Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
«Kvazirenta» yoki iste`molchi va sotuvchida ortiqcha tovar yig`ilishi
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
12.2. «Kvazirenta» yoki iste`molchi va sotuvchida ortiqcha tovar yig`ilishi Muvozanat narxini tahlil etishda, marshall «Kvazirenta» tushunchasini ham kiritgan. Bozordagi narx talab chizig`i taklif chizig`i bilan kesishgan joyda belgilanadi. Taklif nuqtai - nazaridan, bu narx maksimal darajadagi xarajat narxiga muvofiq bo`lib, bu narx iste`molchi tomonidan qabul qilinadi. Nima bo`lganida ham, har - bir ishlab chiqaruvchining xarajat hajmi turlicha bo`ladi. Muvozanat xarajatlaridan past darajadagi xarajatlarga ega bo`lgan tadbirkorlar kutilganidan ortiq daromad, yoki kvazirenta olishadi. Xuddi Shunga o`xshash holat, talab tomonidan ham kuzatiladi. Dyupyui bilan bir qatorda, Marshall iste`molchi ortiqcha tovari tushunchasini ham kiritgan. Shu bilan birgalikda, iste`molchi talabi bozor narxida aks etgan talab narxidan ko`ra tezroq o`sishi mumkin. Agarda shaxs bozordagi yagona xaridor bo`lganida edi, u bundan-da yuqoriroq belgilashga ham tayyor bo`lar edi. Bozor narxini to`lagan 106 holda esa, u o`z mablag`larini tejab qolib, mazkur tejalgan mablag`, uning «kvazirentasi» yoki ortiqcha daromadi bo`ladi. Daromadlar. Daromadlar nazariyasini ko`p jihatdan Dj. S. Klark ishlab chiqarib, u o`z nazariyasini ishlab chiqarish omillari maksimal ishlab - chiqarish nazariyasi bilan bog`lagan. Agarda korxona miqiyosida maksimal ishlab chiqarish darajasi (boshqacha qilib aytganda) ishlab chiqarish omillari miqdori mazkur omillarga bo`lgan narxlarga bog`liq bo`lsa, makroiqtisodiy darajada buning aksi ko`zga tashlanadi. Ya`ni qo`llanilgan ishlab chiqarish omillari miqdori uning narxini belgilaydi (ya`ni, uning ishlab chiqarilishidan olingan daromadni). Masalan, korxona darajasida ish haqi doimiy bo`lib, ish haqi summasi korxona doirasidan tashqarida, mehnat bozorida belgilanadi, ishchilar soni esa, o`zgaruvchan ko`rinish bo`lib, bu miqdor ish haqi hajmiga bog`liq bo`ladi. Mehnat bozorining o`zida esa, bandlar (yollangan) ishchilar miqdori mehnatga bo`lgan talab va taklif mutanosibligini aks ettirib, demakki uning narxini ham belgilab beradi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling