Samarqand filliali mustaqil ish


Mezolit va Neolit davri mazilgohlari


Download 116.39 Kb.
bet3/4
Sana29.12.2022
Hajmi116.39 Kb.
#1071802
1   2   3   4
Bog'liq
Maxmudova F Tarix Neolit Mezolit

3. Mezolit va Neolit davri mazilgohlari
Ulug' muzlikning erishi, yerning isiy boshlashi, ko'plab daryo va ko'llarning hosil bo'lishi, yaylovlar, to'qay va o'rmonlarning vujudga kelishi, yangi o'simlik va hayvon turlarining shakllanishi natijasida o'lkamizning barcha vohalarida odamlarning yashashi uchun qulay imkoniyatlar vujudga keladi. Buni arxeologlar tomonidan topilgan yuzlab odamlar yashagan manzilgohlar ham ko'rsatadi.
1970-1980-yillarda O'.Islomov boshchiligidagi arxeologlar guruhi Farg'ona viloyati So'x yaqinidagi Obishir soyining ungurlarida qidiruv ishlari olib borib, Obishir deb atalgan makonlarda mezolit davri urug' jamoalarining izlarini topdi. Bu guruh 1967- yilda Toshkent shahriga yaqin bo'lgan Bo'zsuv soyining ikki tarmog'i qo'shilgan joyida mezolit davriga oid manzilgohni topadi, bu yodgorlikning yoshi miloddan avvalgi o'n mingginchi yilliklarga to'g'ri keladi. Bu manzilgoh Qo'shilish nomi bilan ataladi. Bu makondan tosh qurollari, mezolit davri jamoalari qoldiqlari topildi. Surxondaryo viloyatidagi Ko'hitongning Machay soyi qirg'og'idagi g'orda olib borilgan tadqiqotlar natijasida bu g'orda mezolit davri odamlari uzoq yillar davomida yashaganligidan dalolat beruvchi madaniy qatlam ochildi. Machay manzilgohidan odam skeletlari, turli xil tosh va suyak qurollari, o'choq va kul qatlamlari topilgan. Machayliklarning ov hayvonlari asosan tog' arxari va jayronlar bo'lganligi aniqlandi.
Machayliklar shoxli va mayda hayvolarni xonakilashtirishni o'zlashtira boshlaganlari ham ma'lum bo'ladi.


  • O'q-yoy quroli (kamon va paykonlar).

  • tayoq uchiga o'tkir uchli nayzalar o'rnatilgan irg`ituvchi nayza qurollari

Mezolit davri qurollari
Mamlakatimizning boshqa hududlaridan topilgan mezolit davriga oid manzilgohlarda olib borilgan tadqiqotlar odamlarning mayda, tez harakat qiluvchi hayvonlarni ham tuta olganliklarini ko'rsatadi.


Download 116.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling