Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25.2.2-rasm 25.3. Monetar iqtisodiy siyosat
25.2.1-rasm
M. Fridmen ishsizlikning tabiiy normasi mavjudligi taxminlaridan kelib chiqib, bu holat har safar hukumat qanday choralarni ko`rib chiqishidan qat`iy - nazar tiklanishini aytib o`tgan. M. Fridmenning fikrlarini mantig`i quyidagicha. Masalan iqtisodiyot A nuqtasida joylashgan bo`lsin (19-rasm) va narxlar va ishsizlikning U teng bo`lgan mo``tadil darajasi bilan tavsiflansin. Davlat bandlik darajasini oshirish maqsadida talabni rag`batlantiradi. Bu narxlarni o`sishi va daromadlar oshishiga olib keladi: ishlab chiqarish o`sadi, ishchi kuchiga nisbatan talab oshadi, bu esa nominal ish haqi va bandlik darajasi o`sishiga olib keladi va iqtisodiyot B nuqtasiga ko`chib o`tadi. Ammo, ishchilar nominal ish haqi o`sishi real ish haqi o`sishini bildirmasligini tez tushunishadi, bu holat esa inflyatsiya sharoitlarida o`zgarmas qoladi. Natijada, ishchilar mehnat taklifini qisqartirishadi va bandlik darajasi oldingi ko`rsatkichga qaytadi. Ammo bunda narxlar darajasi o`zgarishsiz qoladi. Iqtisodiyot C nuqtasiga ko`chadi. Shunday qilib, davlatning barcha ishsizlik 212 darajasini tushirishga qaratilgan harakatlari inflyatsiyani rag`batlantirilishiga olib kelib, uzoq muddat davomida mehnat bozoridagi holatni o`zgartirmaydi. Agarda A va S nuqtalarini birlashtiradigan bo`lsak, vertikal to`g`ri chiziq yuzaga kelib, bu chiziq ishsizlik tabiiy darajasiga muvofiq bo`ladi, va monetaristlar tomonidan uzoq muddatli Fillips egri chizig`i sifatida interpretatsiya etiladi. Zamonaviy iqtisodiy nazariyada, u «Fridmen - Fillips vertikal egri chizig`i» yoki «Fillips vertikal egri chizig`i» nomini olgan. P F F` P C B A U U` U 25.2.2-rasm 25.3. Monetar iqtisodiy siyosat Monetaristlar o`z nazariyalarida isbotlashga harakat qilayotgan asosiy amaliy tezis Shundaki, keynscha qarashlari asosida amalga oshirilayotgan kredit - pul va byudjet siyosati, iqtisodiyotdagi muhim tuzilmaviy o`zgarishlarga olib kela olmaydi. Bunday siyosatning yagona mo``tadil oqibati inflyatsiya bo`lib, u davlat xarajatlarini oshishiga olib kelishligi sababli, byudjet defitsitini keltirib chiqaradi. Keynschilik choralari yuqori soliqlar evaziga amalga oshirilishidan tashqari, bu holat xususiy firmalar daromadlilik darajasiga salbiy ta`sir ko`rsatishi bilan birgalikda, tadbirkorlik faolligini tushishiga ham sabab bo`ladi. Keynschilarning antisiklik siyosati ham tanqid ostiga olingan. Mazkur tanqid tezislaridan biri, iqtisodiy agentlar davlat harakatlarini oldindan seza olishlari, demak mazkur harakatlarga qarshi chora ko`rishlari mumkinligi haqidagi tezisdir. Bundan tashqari, monetaristlarni e`tiroficha inqiroz holati yuzaga kelishi va unga davlat e`tibori va inqirozni engib o`tish bo`yicha choralar amalga oshirilishi orasida vaqt ham mavjud. Shu munosabat bilan, engib o`tish choralarini amalga oshirish boshlanguniga qadar, masalan iqtisodiy pasayish iqtisodiy ko`tarilish bosqichiga bemalol etib oladi. Bunda choralar, boshlangan o`sishni tezlashtirib, siklik to`lqinlanish amplitudasini oshirishadi. Shu sababli monetaristlar davlat iqtisodiyotdagi rolini cheklash g`oyasini ilgari surib, bunda davlat zimmasiga bor - yo`g`i bir vazifani, ya`ni zarur mablag` 213 massasi hajmini ta`minlab berish vazifasini saqlab qolishni taklif qilishadi. M. Fridmen nominal daromad nazariyasiga tayangan holda, monetaristlar har yili mablag` massasi o`sishini 3-5 % darajada ta`minlash lozim deb hisoblashadi. Bu holat esa, YAMMni barqaror o`sishiga muvofiqdir. Bunda, mablag` massasi hajmi, doimiy o`sish darajasiga ega bo`lishi kerak. Monetaristlar iqtisodiyotdagi siklik tabiiy to`lqinlanishlarini tan olishlari bilan birgalikda, sikl ostiga moslashish siyosatini noto`g`ri deb hisoblashadi. M. Fridmen tomonidan, mablag` massasi o`zgarishi, va mazkur o`zgarishlarga nisbatan iqtisodiy kon`yunktura reaktsiyasi ostida vaqt mavjudligi isbotlovchi empirik ma`lumotlar kiritilgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling