Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
V. Bozor muvozanat narxi. Marshall ta`kidlashicha, bozor mo„ayyan tovar
bilan, mo„ayyan harakatlarni bajaruvchi insonlar guruhidir. Talab va taklifning bozordagi mutanosibligi, muvozanat narxini keltirib chiqaradi. Bunday muvozanat, doimiy, ya`ni narx mo„ayyan o`zgarishlar oqibatini tezda tuzatish xususiyatiga ega. 105 Shu bilan birgalikda, Marshall muvozanat narx atamasi faqatgina mo„ayyan davrga nisbatan qo`llanilishi mumkinligini ham aytib o`tgan. Narx shakllanishi jarayonida vaqt omili tadqiqoti uning iqtisodiyot nazariyasiga qo`shgan ulkan hissasi bo`ldi. Shuni ham aytib o`tish joizki, Marshall, o`sha davrdagi marjinalistlari kabi, iqtisodiyotni statika doirasida ko`rib chiqib, bu doirada vaqt omili e`tiborga olinmagan. Uning nisbatan talqin etilishi esa, bozor turli muvozanat holatlari qiyoslanishi asosidagi qiyosiy statika uslubi sifatida tilga olingan. Marshall bu kabi uch holatni farqlagan: juda qisqa muddat (juda qisqa «Bozor davri»), qisqa davr va uzoq muddat. Birinchi holatda sotuvchilar o`z takliflarini talab o`zgarishiga moslashtira olishmaydi, ya`ni boshqacha qilib aytganda, ishlab chiqarish omillari doimiy bo`ladi. Misol tariqasida Marshall tirik baliq bozorini ko`rib chiqib, unda tovar tez buziladi, Shu sababli tovar zahirasi mavjud bo`lmaydi, demakki sotuvchi ham kutilmaganda yuqori darajadagi talabga javob bera olmaydi. Shu sababli muvozanat narxini, talab hajmi belgilaydi. Qisqa davomida ishlab chiqarish omillarining bir qismi doimiy bo`lib qoladi, ammo boshqa qismi esa o`zgaruvchan bo`lib, Shu sababli takliflar mo„ayyan hajmlarda talabga ko`ra o`zgartirilishi mumkin. Masalan, ishlab chiqarish quvvatlari, eskiligicha qoladi, ammo ularning amalga oshirilishini o`zgartirib bo`lmaydi. Nihoyat uzoq muddatni ko`rib chiqadigan bo`lsak, bunday ishlab chiqarishning barcha omillari, o`zgaruvchan bo`ladi. Masalan ishlab chiqaruvchi, qo`shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini faoliyatida qo`llash mumkin, Shunday qilib, davr uzayishi sayin, muvozanat narxi, taklif narxi shakllanishi sayin o`sib boradi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling