirdi. Shu bilan birgalikda, u matematik uslublarni e`tiborga olmasdan, iqtisodiyot fani stsintizmiga qarshi chiqgan, ya`ni nazariyani tabiiy fanlar modeli bo`yicha predmet o`ziga xosligini inobatga olmasdan inson harakatlari bilan bog`liq nazariya qurilishiga qarshi edi. Neoavstriya maktabi, avstriya maktabi kabi sub`ektivizmi bilan farq qilib, makroiqtisodiy yondashuv, hamda istalgan agregatsiyalangan ko`rsatkichlarga ishonmasdi. asosiy e`tibor alohida individlar harakatlari, real hayotning sub`ektiv qabul qilinishi masalalariga qaratilgan. Boshqa tomondan neoavstriya maktabi, o`zining oldingi namoyandalari metodologiyasini qayta ko`rib, qator iqtisodiy holatlar bo`yicha ilmiy Yangiliklar kiritgan. Xususan iqtisodiy holat taxlilida maktabi induktiv yondashuvidan chetlashdi. Yangi nazariya asoschisi Lyudvig fon Mizes iqtisodiy qonuniyatlarning universal va aprior tavsifidan kelib chiqgan. U inson harakati haqida, insonga xos bilimlar mantiqiy tahliligaasoslangan. Bundan tashqari sub`ektivizm uslubi ham qayta talqin etgan. Agar avstriya maktabi individlar faqat sub`ektiv baholanishini tadqiq etgan bo`lsa, neoavstriya maktabi, iqtisodiyotning individ va real haqiqat tomonidan sub`ektiv qabul qilinishiga asoslangan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling