Samarqand davlat universititi Geografiya va Ekologiya Fakulteti Geografiya yo'nalishi 201-guruh talabasi Rajabboyev Farruxning Landshaftshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 0.66 Mb.
bet6/6
Sana30.04.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1406433
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Rajabboyev F (4)

Togʻlar, tog' landshaftlari — yer yuzasining tevarakatrofdagi tekisliklardan yakka yoki qator koʻtarilib turgan baland joylari. T. turli yoʻnalishda, har xil masofada toʻgʻri chiziq shaklida (Ural, Katta Kavkaz, Kordilyera, Olay, Zarafshon va boshqalar) yoki yoysimon shaklda (Alp, Karpat vab.) choʻzilgan boʻladi. Togʻli oʻlkalar Yer poʻstining burmali va turmalipalaxsali strukturaga ega, balandligi dengiz sathidan bir necha ming m gacha koʻtarilgan va oʻz doirasida balandliklari keskin farq qiluvchi keng (boʻyi minglab, eni yuzlab km ga choʻzilgan) hududlaridir

Togʻli oʻlkalarda togʻ tizmalari, yakkayakka togʻlar, vodiylar, keng soyliklar ham mavjud. Togʻ tizmalari har ikki tomondagi yon bagʻirlari tik boʻlgan, uzunasiga choʻzilgan yirik relyef shakllaridir. T.ning balandligi dengiz sathidan 200 m dan (qirlar, adirlar) boshlab bir necha km ga yetishi mumkin. Mas., Yer sharining eng baland nuqtasi Himolay togʻlaridagi Jomolungma choʻqqisi (8848 m). T. yon atrofidagi tekisliklardan togʻ etag i, baʼzan adirlar bilan ajralib turadi.

Tog‘lar – tabiatdagi eng go‘zal narsalardan biridir. Olimlar yaqin-yaqingacha tog‘larning vazifasi nima ekanini bilishmas edi. Ilm-fan rivojlanib, taraqqiy etganidan so‘ng tog‘larning bir qancha vazifalari borligini kashf etdilar. Qur’oni Karimda tog‘larning vazifalari ochiq-oydin aytib qo‘yilgan. Tog‘lar o‘zining shakli va yer ostiga chuqur kirib borgani sababli yer qatlamlari surilib ketishining oldini olib, qoziq sifatida ularni ushlab turadi. Yerning ustki plitalari kesishgan joyda tog‘lar mavjud bo‘lib, ikki plita birlashtirilib, ustiga tog‘lar mix kabi qoqib qo‘yilgan.

Xulosa

Landshaftlarning barqarorligini o’rganishda komponentlarning o’zidagi barqarorlikning, landshaft tashkil etuvchi omillarning barqarorligini bilishning ahamiyati kattadir. Komponentlardan birortasini barqarorligi kuchsiz bo’lsa, landshaft ham shunchalik barqaror va tashqi kuchlar ta’siriga beriluvchan bo’ladi. Ammo, turli komponentlarning turlicha barqarorlikka ega bo’lishi tabiiydir. Tog’ jinslari va relyefning ayrim komponentlarga nisbatan kam o’zgaruvchan va eng barqaror ekanligi haqidagi fikrlarni ko’pgina landshaftshunoslarning ishlarida uchratishimiz mumkin. Bunday fikrlar asosan N.A. Solnsev tomonidan ilgari surilgan va landshaft komponentlarining o’zaro teng kuchli emasligi, ularning hosil bo’lishida oldinma-keyinlik mavjudligi g’oyasiga tayanilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar 1.Zokirov Sh. S "Landshaftshunoslik asoslari" Toshkent 1994-y. 2.Zokirov Sh.S "Kichik hududlar tabiiy geografiyasi'' Toshkent 1999-y. 3.Baratov P. " O'zbekiston tabiiy geografiyasi" 4.Internet saytlari.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling