Samarqand filiali kompyuter injiniringi fakulteti


Download 61.77 Kb.
bet3/8
Sana28.10.2023
Hajmi61.77 Kb.
#1729394
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-mavzuReja

-II-
IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksaldi, hozirgi zamon fanining ko’plab tarmoqlari va yo’nalishlariga chinakam poydevor yaratildi. Xususan, matematika, astronomiya, tibbiyot, geologiya, geodeziya, geografiya, falsafa singari dunyoviy fanlar fanlarning asosi shu davrda qo’yildi.
Shu davrda yashagan o’rta osiyolik buyuk allomalar - Muso al-Xorazmiy (783- 850), Ahmad Farg’oniy (taxminan 797-865), Abu Nasr Forobiy (873-950), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy–Nizomumulk (1063-1092), Abu Bakr Muhammad Narshaxiy (899-959) va boshqalar tabiiy va ijtimoiy fanlar sohasida o’zlarining ijodiy faoliyatlari, yaratgan o’lmas asarlari bilan dunyoga mashhur bo’ldilar.
Muhammad ibn Muso Xorazmiy mashhur matematik, astronom, geograf, tarixchi edi. Vatandoshimiz algebra faniga asos soldi. Uning «Al-jabr», «Zij», «Quyosh soati haqida risola», «Sur’at ul-arz», «Usturlob holati haqida risola» kabi asarlari Sharq va g’arb mamlakatlarida ilmiy fikrlarning rivojiga samarali ta’sir ko’rsatdi.
Ahmad Farg’oniy astronom, matematik, geograf edi. Bag’dod yaqinida Raqoq nomli mavzeda rasadxona qurilishiga boshchilik qilib, astronomiya maktabini tashkil etadi. Uning «Astronomiya asosi», «Samoviy harakatlar», «Yulduzlar haqidagi fan» nomli asarlari mashhurdir. Al-Farg’oniyning astronomik asari Yevropada XII asrda lotin tiliga ikki marta, XIII asrda boshqa Yevropa tillariga tarjima etilgandan co’ng, uning lotinlashtirilgan nomi “Alfraganus” shaklida g’arbda bir necha asr davomida keng tarqaldi.
Abu Nasr Forobiy tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlar sohasida 160 dan oshiq asar yaratgan. Uning asarlari XII-XIII asrlardayok lotin, qadimgi yahudiy, fors, keyinchalik fransuz, rus, ingliz tillarida chop etilgan. Forobiy qadimgi yunon mutafakkirlari - Platon, Aristotel, Evklid, Ptolemey asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel asarlari (“Metafizika”, “Etika”, “Ritorika”, “Sofistika” va b.)ni batafsil sharhlab, qiyin joylarini tushuntirib bergan, kamchiliklarini ko’rsatgan, ayni vaqtda bu asarlarning umumiy mazmunini ochib beruvchi asarlar yaratgan.

Download 61.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling