Samarqand filiali kompyuter injiniringi fakulteti
Download 61.77 Kb.
|
6-mavzuReja
- Bu sahifa navigatsiya:
- IX-XII asrlarda
- “Ipak yoli”
- «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi)ni
- Mamuniylar (995-1017)
IX-XII asrlarda mamlakat manaviy hayotining asosi islom mafkurasi edi. Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markaziga aylandi. Masjid, madrasa va xonaqolar qurish uchun maxsus joylar ajratildi. Arab tili va uning imlosi joriy etildi. Movarounnahrda kop otmay hatto ona tilidan kora arab tili va yozuvini yaxshiroq bilgan bilimdonlar paydo boldi.
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda arablar tasiridan deyarli holi bolgan somoniylar, gaznaviylar, saljuqiylar, qoraxoniylar va xorazmshohlar davlatlari davrida Orta Osiyo xalqlarining Yaqin va Orta Sharq musulmon davlatlari bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlantirishga qulay sharoit yaratildi. Orta Osiyoning Buxoro, Samarqand, Marv, Termiz, Urganch, Xiva kabi shaharlari oz davrining yirik madaniyat markazlariga aylandi. Bu shaharlarda savdo-sotiq, ijtimoiy-siyosiy hayot bilan bir qatorda madaniy aloqalar, manaviyat va bilim ochoqlari rivoj topdi. Bunday madaniy markazlar musulmon Sharqining turli olkalarini, Sharq va Garb, Shimol va Janub mamlakatlarini boglab turuvchi qadimgi “Ipak yoli” ananalarini davom ettiruvchi aloqa vositalari sifatida mashhur bolib bordilar. Orta Osiyoning markazlashgan davlatlari boshqa musulmon davlatlari bilan aloqalarining kuchayishi yurtdoshlarimizning ozga mamlakatlarga borib ilm olish, oz hamkasblari bilan muloqot qilishlari va buyuk allomalar bolib yetishishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratdi. Halifalikning Orta Osiyo va Xuroson boyicha vakili sifatida Marvda hokimlik qilgan Mamun otasi Xorun ar-Rashid vafotidan keyin xalifalik taxtini egallagach, Bagdodga barcha musulmon olkalari, jumladan, Orta Osiyodan ham olimu fozillarni topladi. U otasi asos solgan ilmiy markaz - «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi)ni kengaytirib, uning qoshida ikkita rasadxona qurdirdi. Ikkala rasadxonani ham al-Xorazmiy boshchiligida Orta Osiyo va Xurosondan kelgan olimlar boshqarishgan. X asr oxiri va XI asr boshlarida xuddi Bagdoddagi «Bayt ul-hikma» akademiyasiga monand ilmiy markaz tuzish, fan taraqqiyotiga xizmat qilish, uning samaralaridan foydalanishga intilish ananasi Xorazmda hukmronlik qilgan Mamuniylar (995-1017) sulolasi davrida ham davom ettirildi va yanada yuqori pogonaga kotarildi. Mamun ibn Mamun (999-1017) tomonidan Gurganjda «Dorul hikma va maorif» nomini olgan, hozirda «Xorazm Mamun Akademiyasi» deb ataluvchi, ilmiy muassasaga asos solindi. Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali ibn Sino rahbarlik qilgan ushbu ilmiy muassasa 1017- yilgacha faoliyat olib borgan bolsa-da, lekin u jahon ilmiy tafakkuri, madaniy va manaviy taraqqiyotining benazir hodisasi sifatida tarixda chuqur iz qoldirdi. Orta Osiyoda Uygonish davri madaniyati Yevropadan bir necha asr ilgari yuz bergan bolib, ilm-fan va madaniyat tarixida ochmas iz qoldirdi. Bu davr madaniyatining oziga xos bolgan quyidagi xarakterli xususiyatlarini qayd etish mumkin: - olamning tuzilishi, modda va ruhning xususiyatlari kabi umumiy ilmiy-falsafiy masalalarga qiziqish; - insonni koinotni Yaratguvchining eng oliy mahsuli deb baholash va inson tafakkurini uluglash; - insonning adolat, taraqqiyot, manaviyatga intilishiga imkoniyat yaratish. Axloq, odob, muomalani inson tarbiyasining bosh maqsadi deb bilish; - komil insonni voyaga yetkazishga qodir bolgan rivojlangan davlatchilik tizimini vujudga keltirish; - marifatli jamiyat va davlatni vujudga keltirish uygonish davri talimotining muhim xususiyatidir. Download 61.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling