Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish


Ijtimoiy ish nazariyasining tadqiqot usullari


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/61
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1496348
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61
Bog'liq
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish

Ijtimoiy ish nazariyasining tadqiqot usullari. Ijtimoiy ish
nazariyasining tadqiqot usullari deganda ijtimoiy ish kasbining faoliyat 
shakli tushuniladi. Ijtimoiy ish kasbini nazariy jihatdan tasavvur qilish 
va undan foydalanish usullarini qo‘llay olish juda muhim tamoyil 
sifatida qabul qilinadi. Ijtimoiy ish nazariyasini tadqiq etishning
tamoyillari uch vazifani - konstitutsiyalovchi, tartibga soluvchi va 


52 
uyg‘unlashtiruvchi vazifalarni bajaradi. Shu sabab, quyidagilar ijtimoiy 
ish nazariyasining asosiy tamoyillari hisoblanadi: 
1) insonparvarlik tamoyillari (insonni oliy qadriyat deb tan olish); 
2) adolat tamoyillari (inson qobiliyatlarini amalga oshirish uchun 
sharoitni ta’minlash); 
3) vakolatlilik tamoyili (ijtimoiy ishlar nazariyasi va amaliyotini 
chuqur bilish); 
4) altruizm tamoyili (o‘zganing manfaatini o‘zining manfaatidan 
ancha yuqori deb tan olish); 
5) shaxsiy yondashish tamoyili (har bir ijtimoiy muammoda 
muayyan shaxs manfaatlarini ko‘ra olish layoqati); 
6) mujassamlik tamoyili (turli darajadagi ijtimoiylikni yuzaga 
keltiruvchi bir-biri bilan ijtimoiy bog‘liqlik; 
7) vositachilik tamoyili (ijtimoiy ishlarni davlat ijtimoiy 
siyosatining ifodasi tarzida tushunish); 
8) 
uzluksizlik 
tamoyili 
(huquqiy 
ishlarning 
muntazam 
davomiylikdagi, tizimli va maqsadga yo‘naltirilgan deb tushunish); 
9) jalb etishlik tamoyili (mijozning e’tiborini tortish uquvi); 
10) ishonch tamoyili (mijoz bilan o‘zaro ishonchli munosabatlarni 
o‘rnatish uquvi). 
Ijtimoiy ishlar integral tavsifiga ko‘ra unda iqtisodiy, huquqiy, 
tashkiliy, ma’muriy, psixologik, ijtimoiy-ruhiy, tibbiy-ijtimoiy, 
pedagogik va boshqa ta’lim-tarbiyaviy usullardan foydalaniladi. 
Ijtimoiy ish nazariyasining tadqiqiy tamoyillari-muayyan 
sohalarda jamiyat hayotini bashoratlash, rejalashtirish va boshqarish 
uchun o‘rganilayotgan ijtimoiy jarayonlar, hodisalar, faktlar to‘g‘risida 
yangi bilimni olishga yo‘naltirilgan nazariy va metodik tartiblar 
majmuidir. Ijtimoiy ish nazariyasining tadqiqiy tamoyillari dasturni 
ishlab chiish, uni amalga oshirishda muhim ma’lumotlarni to‘plash, 
qayta ishlash va tahlil qilishning aniq metodikasi ham ishlab chiqiladi, 
empirik axborot ishonchliligi va uning natijalari ilmiy talqinining 
muammolari shu bilan hal etiladi. Ijtimoiy ish nazariyasining tadqiqiy 
tamoyillarining to‘laqonliligi faqat ijtimoiy jarayonlarning u yoki bu 
qonuniyatini, u qanchalik aynan aks ettirishi bilan emas, balki u ilmiy 


53 
asoslangan bashoratlar ijtimoiy siyosat sohasida qarorlar qabul qilish 
uchun amaliy tavsiyalar bilan yakunlanganlik darajasi bilan ham 
belgilanadi. 
Shunday qilib, ijtimoiy ish nazariyasining hayotga tatbiq etilishi - 
nazariy 
tadqiqot, 
amaliy 
tajribani 
umumlashtirish, 
ijtimoiy 
eksperimentning tizimli tavsifi, muayyan ishlanmani amalda qo‘llashga 
taalluqli taklif mohiyati; aniq ijtimoiy modellar, ijtimoiy tadqiqotlar, 
iqtisodiy hisob-kitoblar
ma’muriy yangiliklar va hokazolarga 
asoslangan bashoratlar bilan belgilanadi.
Ijtimoiy ish sohasidagi ijtimoiy ish nazariyasining hayotga tatbiq 
etilishi, ijtimoiy dasturlar, ijtimoiy takliflar va loyihalar ishlab chiqish, 
ijtimoiy 
ishlarning 
muayyan 
shartlari, 
usullari, 
texnika 
va 
texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. Demak, ijtimoiy ish 
nazariyasining hayotga tatbiq etilishi asosida aniq, amaliy qimmatga ega 
ijtimoiy muammolar yotishi kerak.
Ijtimoiy ish nazariyasining hayotga tatbiq etilishining asosiy 
tamoyillari 
bo‘lib, 
ijtimoiy 
dinamika 
turli 
tizimlarining 
mutanosiblashuvi (davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy kichik tazimlar) 
hisoblanadi. 
Shu 
kabi, 
bashoratlash 
va 
dasturuy-maqsadli 
rejalashtirishga atroflicha yondashish, kreativ (yangicha) yondashish 
ham kiradi. Ijtimoiy ish nazariyasining hayotga tadbiq etilishining asosiy 
usullari sifatida me’yoriy, resursiy(mavjud manba) usullar, tarmoq 
modellari usuli, metrik usul, ekspert va maqsadli usullar, iqtisodiy-
matematik 
va 
axboriy-tashkiliy 
modellashtirish 
usullaridan 
foydalaniladi.
Ijtimoiy ish sohasidagi ijtimoiy ish nazariyasining hayotga tatbiq 
etilishi yo‘nalishlari orasida ijtimoiy himoya konsepsiyasi va dasturini
ijtimoiy siyosatni amalga oshirish vositasini, ijtimoiy ishlarni amalga 
oshirishdagi jihozlar va texnologiyalarni yaratish yoki ishlab chiqishni, 
uning kommunikativ va pedagogik texnikasini samarali qilishni, ijtimoiy 
innovatsiyalar turli shakllarini ishlab chiqishni, joylardan olingan 
ma’lumotlar asosida yangi takliflarni shakllantirishni alohida ajratab 
ko‘rsatish mumkin. Ijtimoiy ish nazariyasining hayotga tatbiq etilishi 
butun jamiyat ijtimoiy tuzilishini, uni sertifikatsiyalashni, iqtisodiy 


54 
salohiyatini, milliy, jinsiy, kasbiy, demografik yosh bo‘yicha aholi 
tarkibini, uning migratsiya jarayonlarining o‘ziga xos tomonlarini 
hisobga olishni qat’iy talab qiladi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling