Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
23.2.1-rasm
Unda, shaxslarning o`z motivlar tizimiga ega bo`lgan to`rt guruhi kuzatiladi. Eng tashqi aylana, aktsionerlarni bildiradi. «Ularning korporatsiya bilan aloqasi deyarli doimiy ravishda faqatgina mablag` tavsifiga ega». Boshqacha qilib aytganda, tashqi aylanada daromad motivi dominant bo`lsada, ammo «ichki aylanalar orqali markazga yaqinlashish davomida o`xshatish va moslashish doimiy ravishda kuchayib boradi». Ishchilarda esa, aksincha, daromad motivi ustunlik qiladi (ish haqi), ammo Shu bilan birgalikda o`xshatish ham mavjud. O`rta texnik personalda esa aksincha, o`xshatish motivi mavjud bo`lsada, daromad ham birgalikda ko`zga tashlanadi. Texnotuzilmalarda o`xshatish ustunlik qiladi. O`zining rag`batlantirish motivlari umumiy nazariyasini Gelbreyt jamoatchilik rivojlanishiga nisbatan ham, ilgari suradi. «iqtisodiyotdagi hukmronlik, qadim zamonlarda er egaligiga asoslangan edi, keyinchalik u kapital qo`liga o`tdi va nihoyat bizning davrimizda hukmronlik manbai sifatida bilim, va tajriba aralashmasi xizmat qilib, bu texnotuzilma shaklida ko`zga tashlana boshlandi. Mazkur jarayon bilan paralel ravishda inson faoliyatini nazorat etuvchi motivlar almashinuvi ham yuz berdi. Majburlash, qadim zamonlardan beri er egaligi bilan bog`liq. Shunga o`xshash mablag` motivi kapital bilan bog`liq. Maqsadlarning o`xshatilishi va moslashtirilishi ham texnotuzilma bilan bog`liq». Kelajakdagi industrial jamiyatda hukmronlik uning qo`liga o`tishi sababli, texnotuzilmaning nafaqat korporatsiya bilan, balki jamiyat bilan ham o`xshatilishi 197 yuzaga keladi, boz ustiga texnotuzilma va jamiyat maqsadlari bir - biriga o`xshash. «Texnotuzilma asosan, tovarlar ishlab chiqarilishi va mazkur tovarlarga nisbatan talab boshqarilishi va rivojlanishi masalalari bilan bog`liq. Demak, mazkur faoliyat jamiyatning birlamchi vazifasi sifatida ko`rib chiqilishi muhimdir» deb ta`kidlaydi. Keyingi davrlarda Gelbreyt quyidagi masalani ham ilgari surgan: korporatsiya hukmronligi tepasiga texnotuzilma kelgan taqdirda korporatsiya bozor iqtisodiyotida qanday Yangi harakatlarni amalga oshira boshlaydi? «Korporatsiya tadbirkorlik maqsadlari tadbirkor mablag` daromad manfaatlari bilan aniqlashtirilgan», ya`ni daromad maksimizatsiyasi maqsadi ilgari suriladi. Shu bilan birgalikda daromad maksimizatsiyasiga nisbatan harakat, tavakkalchilik oshishi bilan ham bog`liqdir. Texnotuzilma o`z ishi bilan o`xshatishga asoslanganligi sababli, uning maqsadi korporatsiya faoliyati, bozordagi mo``tadil holati va ishlab chiqarishni o`sishi bo`ladi. Shu sababli, daromadning kafolatlangan darajasi va maksimal o`sishi mablag` ta`minoti masalasi bilan mos bo`lib, uning mosligi kapital investitsiyalari uchun zarur, demak texnotuzilma birlamchi maqsadlari ham Shudir». Rivojlanishning mazkur masalalariga erishish uchun, korporatsiya Gelbreyt fikricha rejalashtirish bilan Shug`ullanadi. «firma rejalashtirish deb hisoblagan narsa, ko`pchilik jihatdan bozor ta`sirini minimum darajasiga tushirish yoki undan voz kechishga qaratilgan». Korporatsiya hayotiy faoliyati uchta bozorda kechadi: tovar bozori, mazkur bozor xom ashyo, uskunalar bozoriga bo`linadi, kapital bozori va mehnat bozori. Mazkur bozorlarning barchasida rivojlangan korporatsiya o`zini tavakkal va noaniqlikdan himoya qilishi shart. Tovar bozorida «Firma sotayotgan mahsuloti ustidan, hamda sotib olayotgan mahsulotlari ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Buning uchun u birinchi o`ringa bozorni rejalashtirilishini amalga oshirishi zarur». Bunda Gelbreyt korporatsiyaning rejalashtirilishi bozor monopolizatsiyasi bilan barobarligi haqidagi ayblovni inkor etadi. «Bozorlar ustidan bunday nazorat, korxonaning yirik hajmlari bilan bog`liq, aniqrog`i mazkur bozor yirik hajmlari ustidan». «Iqtisodchilar bozorchi tushunchasini rejalashtirish bilan emas, monopoliya bilan bog`lashadi. Bozor kontsentratsiyasi yoki monopoliya umumqabul qilingan nuqtai - nazardan bozor mexanizmi vositasida resurslar qo`llanilishi samaradorliligiga salbiy ta`sir etuvchi omil sifatida qabul qilinib, ko`pchilik jihatdan noqonuniy hodisa sifatida qabul qilinadi». «Bunday fikrlar, ko`pchilik insonlarni sarosimaga tushirib qo`yadi. Korxona hajmlari texnik progressning sodda yo`ldoshi bo`lib, u hech qachon daromad ob`ekti bilan aloqador emas». Kapatal bozorida qo`shimcha mablag`larni olish an`anaviy ravishda aktsiyalar chiqarish vositasida amalga oshiradi. Bunda istalgan bozordagi kabi 198 tavakkalchilik va noaniqlik mavjud, Shu sababli «Yirik hajmlarda kapitaldan foydalanuvchilar kapital bozoridan bo`lgan bog`liqliklarni pasaytirishga harakat qilishadi». Bundan tashqari qo`shimcha aktsiyalarning mulkdorchilik belgilari sifatida chiqarilishi, mulkdorlar, ya`ni aktsionerlarning ish faoliyatiga aralashuvi xavfini oshiradi. «O`z mustaqilligini mustahkam ravishda ta`minlash uchun, texnotuzilma Yangi kapital manbaiga ega bo`lib, mazkur manbadan, o`z qarorlari ustidan mo„ayyan hukmronlik bilan kelishgan holda mablag`larini kompensatsiya etish majburiyatisiz ega bo`lishi kerak». Gelbreytning fikricha, mazkur manba sifatida, texnotuzilma tomonidan dividiendlar bo`yicha ozod etilgan daromad qismining yashirilishi va bu mablag`larning korporatsiyaning o`z - o`zini moliyalashtirishi uchun qo`llanishga yo`naltirilishidir. Rivojlangan korporatsiya mehnat bozorida ilgarigidek, tadbirkorlik korporatsiyasi bilan to`qnashishga to`g`ri keladi, bunda korporatsiyalar Yangi raqib, kasaba uyushmalari bilan to`qnashib, kasaba uyushmalari alohida ishchiga ega bo`lmagan tadbirkor tomonidan xarajatlarni oshirish (masalan ish haqi), hamda ish tashlash natijasida daromadini pasaytirishga ega. Ammo Gelbreyt fikricha, bir tomondan texnotuzilma psixorlogik jihatdan mulkdorlarga ko`ra kamroq bosim ostida kasaba uyushmalari bilan kelisha oladi. Boshqa tomondan esa texnik taraqqiyotni rivojlanishi va ishchilar malakasi oshgani sayin, ular o`rta texnik personal darajasiga ko`tarilib, ularga nisbatan korporatsiya bilan o`xshatish motivi oshadi, demak daromad olish motivi pasayib boradi. Ular kasaba uyushmalaridan uzoqlashib, ish tashlashga kamroq darajada moyil bo`lishadi. Nihoyat, tashqi muhit bilan rivojlangan korporatsiyaga qarama - qarshi soha ham mavjud. Mazkur jamiyat bilan qarama - qarshiliklar nazdida, shaxs nomidan davlat chiqadi. Bir tomondan jamiyat korporatsiyaga nisbatan, atrof muhit ifloslanishi, reklamaning taxtalari ko`rinishni buzishi borasidagi qarshiliklarga ega bo`lsa, boshqa tomondan korporatsiyalar ham soliq to`lash, o`z ishlab chiqarish jarayonini qimmatlashtirish, tozalash infshootlarini qurishni yoqtirmaydi, ammo mazkur qarama - qarshiliklar, Gelbreyt fikricha echilishi mumkin bo`lgan, boz ustiga davlat texnotuzilmaga mulkdorlarga nisbatan yaqinroq bo`ladi: hukumat ham, texnotuzilma ham rejalashtirish rivojlanishi tarafdorlari bo`lishib, hukumat xizmatchilari, va texnotuzilma xodimlari orasida o`xshash ma`lumot va dunyoqarash mavjud bo`lib, umuman olganda jamiyat va rivojlangan korporatsiya manfaatlari orasida qarama - qarshilikka nisbatan o`xshashliklar ko`proqdir. Umuman olganda 1960-yillar so`ngida, Gelbreyt kapitalizmdan Yangi industrial jamiyatga o`tish borasida optimistik fikrlarni bildirgan. Ammo tezda jahon iqtisodiyotidagi holat salbiy tomonga o`zgarib, Shu bilan birgalikda Gelbreyt va boshqa institutsionalistlar qarashlari ham o`zgardi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling