Samarqand feliali! Akademik nutq fani bo`yicha 101-s 20-tt-guruh talabasi m. Sanjar


Biz kimning avlodimiz? “Insoniyatning qisqacha tarixi”


Download 87.96 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi87.96 Kb.
#1059914
1   2
Bog'liq
1-Mustaqil ishi mavzu maqola 2-semister

Biz kimning avlodimiz? “Insoniyatning qisqacha tarixi” asariga taqrizim quyidagicha:

Avvalo bu kitob ayrim birodarlarimiz ogohlantirganidek, bachchabozlik va dahriylikni targ‘ib qilish uchun yozilmagan. Asosiy mazmunini yuqorida yozdim. O‘quvchi kitobdan qidirganini topadi, bir kitob bilan aqidamiz buzilib ketsa, demak bu mustahkam aqida emas ekan, biz aqidamizni yanayam mustahkamlashimiz, yo‘ldan adashtirmasligini O‘zidan so‘rashimiz lozim. Shunda ham kimdir taqvo uchun o‘qimaslikni istasa, bu uning xohishidir. Bilimsizlik kulfat keltirmaydi, ammo yutqazib qo‘yish yomon, deydilar. Modomiki, shunday ekan, men bunday asarlarni atoqli yozuvchimiz O‘tkir Hoshimov aytganidek mag‘zini yeb po‘chog‘ini tashlab yuborish kerak bo‘lgan kitoblar qatorida ko‘raman. Ilm-fan sezgilarga asoslanadi, turli nazariya, farazlarni ilgari surishi mumkin va mutlaq haqiqatga da’vo qilmaydi, shu bilan birga tinimsiz o‘zgarishda, yangilanishda bo‘ladi.


Ammo biz musulmon olami ilm-fanda, ayniqsa tabiiy fanlarni o‘zlashtirishda benihoya achinarli ahvolga tushib qolganligimizni e’tirof etmasak bo‘lmaydi. Tabiat va jamiyat qonunlarini anglashga urinmaymiz, kelajakni prognozlay olmaymiz. Shu sababli ham dunyo bo‘yicha kashfiyotlarning 1 foizi ham musulmonlar hissasiga to‘g‘ri kelmaydi, boshimiz o‘zaro nizodan chiqmaydi, rivojlangan nomusulmon davlatlar bizni osongina boshqarishadi va kerak bo‘lsa qurbon qilishadi. Abbosiylar davridagi musulmon olimlari “aqidamizga putur yetmasin”, deya Hararining kitobidan parhez qilishimizni ko‘rganda balki kulardi. Chunki ular ilm-fanga oid har qanday kitobni o‘rgangan va “Zevs haqqi” deb boshlanuvchi yunon olimlari asarlarini ham arabchaga tarjima qilishdan bosh tortmagandi. Dunyo olimlari bugun Amerika, Yevropa, Yaponiyaga intilganidek o‘sha davrda Qohira, Bag‘dod, Xorazm, Damashq kabi shaharlarga intilardi. Shubha yo‘qki, biz tabiiy fanlarni o‘rganmasdan katta xato qildik va jabrini tortmoqdamiz. Musulmonlar haqida hozir g‘ayridinlar ularning o‘zlaridan ko‘proq biladi va shu tufayli ham ustundir. Musulmonlar g‘oyaviy muxoliflarini o‘rganishlari, ularning yondashuvi, ilmi, g‘oyalari, davlat boshqaruvi bilan tanishishlari kerak. Aqidamizga putur yetmasin, deb o‘zini chetga tortmasligi zarurdir. Islomiy aqida kerak, ammo bugun birgina aqidaning o‘zi taraqqiy etish uchun yetarli emas. Aqidamiz qachonki qalbimizga joylashib, e’tiqodga aylangandagina foydalidir. Men tabiiy va ijtimoiy fanlarni musulmonlar xuddi diniy ilmlarni o‘rgangandek harislik bilan o‘rganishini orzu qilaman.
Yuval Hararining “Insoniyatning qisqacha tarixi” kitobini o‘tgan yili vazirlikdagi bir yosh tashabbuskor yigit tarjima qilib nashr ettirmoqchi bo‘lgandi, ammo imkoni va resursi bo‘laturib, nega to‘xtaganini bilmayman. Shunga qaramasdan bu bestseller asarning tarjimasiga Nurbek Alimov kirishibdi. Boshini o‘qib ko‘rdim, tarjima nazarimda yomon emas. Qiziquvchilar uchun foydali kitob bo‘ladi, deb o‘ylayman.
Download 87.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling