Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy faollikga ta`sir.
Iqtisodiy ahamiyati. Birinchi navbatda, biz tomondan ko`rib chiqilayotgan
maktab iqtisodchilari, iqtisodiy muhit o`zgarishiga davlat aralashuvi ta`siri muammosini tadqiq etishadi. Bandlik darajasiga ta`sir. Taklif iqtisodiy nazariyasi namoyandalari, ko`ngilli ishsizlik, friktsion ishsizlik va «Ishsizlikni tabiiy normasi» mavjudligini tan olishadi. Ularning fikricha aynan ko`ngilli ishsizlik, asosiy muammo bo`lib, uni hal etilish lozim. Buning uchun ishsizlik darajasi davlvt ijtimoiy xarajatlariga to`g`ridan-to`g`ri bo`lishi kerak. 1970-yillar o`rtalarida M. Fel`tstayn, ishsizlik bo`yicha nafaqalar oshirilishi salohiyatli ishchilarda ko`ngilli ishsizlikka moyillikni oshiradi deb aytadi. Keyinchalik Pol Evans 1931-1977 yillar davomida qo`shma shtatlar bo`yicha empirik materiallarni qo`llagan holda, istalgan transfertlar, ya`ni hukumat tomonidan amalga oshirilgan beg`araz to`lovlar, hamda davlat xaridlari bandlik darajasiga salbiy ta`sir o`tkazishni isbotlab beradi. Bundan tashqari bandlik darajasiga nisbatan salbiy ta`sirga soliq hajmi oshishi ham egadir. U, ishchilar real daromadlari hajmlarini pasaytiradi, bu esa muvofiq ravishda ularning mehnatga nisbatan moyilligini tushiradi. Muhim omil sifatida, davlat 215 xarajatlari tuzilishi ham ko`rib chiqilgan. Agar mazkur xarajatlar, ishchilar yuqori foydalilik darajasiga ega bo`lsa, ular soliq oshishiga kamroq darajada e`tibor beradi. Agarda, davlat xarajatlari aholini qondirmasa, soliq darajasi bo`yicha mehnatning elastik takliflari oshib boradi. Iqtisodiy faollikga ta`sir. M. Fel`tstayn o`z asarlarida soliqni o`sishi, ayniqsa kapitaldan olingan daromad tortiladigan soliqqa o`sishi, itqtisodiyotda zahira mablag`lari o`sishiga olib kelib, bu holat insvestitsiyalar darajasiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Bunda ishlab chiqarish kengayishi uchun imkoniyatlarni qisqartiradi, hamda Yangi texnologiyalar tadbiq etilishini sekinlashtiradi. A. Laffer fikricha yuqori darajadagi soliqlar, ishbilarmonlik faolligini pasaytiradi, zero zahira mablag`lari ulushi miqdori tushadi. Ular, korxonalar daromadlilik darajasini pasaytirib, kapitalga foiz miqdorini tushiradi, va zahira mablag`larini foydjasiz qilib qo`yadi. Bunday sharoitlarda, tadbirkorlar bozordan chiqib ketishadi, yoki o`z kapitallarini chet elga chiqarishga majbur bo`lishadi. Eng achinarlisi soliqlardan qochish holatlari ham kuzatiladi. Bundan tashqari soliqlar aholi daromad darajasini tushirib, oqibatda zahira mablag`lari holatiga salbiy ta`sir etadi, hamda ishlash istagini emiradi. Natijada yuqori darajadagi soliqlar almashinuv ikki tomonlama samarani keltirib chiqaradi. YA`ni odamlarda ishlash istagi yo`qoladi, iste`mol darajasi esa investitsiyalarga nisbatan ko`proq bo`ladi. Taklif iqtisodiy nazariyasi namoyandalarining fikricha yana ham salbiy ta`sir, davlatning to`g`ridan - to`g`ri iqtisodiy faoliyati tomonidan amalga oshiriladi. Bu holat bozor signallarini emirib, xususiy iqtisodiy agentlar prognozlariga noaniqlik kiritadi, va muvozanat mexanizmini buzadi. Bundan tashqari, taklif nazariyasi iqtisodchilari siqib chiqarish samarasi mavjudligi haqida ham gapirishgan (Kroudig Aut samara). Bozorda davlatning paydo bo`lishi, resurslarning xususiy sektordan davlat sektoriga o`tib ketishiga olib keladi, zero bu holat ham tavakkaldir. Bunda, davlat sektori samaradorligi iqtisodiy nazariyasi tarafdorlari tomonidan Shubha ostiga olingan. Mablag`larning yirik qismi iqtisodiy emas, ijtimoiy dasturlar amalga oshirilishiga yo`naltiriladi. Shu bilan birgalikda, davlat qaror qabul qilish o`ziga xos mexanizmlariga ega bo`lib, iqtisodiy harakat rayonalligi modeliga mos tushmaydi. Davlat strategiyasini siyosatchilar belgilab, ularni siyosiy kon`yunkturaga bog`liqligi sababli, iqtisodiy emas, siyosiy maqsadlarni amalga oshirishga harakat qilishadi. bu borada qabul qilinayotgan qarorlar mantiqsiz va qisqa muddatli bo`ladi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling