Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Sifat transformatsiyalari nazariyasi


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   169
Sifat transformatsiyalari nazariyasi 
Umuman olganda 1940-1960-yillardagi institutsionalistik nazariyalarni 
zamonaviy iqtisodiy tizimda yuz berayotgan transformatsiyalarga nisbatan 
umumiy ijobiy munosabat farqlar edi. Optimizmning asosiy manbai 1950-1960-
yillardagi iqtisodiy ko`tarilish va ijtimoiy muammolarni engish vositasi sifatidagi 
ilmiy - texnik jarayoni farqlaydi.
Kapitalizm iqtisodiy tizimida sifat o`zgarishlari masalasiga katta e`tibor 
qaratgan mualliflardan biri, amerikalik institutsionalist Gardiner K. Minz (1896 – 
1988) bo`ldi. U 1931- yilda nashr etilgan «Amerika sanoatida mulkdorlik va 
nazorat bo`linishi» maqolasida, iqtisodiy nazariya va u bilan birgalikda 
neomumtoz yo`nalish ham Adam Smit tomonidan ajratilgan iqtisodiy modelga 
tayanishini ko`rsatgan. Mazkur model, XVIII asr Angliya iqtisodiy tizimi aksidir. 
Minz fikriga ko`ra o`sha davrlardan beri, iqtisodiyot ko`plab o`zgarishlarga yuz 
tutib, birinchi navbatda bu o`zgarishlar institutsional xususiyatga ega ekanligini 
aytib o`tgan.
«Amerikada korporativ inqilob» (1962) asarida G. Minz o`z fikrini 
rivojlantirib, butun tarix davomida bir - birini o`rniga kelgan to`rt turdagi iqtisodiy 
tizimni ajratadi. Birinchi tur natural xo`jalik bo`lib, unda barcha tovarlar shaxsiy 
iste`mol uchun ishlab chiqariladi. Ikkinchi tur atamistik iqtisodiyot bo`lib, u Adam 
Smit iqtisodiy nazariyasi uchun model` sifatida qo`llanilgan. Mazkur tizimning 


191 
tavsifli tomoni Shundaki, tovarlar bozor uchun ishlab chiqarilib, iste`molchi ishlab 
chiqarish vositalari va ishlab chiqaruvchi harakatlari ustidan nazoratni yo`qotadi. 
Iqtisodiyotning uchinchi turi, xususiy kapitalizm bo`lib, bu holat XIX asr Evropasi 
uchun xos edi. Bu davrning tavsifli tomoni Shundaki, ishlab chiqarish ustidan 
nazoratni nafaqat iste`molchi, balki ishchi ham yo`qotadi. Iqtisodiy tizimning 
mazkur turi, Karl Marks nazariyasi uchun model sifatida qo`llanilib, bunga G. 
Minz o`zi uchun zamonaviy mumtoz nazariyaning iqtisodiy taqqoslash 
metodologiyasi sifatida katta e`tibor ajratgan. 
Iqtisodiy tizimning to`rtinchi turi XX asrda shakllanib, ayniqsa AQSHda 
keng rivojlangan “kollektiv” kapitalizm bo`lib, uning asosida korporativ 
tadbirkorlik yotadi. Aynan korporativ tadbirkorlik uchun esa, nafaqat iste`molchi 
yoki ishchi tomonidan ishlab chiqarish ustidan nazorat yo`qotilishi, balki bunday 
nazorat mulkdor tomonidan ham yo`qotilishi bilan farqlanadi. Buning asosiy 
sababi, mulkchilik aktsionerlik shakli keng tarqalishi bo`lib, bu holatni boshqa 
amerikalik institutsionalist, Adol`f O. Berel` (1895-1971) passiv mulkdorlik deb 
atagan. Gap Shundaki aktsiya egalari, korxona boshqaruvida umuman ishtirok 
etmay, mazkur vazifalarni menedjerlarga berib qo`yishadi. Menedjerlar esa, o`z 
navbatida, aktsiyalarning katta qismiga ega bo`lmaganliklari sababli, mulkdorlar 
toifasiga kirmaydi. Iqtisodiyotning mazkur to`rtinchi turi, marjinalistlar ham, 
marksistlar tomonidan ham qo`llanilgan modellarga mutlaqo muvofiq emas. U 
jihatning ham, bu jihatning ham etarli emasligi sababli, har ikkala tomon yuz 
bergan transformatsiyani sezishmaydi, va demak tadqiqot predmeti o`zgarganligi 
haqidagi masalani ko`tarishmaydi. 
Amerikalik iqtisodchi va sotsiolog Uolt Rostou (1916-2003) iqtisodiy 
rivojlanishning o`z nazariyasini ilgari surib, buni XX asrning 60-yillarida amalga 
oshirdi. Insoniyat jamiyati evolyutsiyasi masalasini tadqiq etar ekan, u turli o`sish 
darajalari va texnika rivojlanishi darajasi bilan tavsiflanuvchi beshta bosqichni 
ajratib ularga baho bergan. 
U.Rostouning fikricha, insoniyat taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuch, 
insonga xos bo`lgan mo„ayyan psixologik odatlardir. O`zining «Iqtisodiy o`sish 
jarayoni» (1952) kitobida u o`sish yoki taraqqiyotga yordam beruvchi oltita 
omillarni sanab o`tgan: bularga iste`molchilik, farzand ko`rish, fanga nisbatan 
moyillik, iqtisodiyotda fanni qo`llashga moyillik, Yangiliklarga moyillik, hamda 
moddiy taraqqiyotga nisbatan moyillikdir. 
O`zining «Iqtisodiy o`sish bosqichlari. Nokommunistik manifest» (1960) 
asarida U. Rostou insoniyat rivojlanish jarayonida o`tadigan besh bosqichni 
ajratadi. Birinchi bosqich an`anaviy jamiyat bo`lib, unda qishloq xo`jaligi 
rivojlanadi. Texnika darajasi esa N`yuton davridan oldingi fanga asoslanadi. 
Ikkinchi bosqich, sakrashga tayyorgarlik yoki o`tuvchan jamiyat deb ataladi. U 


192 
banklar va qayta ishlash sanoati rivojlanishi bilan, hamda Yangi turdagi 
tadbirkorlikni namoyon etish bilan bog`liq bo`ladi. Uchinchi bosqich sakrash 
bosqichida 
bo`lib, 
mazkur 
bosqichda 
jamiyat 
iqtisodiyot 
va 
texnika 
rivojlanishining Shunday darajasiga o`tadiki, oqibatda doimiy taraqqiyotni 
ta`minlash imkoniyatini beradi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning bir qismi doimiy 
ravishda ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratiladi. U. Rostou, sarmoyalar 
doimiy oqimi paydo bo`lishi sharoitida bu holatninng milliy daromadni 
shakllanishida taxminan 5 % u tashkil etishini yozgan. Sanoatning Yangi turlari 
yuzaga kelib, o`sish darajalari tezlashadi, qishloq - xo`jaligi maxsuldorligi oshadi. 
To`rtinchi bosqich «industrial jamiyat» yoki «etuklik» bosqichidir. Sarmoyalar 
oqimi ikki to`rt marotaba o`sib, milliy daromadning 10-20 % tashkil etadi. 
Iqtisodiy o`sish dinamikasi aholi o`sishi dinamikasidan oshadi, ya`ni T. Mal`tus 
tomonidan qo`yilgan aholi keskin o`sishi muammosi echiladi, zero bu muammo 
XIX asr davomida barcha iqtisodchilarni qiziqtirgan. U. Rostouning fikricha, 
rivojlanishning mazkur bosqichini mamlakatlar XIX asrning ikkinchi yarmi – XX 
asrning birinchi yarmida etishgan: masalan Angliya taxminan 1850 yillarda, 
AQSH 1900 yillarda, Germaniya va Frantsiya 1910 - yillardan so`ng, Rossiya va 
Kanada esa 1950-yillarga kelib. 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling