Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Nazorat uchun savollar
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XХV-BOB. ZAMONAVIY MARJINALIZMNI RIVOJLANISHI 25.1. Monetarizm iqtisodiy nazariyalari
207 Nazorat uchun savollar: 1. 1970-1980-yillar g`arbiy iqtisodiyoti qanday xususiyatlar bilan tavsiflanadi? 2. Keynschilik siyosati inqirozi sabablari va neoliberal g`oyalarning birinchi darajaga chiqish sabablarini sanab o`ting. 3. 1970-yillarda kuzatilgan iqtisodiyot fani inqirozi sabablari nima? 4. 1970-1980-yillarda marjinalizm doirasida rivojlangan asosiy maktablarni sanab o`ting. 5. Qaysi maktablar iqtisodiyot tahlili al`ternativ usullarini yaratishga harakat qilishgan? 6. 1970-1980-yillardagi iqtisodiy va tuzilmaviy o`zgarishlar institutsionalizm muammolariga qanday ta`sir o`tkazdi. Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati: 1. Брегель Э.Я. Критика буржуазних учений об экономической системе современного капитализма. М.: Мысль, 1972. 2. Современная экономическая мысль / Под ред. С. Вайнтрауба. М.: Прогресс, 1981. 208 XХV-BOB. ZAMONAVIY MARJINALIZMNI RIVOJLANISHI 25.1. Monetarizm iqtisodiy nazariyalari Mazkur oqimning bosh namoyandasi amerikalik iqtisodchi Milton Fridmen (1912 yilda tug`ilgan) bo`lib, u Chikago universitetida (1948 yildan) iqtisodiyot professori lavozimida ishlab, 1976 yilda Nobel` mukofotiga sazovor bo`lgan. Uslub. M.Fridmen, tadqiqot metodologiya masalalariga asosiy e`tiborini qaratgan zamonaviy iqtisodchilardan biridir. U, fanda bosqichma - bosqich empirizm g`oyalarini ilgari surib, pozitiv faktlar bilan tasdiqlangan fikrlar asosida ishlovchi pozitiv iqtisodiy nazariyani yaratilishi ustidan ish olib borgan. Bu holat uning tadqiqotlarida “isbot” uslubidan foydalanilganligidan dalolat beradi. M. Fridmenning ta`kidlashicha, nazariya faqatgina faktlar bilan tasdiqlangan holatda to`g`ri bo`lib, bunda faktlarning bashoratlari aniq bo`lishi lozim. Mazkur nazariya asoslari voqelik realistik ekanligi muhim emas. O`z qarashlarida Fridmen “qora quti” printsipini ilgari suradi. Agarda ikki iqtisodiy ko`rsatkich dinamikasida, birining boshqasiga nisbatan bog`liqligini ko`rsatsa, ushbu faktning konstatatsiyasining o`zi, keyingi ta`sir mexanizmini isbotlarsiz tasdiqlanadi. Mazkur mexanizm ya`ni “qora quti”, tushuntirilishi shart emas, yoki hatto, zamonaviy fan nuqtai - nazaridan safsata bo`lishi mumkin, ammo o`zaro ta`sir fakti empirik nuqtai - nazaridan ko`rsatilgan bo`lsa, bu mexanizmning mavjudligini isbotlash mumkin. Shunday qilib, nazariyaning inkor etilishi yuz beradi. Agarda, mo„ayyan kontseptsiya realistik asoslardan kelib chiqib, o`z tuzilishiga ko`ra mantiqiy bo`lsa, uning xulosalari amaliyotga mos tushmasa, u erda ushbu faktik holat yolg`on deb tan olinishi mumkin. Bunday holatda kontseptsiya postulatlarining inkor etilishi shart emas. Aynan ana Shunday asosiy qoidalar M. Fridmen va monetaristlar tomonidan keynschilik nazariyasi doirasida tadqiq etilgan. 1970-yillar inqirozi, stagflyatsiya, inflyatsiya va yuqoridarajadagi ishsizlikni o`ziga olib, e`tirof etilayotgan bilan keskin qarama - qarshilikka kirishdi, oqibatida monetaristlar tomonidan keynschilik oqimining noto`g`riligini ta`kidlash imkoniyatiga ega bo`lishdi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling