Samarqand davlat veterineriya medidsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar unevirsititiveterinariya diagnostikasi va oziq ovaqat xavfsizligi fakulteti veterinariya
Download 15.49 Kb.
|
RASULOV SHUHRAT SUT MAHSULOTLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seroqsil sut deb
Yog‘i ko‘paytirilgan sut tabiiy yoki tiklangan sutdan, yog‘liligi-'ni qaymoq qo‘shib 6% ga yetkazib va gomogenlab (bir jinsli qilib) tayyorlanadi.
Qaynatilgan sut deb, yog‘liligi qaymoq qo‘shib 6% ga yetkazi-lib, gomogenlangan va uzoq vaqt davomida yuqori haroratda termin ishlov berilgan sutni aytiladi. Seroqsil sut deb, tarkibida quruq yog‘sizlantirilgan modda-lari ko‘p sutni aytiladi. Uni normallashtirilgan sutga quruq yoki quyultirilgan sof sut qo‘shib ishlab chiqariladi. Uning yog‘liligi 2,5% bo‘ladi. Vitaminlangan sut — bu pasterizatsiya qilib, S vitamini qo‘-shilgan sof yoki yog‘siz sut. Yog‘siz sut sutni butunlay separatordan o‘tkazib olingan sut-dir. Qaymoq. Bu sutning eng yog‘li qismi. Qaymoq tabiiy—sof sigir sutini seperatordan o‘tkazib olingan va tiklangan—quruq qaymoqdan hosil qilingan bo‘lishi mumkin. Qaymoqni pasterizatsiya qilib, sterilizatsiyalab va kuvlab— pasterizatsiya qilingan sutga qand, kakao, vanilin, ho‘l meva-re-zavor meva sharbati qo‘shib kuvlab chiqariladi. Sotuvga yog‘liligi 10, 20, 35% bo‘lgan qaymoq chiqariladi. Qaymoq butilkalarda, qog‘oz paketlarda, umumiy ovqatlanish tarmoqlari uchun esa sis-ternalarda jo‘natiladi. Sutning va qaymoqning sifat ko‘rsatkichlari. Sutning va qay- mog‘ining sifati tashqi ko‘rinishiga, ta’mi va hidiga, konsis-tensiyasi, yog‘liligi, kislotaliligiga va boshqa ko‘rsatkichlariga ko‘ra belgilanadi. Sut bir xil konsistensiyali, cho‘kindisiz bo‘lishi kerak. Qaynatilgan va seryog‘ sut qaymoq tutib qolmagan bo‘lishi kerak. Sutning rangi salgina sarg‘ish oq, qaynatilgan sut oq-sariqroq, yog‘siz sut esa ko‘kishroq bo‘ladi. Sutning ta’mi va hidi yangi sutga xos bo‘lmagan begona ta’m va hid aralashmagan bo‘lishi kerak. Qaynatilgan sutda yuqori darajadagi pasterizatsiya mazasi yaxshi sezilib turadi. Qaymoq turlarining har biri konsistensiyasi bir xilda, yog‘i va oqsil moddalari dumaloqlanib qolmagan, rangi sarg‘ishlik aralash oq, ta’mi salgina shirinroq, begona ta’m va hid aralashmagan bo‘lishi kerak. Kislotaliligi kupi bilan 17—19°T. Ta’mi va xidida bironta kamchiligi bor (ta’mi achchiq, taxir, yem-xashak mazasi aralashgan, moy, mog‘or hidi keladigan va h. k.), konsistensiyasi cho‘ziluvchan, joylashtirganda nuqsoni bor (usti iflos, sizib chiqayotgan joyi bor, paketi deformatsiya bo‘lgan, paketning ko‘ndalang va uzun choklari, sirti ivib qolgan) sut va qaymoq sotuvga chiqarilishi mumkin emas. Sutni va qaymokni joylashtirish, tamg‘alash va saqlash. Sut qadoqlangan va quyib beradigan qilib, qaymoq esa faqat qa-doqlanib sotuvga chiqariladi. Sutni og‘ziga alyumin kapsula qo‘-yib tiqinlanadigan; hajmi 2, 0,5 va 0,25 l shisha butilkalarga, 0,5 litrli paketlarga yoki 0,5 va 1 litrli polietilen xaltalarga quyib chiqariladi. Sterilizatsiyalangan sutni hajmi 0,5 l, germe-tik tiqinlangan, og‘zi tor butilkalarga va hajmi 0,5 l polietilen paketlarga joylashtiriladi. Qaymoqni 0,5 va 0,25 litrli butilkalarga quyib chiqariladi. Quyib beriladigan sut rezina qistirmali qopqog‘i znch yopilib, plombalangan flyagalarda keladi. Download 15.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling