Samarqand davlat universititi Geografiya va Ekologiya Fakulteti Geografiya yo'nalishi 201-guruh talabasi Rajabboyev Farruxning Landshaftshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 0.66 Mb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1406433
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Rajabboyev F (4)

Cho‘l zonasi o‘ziga xos tabiiy kompleks bo‘lib, Yer sharining mo’tadil, subtropik va tropik iqlim mintaqalaridagi o‘ta qurg‘oqchil kontinental iqlimli hududlarda vujudga kelgan. Cho‘llarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi sayyoramiz geografik qobig‘ining zonalligi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Zonallik esa yer yuzida issiqlik va namlikning bir me’yorda taqsimlanmaganligini mahsulidir. Ayrim olimlar yuqoridagilar bilan birga orografik to‘siqlar, subtropik kengliklarda yil davomida yuqori atmosfera bosimini hukmronligi, sovuq dengiz oqimlarini materik sohillariga ta’siri kabi omillar ham cho‘llarni shakllanishida yetakchi rol o‘ynaydi, deb hisoblaydilar.

O‘rta Osiyo hududida cho‘llarning shakllanishi alp burmalanishiga borib taqaladi. Kaynazoy erasining neogen davrida sodir bo‘lgan alp burmalanishi natijasida o‘lka janubidagi Pomir, Hindiqush, Paropamiz, Safedko‘h, Bandi Turkiston, Kopetdog‘ tog‘lari ko‘tarilgan. Mazkur tog‘lar Hind okeanidan keladigan iliq va sernam havo massalarini to‘sib, mintaqada arid zonani hosil bo‘lishiga sababchi bo‘lgan.

O‘rta Osiyo cho‘llarida XX asrning 20-30 yillarida kompleks tadqiqotlar olib borgan yirik olimlar D.N. Kashkarov va E.P. Korovinlar ta’biri bo‘yicha cho‘l-geologik va biologik jihatdan yaxlit tabiat kompleksi bo‘lib, uning hosil bo‘lishida yagona sabab-quruq iqlimdir. Bu olimlar cho‘lning shakllanishida ikki omil-namlikning tanqisligi, ya’ni“minimum omili” va juda yuqori harorat, ya’ni “maksimum omili” kuchli ta’sir ko‘rsatadi, deb e’tirof etishgan

Cho‘lshunos olimlar A.G.Boboev va Z.G.Freykin fikricha, cho‘l deganda-juda quruq va jazirama iqlimli, nihoyatda kam yog‘inli va nisbatan siyrak o‘simlik qoplamiga ega bo‘lgan tabiiy hududlar tushuniladi. Bunday joylarda atmosfera yog‘inlarining (300 mm gacha) kamligi va ularni yil fasllari bo‘yicha notekis taqsimlanganligi xos, shuningdek, tushadigan yog‘inga ko‘ra bug‘lanish bir necha marta yuqori. Cho‘llarda doimiy oqar suvlar shakllanmaydi, quruq o‘zanlarni esa vaqtinchalik oqar suvlar hosil qilgan, yer osti suvlari biroz sho‘rroq bo‘ladi


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling