Samarqand filiali kompyuter injiniringi fakulteti


Narshaxiyning «Buxoro tarixi»


Download 61.77 Kb.
bet5/8
Sana28.10.2023
Hajmi61.77 Kb.
#1729394
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-mavzuReja

Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asari o’zining ilmiy ahamiyatini yo’qotmagan va hozirgi kunda Somoniylar davri tarixi bo’yicha eng noyob, qimmatli asar hisoblanadi. Asarda Somoniylar davlatining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hayotiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Movarounnahr va Xuroson aholisining arab bosqinchilariga qarshi Muqanna boshchiligidagi qo’zg’oloni bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlar ham bu asarda ma’lum darajada o’z ifodasini topgan.
Badiiy adabiyot. O’rta Osiyo Uyg’onish davri madaniyati xususida gap borar ekan, bunda uning muhim tarkibiy qismi, xalq dahosi mahsuli bo’lgan badiiy adabiyot va uning ajoyib namoyandalarining serqirra ijodi to’g’risida to’xtalib o’tmasdan bo’lmaydi.
IX-XII asrlar davri madaniyati ayni paytda yuksak darajada ravnaq topgan badiiy adabiyot namoyandalari ijodida ham yaqqol namoyon bo’ldi. Bu davrda O’rta Osiyoda forsiy va turkiy adabiyotning ajoyib durdona asarlari yaratildi. Garchi o’lkada rasmiy davlat tili sifatida arab tili va uning grammatikasi hukm surgan bo’lsa-da, biroq mustaqil davlatlarning tashkil topishi va rivojlanib borishi davomida fors va turkiy adabiyot ham o’sib, uning zabardast vakillari ijodi sayqal topib bordi.
Somoniylar va g’aznaviylar hukmdorligi davrida yashab ijod qilgan Abu Abdullo Rudakiy, Daqiqiy, Abu Shukur Balxiy, Abulhosim Firdavsiy kabi daho shoirlarning forsiy tilidagi ijodi fikrimizga dalil bo’la oladi.
Bu davrda turkiy adabiyot ham o’z taraqqiyotida katta yutuqlarga erishdi. Xususan, turkiy adabiy tili eski o’zbek va uyg’ur tillarining vujudga kelishida ham muhim bosqich bo’ldi. Turkiy adabiyotni yuksaklikka ko’tarishda Mahmud Koshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Rabg’uziy, Ahmad Yugnakiy kabi turkiyzabon adiblarning xizmati benazir bo’ldi.


-III-
IX-XII asrlar davri nafaqat dunyoviy fanlarning yuksalib borishi bilan, balki islomiy madaniyat va ma’naviyatning shakllanib, chuqur ildiz otib borishi, bu sohada yetuk olimu ulamolarning yetishib chiqib, Vatanimiz sha’nini olamaro ulug’laganligi bilan ham tavsiflanadi. Garchand islom dini Arabiston yarim orolida vujudga kelgan bo’lsada, biroq yangi ilohiy ta’limot zaminida ravnaq topdi, takomiliga erishdi. Islom dini ta’limotining ravnaqi va targ’ibotining kengayishida Buxoro shahri markaziy o’rin egalladi.
Islom va uning asosiy ta’limoti aks etgan Kur’on g’oyalarining o’lka hayotiga kirib kelishi va keng yoyilishi, shuningdek, mahalliy xalqlarning musulmonchilik tamoyillari va udumlarini qabul qilishi hamda ularga e’tiqod bog’lashi davomida asta-sekin islom madaniyati shakllanib, chuqur ildiz otib bordi. Bunda shu yurt zaminidan yetishib chiqqan buyuk islomshunos allomalarning xizmati beqiyosdir.
Bu davrda O’rta Osiyoda islomshunoslikning quyidagi yo’nalishlari rivojlandi:
- kalom (islom falsafasi);
- hadisshunoslik;

Download 61.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling