Samarqand filiali kompyuter injiniringi fakulteti


- fiqh (islom huquqshunosligi); - sufiylik


Download 61.77 Kb.
bet6/8
Sana28.10.2023
Hajmi61.77 Kb.
#1729394
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-mavzuReja

- fiqh (islom huquqshunosligi);
- sufiylik (tasavvuf ta’limoti).
Kalom ilmini rivojlantirishda Abu Mansur Moturidiy (vafoti 945) va Mahmud Zamaxshariy (1075-1144) katta hissa qo’shdilar. Fiqh ilmining ravnaq topishida Burhoniddin Marg’inoniyning (1123-1197) xizmatlari beqiyosdir. Uning “Hidoya” (“To’g’ri yo’l”) nomli asari musulmon mamlakatlarida dasturi amal bo’lib xizmat qildi.
Yurtimizda islomiy madaniyatning yuksalib borishi barobarida uning ulug’vor g’oyalari, asl maqsadlarini keng tashviq, targ’ib qilish, ayniqsa, hadis ilmini asosli tadqiq etish kuchayib bordiki, bunda yurtimizdan chiqqan qator buyuk muhaddis olimlarning xizmati katta bo’ldi. Hadis (arab. - xabar, gap, yangilik) - Muhammad payg’ambar aytgan so’zlari, qilgan ishlari, iqrorlari to’g’risidagi rivoyat. Islom dinida Qur’ondan keyin ikkinchi manba hisoblanadi.
Movarounnahrda birinchi bo’lib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy hadis to’plamini tasnif etgan. Keyinchalik, milliy, siyosiy ixtiloflar natijasida, payg’ambar nomidan yolg’on hadislar to’qish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgo’ylik oqibatida ko’plab ishonarsiz, to’qima hadislar yuzaga kelgan.
Davr o’tishi bilan hadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. IX-X asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan hadisning 6 ta to’plami vujudga kelgan. Bular: “Sahihi Buxoriy”, “Sahihi Muslim”, “Sahihi Termiziy”, “Sunani Abu Dovud”, “Sunani Ibn Moja”, “Sunani Nasoiy”. Ulardan “Sahihi Buxoriy” ko’proq e’zozlanadi. Bu 6 ta hadis to’plamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, ya’ni Imom al-Buxoriy (810-870) va Abu Iso at-Termiziy (824-892), 4 tasi esa xurosonlik bo’lgan. Hadislar to’plami sunna deb nom olgan. Hadislarni yig’uvchi, sharhlovchi, targ’ib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan. Imom al-Buxoriy va Abu Iso at-Termiziylar shu kunga qadar hadis ilmining eng ko’zga ko’ringan, butun musulmon dunyosi tomonidan tan olingan allomalari darajasiga ko’tarilgan zotlardir.
O’rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg’onish davrining yana bir muhim jihati shundaki, bunda islom dini va uning asosiy tamoyillarini har tomonlama chuqur tadqiq etish hamda rivojlantirishda tasavvuf, so’fiylik ta’limotining yuzaga kelishi va kengayishi bilan uzviy bog’liqdir. Avvalo, tasavvuf, so’fiylik – islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yo’llovchi ta’limot. Tasavvuf so’zining o’zagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb e’tirof etilgan. U “Muqaddima” asarida Tasavvuf “suvf” – “jun”, “po’stin” so’zidan olingan bo’lishi kerak, zero qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan to’qilgan kiyim yoki po’stin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi ahli dunyolardan farqli hayot tarzini o’zlarida namoyon etganlar, deydi. Tasavvuf va “sufiy” so’zlari IX asrning boshlarida yashagan Abu Hoshim Sufiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama o’rnida “zuhd” (“zohidlik”, “tarkidunyochilik”), “taqvodorlik” kabi so’zlar ishlatilgan.
O’rta Osiyoda tasavvuf ta’limotining rivojlantirishi ulug’ ajdodlarimiz – Xoja Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G’ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiylar singari allomalar nomi bilan bog’liq. Tasavvuf ta’limotini kengayishi natijasida O’rta Osiyoda uning turli xil yo’nalish - tariqatlari (XII asrda Turkistonda “Yassaviya”, XII asr oxirida Xorazmda “Kubraviya”, XIV asrda Buxoroda “Naqshbandiya”) paydo bo’ldi va tarqaldi. Ushbu tariqatlarda insonlar Alloh yo’lida, haq yo’dida tinimsiz toat-ibodat, tavba-tazarru qilish barobarida ularning peshona terisini to’kib, halolu pok mehnat qilish, doimiy sa’y-harakatlarda bo’lishlari kerakligi ulug’lanadi.

Download 61.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling