Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Yangi mumtoz iqtisodiy nazariyasi tarafdorlari
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslubiy ahamiyati
26.3. Yangi mumtoz iqtisodiy nazariyasi tarafdorlari 1970-yillarda paydo bo`lgan yangi mumtoz nazariya, “ratsional kutishlar maktabi” nomini olgan, zero uning nazariyasi asosida ratsional kutishlar haqidagi postulat yotib, bu holat iqtisodiy agentlar harakatlarini belgilash imkoniyatini beradi. Mazkur postulat 1960-yillarda amerikalik iqtisodchi Djon Frezer Mutt (1930-yilda tug`ilgan) tomonidan kiritilgan. F.Nayt nazariyasi sababli, “Stokgol`m maktabi” ta`siri keynschilik va neokeynschilikni rivojlanishi sababli, kutilayotgan kattaliklar ko`pincha XX asr iqtisodiy nazariyasida qo`llanila boshlanib, noaniqlik masalasini dolzarblashtirdi. Zero mazkur masala iqtisodiy agentlar o`z harakatlarida kutilayotgan ko`rsatkichlarga asoslanishlari, bu esa real haqiqat bilan mos tushmasligi haqidagi fikrdan kelib chiqgan. Dj.Mutt, bozor ishtirokchilari birinchidan, barcha axborotni prognozlar uchun qo`llamasliklari, ikkinchidan esa, o`z xatoliklari asosida bilimlarini oshirishlari, va Shu orqali, bo`lajak iqtisodiy holatni oldindan bilishga harakat etishlari haqidagi taxminni ilgari surgan. Shu sababli Dj. Mutt, iqtisodiy agentlar ratsional kutishlaridan kelib chiqishni taklif etgan. Mazkur tezis Yangi mumtozlar metodologiyasi asosida yotadi. Uslubiy ahamiyati. Ratsional kutishlar maktabi qator metodologik o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`lib, ular yuqorida tilga olingan marjinalizm nazariyalaridan keskin farq qiladi. Birinchidan u mablag`larning to`liq neytralligidan kelib chiqib monetaristlardan farqli o`laroq, mablag` omiliga katta e`tibor qaratmaydi. Shu sababli, mazkur maktab, “Yangi mumtoz nazariya” nomini olgan. Mumtozlar kabi, ratsional kutish nazariyasini namoyandalari fikricha, mablag` omili bor - yo`g`i 218 parda bo`lib, u iqtisodiy tizim elementlariga ta`sir o`tkazmaydi. Bu borada ular keynschilik nazariyasidan farq qilmaydi, zero keynschilar ham mablag` ko`rsatkichlari o`zgarishi ishlab chiqarish hajmlari va iqtisodiyotdagi muvozanat nuqtasi ko`chishiga sabab bo`ladi deb hisoblashgan. Bunda ular mablag` ko`rsatkichlari ishlab chiqarish ko`lamlaridagi hamda iqtisodiyotdagi muvozanat nuqtasi o`zgarishiga olib keladi deb hisoblovchi keynschilardan ham nominal ko`rsatkichlar, garchi vaqtinchalik bo`lsa ham iqtisodiy holat va iqtisodiy agentlar harakatiga ta`sir etadi deb hisoblovchi monetaristlardan ham farq qilishadi. Yangi mumtozlar, mumtoz iqtisodiy nazariya g`oyalariga qaytib, bozor ishtirokchilari yuz berayotgan hodisalarni Shu darajada yaxshi baholashadiki, nominal ko`rsatkichlar o`zgarishiga ham e`tibor bermasdan, narxlar Yangi hajmlariga darhol moslasha oladilar deb hisoblashadi. Ikkinchidan, mazkur maktab namoyandalari monetaristlar kabi iqtisodiyotga davlat aralashuvi keynschilik choralariga qarshi chiqishadi. Ammo Shu bilan birgalikda, monetaristlar tomonidan taklif etilgan choralarni ya`ni mablag` massasini nazorat etish chorasini ortiqcha deb hisoblashadi. Ularning nuqtai - nazaridan mablag` absolyut betarafligi sababli, mablag`larni nazorat etish, mutlaqo mazmunsizdir. U iqtisodiyotga ta`sir o`tkazmaydi. Albatta qisqa muddatli natija kuzatilishi mumkin bo`lsada, ular rivojlanishning tabiiy oqimiga ta`sir etmaydi va bor - yo`g`i chalkashliklarni keltirib chiqaradi xolos. Shunday qilib, mazkur maktab sof liberalizm pozitsiyalarida turadi, ya`ni davlatning to`lashi iqtisodiyotga aralashmasligi, va Shu bilan birgalikda iqtisodiy siyosatga mumtoz nazarlarini qayta kiritadi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling