Samarqand filiali kompyuter injiniringi fakulteti
Download 61.77 Kb.
|
6-mavzuReja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhammad ibn Muso Xorazmiy
- Ahmad Fargoniy
- Alfraganus
-II-
IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksaldi, hozirgi zamon fanining koplab tarmoqlari va yonalishlariga chinakam poydevor yaratildi. Xususan, matematika, astronomiya, tibbiyot, geologiya, geodeziya, geografiya, falsafa singari dunyoviy fanlar fanlarning asosi shu davrda qoyildi. Shu davrda yashagan orta osiyolik buyuk allomalar - Muso al-Xorazmiy (783- 850), Ahmad Fargoniy (taxminan 797-865), Abu Nasr Forobiy (873-950), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy–Nizomumulk (1063-1092), Abu Bakr Muhammad Narshaxiy (899-959) va boshqalar tabiiy va ijtimoiy fanlar sohasida ozlarining ijodiy faoliyatlari, yaratgan olmas asarlari bilan dunyoga mashhur boldilar. Muhammad ibn Muso Xorazmiy mashhur matematik, astronom, geograf, tarixchi edi. Vatandoshimiz algebra faniga asos soldi. Uning «Al-jabr», «Zij», «Quyosh soati haqida risola», «Surat ul-arz», «Usturlob holati haqida risola» kabi asarlari Sharq va garb mamlakatlarida ilmiy fikrlarning rivojiga samarali tasir korsatdi. Ahmad Fargoniy astronom, matematik, geograf edi. Bagdod yaqinida Raqoq nomli mavzeda rasadxona qurilishiga boshchilik qilib, astronomiya maktabini tashkil etadi. Uning «Astronomiya asosi», «Samoviy harakatlar», «Yulduzlar haqidagi fan» nomli asarlari mashhurdir. Al-Fargoniyning astronomik asari Yevropada XII asrda lotin tiliga ikki marta, XIII asrda boshqa Yevropa tillariga tarjima etilgandan cong, uning lotinlashtirilgan nomi “Alfraganus” shaklida garbda bir necha asr davomida keng tarqaldi. Abu Nasr Forobiy tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlar sohasida 160 dan oshiq asar yaratgan. Uning asarlari XII-XIII asrlardayok lotin, qadimgi yahudiy, fors, keyinchalik fransuz, rus, ingliz tillarida chop etilgan. Forobiy qadimgi yunon mutafakkirlari - Platon, Aristotel, Evklid, Ptolemey asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel asarlari (Metafizika, Etika, Ritorika, Sofistika va b.)ni batafsil sharhlab, qiyin joylarini tushuntirib bergan, kamchiliklarini korsatgan, ayni vaqtda bu asarlarning umumiy mazmunini ochib beruvchi asarlar yaratgan. Download 61.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling