Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2. Ijtimoiy ishda ijtimoiy ish etikasi. 4.3. Ijtimoiy ishning axloq kodeksi. Ijtimoiy ishning asosiy qadriyat va tamoyillari.
56 4-MAVZU: IJTIMOIY ISHNING ODOB VA AXLOQ MUAMMOLARI. Reja: 4.1. Ijtimoiy ishning asosiy qadriyat va tamoyillari. 4.2. Ijtimoiy ishda ijtimoiy ish etikasi. 4.3. Ijtimoiy ishning axloq kodeksi. Ijtimoiy ishning asosiy qadriyat va tamoyillari.Ijtimoiy ishning asosiy qadriyat va tamoyillari bu dunyoviy bilim sirlarini egallashdir. O‘quv qo‘llanmadagi ma’ruzalar tanqidiy fikrlashimizga ko‘mak berib, muammolarning yechimini topishga yordam beradi, shuningdek, atrofimizni o‘rab turgan borliqni to‘liq tushunishimizga, anglashimizga yordam beradi. Ijtimoiy ish sohasining xizmatchilari o‘z mehnat faoliyatlarini amalga oshirishning kundalik jarayonlarida turli xil axloqiy dilemmalarning yechimini topish uchun izlanadilar. Bu muammolarning yechimini topish uchun ijtimoiy ish xodimi o‘z kasbining asosiy qadriyat va tamoyillarini chuqur bilishlari, bu sohadagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishlari zarur bo‘ladi. Ushbu nuqtai-nazar bilan yondashuv nafaqat masalaning huquqiy amaliyoti bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlarini, balki odob-axloqqa oid bo‘lgan tomonlarini ham ko‘proq bilish zarurligini talab qiladi. Ijtimoiy himoya qilish siyosatining yuritilishi, bu sohani tadqiq etish va amaliyotini o‘rganish bo‘yicha talabalarga o‘qitilayotgan o‘quv kurslari: ona tili va adabiyoti, xorijiy tillar, davlat huquqi, tarix va iqtisodiyot, sotsiologiya va psixologiya, matematika va fan tarixi, madaniyat va san’at tarixi – bu fanlarning barchasi talabalarni o‘tmish bilan tanishtiradi, dunyoqarashining kengayishiga xizmat qiladi, ijtimoiy ish kasbini egallovchining hayotiy faoliyatini faollashtirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy ishning asosiy qadriyat va tamoyillari dunyo bo‘yicha tashkil topgan quyidagi tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Bu quyidagilar: 1. Ijtimoiy ish xodimlarining xalqaro federatsiyasi (IIXF). 57 2. Ijtimoiy ish bo‘yicha maktablar(o‘quv bilim yurtlari)xalqaro assotsiatsiyasi (IIXA). Ijtimoiy ish xodimlari xalqaro federatsiyasi (IIXF) va Ijtimoiy ish bo‘yicha maktablar(o‘quv bilim yurtlari) xalqaro assotsiatsiyasi (IIXA) o‘zaro kelishuviga ko‘ra ijtimoiy ishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Ular kadrlarni kasbga tayyorlash jarayonida katta ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni bajaradi va amaliyotda ham shu darajada o‘z faoliyatini aks ettiradi. Ijtimoiy ish doimiy xavf va tasodifiy qiyinchiliklarga ega bo‘lib, kayfiyatning buzilishiga olib keluvchi natijalarning kelib chiqishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich sifatida ham xizmat qiladi. Bu tarzdagi natijalar, albatta, bilim, qadriyat va ko‘nikmalarning egallanishidagi yetishmovchilik yoki kamchiliklar hamda ularni qo‘llay olishga nisbatan moyillikning mavjud emasligidan kelib chiqishi mumkin. Ijtimoiy ishdagi kompetentlikning asosiy tamoyillari quyidagi sxemada aks ettiriladi: IIXF va IIXA ishining etika borasidagi maqsadi-ijtimoiy ish bo‘yicha tashkilotlar, ijtimoiy ish bo‘yicha maktablar, shuningdek, shu sohadagi talabalar tomonidan etik muammolarning muhokama va tahlili M A L A K A B I L I M K O‘ N I K M A 58 jarayonini ta’minlashga ta’sir qilishdan iboratdir. Bundan tashqari, ijtimoiy ishchilar duch keladigan ba’zi etik muammolar ular ishlayotgan muayyan hudud uchun xos bo‘lib, boshqalari o‘zga mamlakatlar uchun umumiy bo‘lishi mumkin. Shu jihatdan IIXF va IIXA umumiy tamoyillar darajasida to‘xtalgan holda ularni umumiy tasdiqlattirishlardan ko‘zlangan asosiy maqsadlari butun dunyodagi ijtimoiy ishchilarning o‘z ishlari davomida hal etadigan aniq qarorlarini chiqarishda ular duch keladigan muammo va dilemmalar borasida o‘ylab ko‘rishlariga rag‘batlantirishdan iborat. Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar jihatidan yondashilganda, 1994 - yilda Kolombo shahri (Shri-Lanka)da Ijtimoiy xodimlar xalqaro federatsiyasi umumiy yig‘ilishida “Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar va nazariyasi” nomli hujjat qabul qilindi. Bu hujjat ikki qismdan iborat. “Ijtimoiy ish tamoyillarining xalqaro deklaratsiyasi” va “Ijtimoiy xodimlarning xalqaro axloqiy andozalari”. Bu hujjatlarning qabul qilinishi Federatsiya tomonidan uzoq yillar davomida orqaga surib kelindi, bunga ajablanmasa ham bo‘ladi. Bu tashkilotga a’zo bo‘lgan yuzlab mamlakatlarning a’zolari diniy va siyosiy qarashlari bo‘yicha juda xilma-xil. Ularni yo‘llagan davlatlar o‘zlarining tuzilishi, boshqaruv shakllari, madaniyati bo‘yicha xilma-xil bo‘lib, o‘zlarining an’analariga va ijtimoiy ishning shakllanish tarixiga ega. Qizg‘in munozaralardan keyin umumiy xulosaga kelishga muvaffaq bo‘lindi, shuning natijasida mazkur deklaratsiyalar dunyoga keldi. Bugungi zamonda ijtimoiy ish xodimi kasbining odob-axloq me’yorlarini ko‘proq tushunishlari va ularga so‘zsiz amal qilishlari talab qilinadi. Ijtimoiy ish xodimi o‘z faoliyatida kasbiy etikaga (odob-axloq me’yorlari) qat’iy amal qilishlari, zarur bo‘lganda huquqiy va axloqiy tamoyillarni aniq bir holatlarda qo‘llay bilishlari nihoyatda muhimdir. Xuddi shu kabi, ijtimoiy himoyalash jarayonida paydo bo‘lgan muammoli vaziyatlarda, ularni zudlik bilan bartaraf etish choralarini qo‘llay olishlari kerak bo‘ladi. “Ijtimoiy ishning axloqiy tamoyillari deklaratsiyasida” quyidagi tamoyillar bayon qilingan: 59 - Har bir odam noyob hodisa bo‘lib, unga axloq nuqtayi nazaridan e’tibor berish lozim. - Har bir odam o‘z ehtiyojlarini qondirishda boshqalarning huquqlariga zarar yetkazmasdan harakat qilish huquqiga ega va u jamiyat farovonligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shishi lozim. - Har bir jamiyat, boshqaruv shaklidan qat’iy nazar, o‘zining har bir a’zosini maksimum darajada noz-ne’matlar bilan ta’minlashga intilishi lozim. - Ijtimoiy soha xodimlari ijtimoiy adolat tamoyillariga doxildir. - Ijtimoiy soha xodimi o‘zining bilimlarini, ko‘nikma va malakalarini alohida odamlar, guruhlar, jamoa va jamiyatlar taraqqiy etishi uchun, shaxsiy-ijtimoiy nizolarni hal qilish, ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun sarf qilishi lozim. - Ijtimoiy ish diskriminatsiyani rad etish asosiga quriladi. Demak, u mijozlarning jinsi, yoshi, millati, diniy e’tiqodi, tili, siyosiy e’tiqodlari, jinsiy yo‘naltirilganligidan qat’iy nazar, amalga oshriladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling