Samarqand iqtisodiyot va servis inistituti "servis" fakulteti "servis" kafedrasi "oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi va ekspertizasi" fanidan


Download 42.68 Kb.
bet4/5
Sana25.02.2023
Hajmi42.68 Kb.
#1230089
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishi Ro\'ziboy

12.Ilova. Belgilab qo‘yilsinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab tajriba tariqasida:
tegishli hududda meva-sabzavot va uzum turlarini joylashtirishda yetishtiriladigan mahsulot hajmi bog‘lar va tokzorlar tuproqlarining bir bonitet baliga nisbatan hisoblangan normativ hosildorligi (keyingi o‘rinlarda — normativ hosildorlik) asosida aniqlanadi;
mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan normativ hosildorlik talablariga rioya etilishi ular ishtirokida tuzilgan shartnomalar, davlat statistika hisobotlari hamda vakolatli organlarning axborot tizimlaridagi ma’lumotlar yordamida hududiy qishloq xo‘jaligi organlari tomonidan monitoring qilinadi;
o‘tkazilgan monitoring natijalari har yili kamida bir marta xalq deputatlari tuman kengashlarida muhokama qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi:
mazkur bandga asosan o‘tkazilgan monitoring natijalarini xalq deputatlari tuman kengashlarida muhokama qilish ishlarini samarali tashkil etishga ko‘maklashsin;
o‘tkazilgan monitoring natijalarini umumlashtirish asosida 2021-yil 1-martga qadar Vazirlar Mahkamasiga yer uchastkalaridan samarasiz foydalanayotgan yer uchastkalari egalariga nisbatan xalq deputatlari tuman kengashlarining qarorlariga asosan ta’sirchan choralar ko‘rish mexanizmini joriy etish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
13.Ilova. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari bilan birgalikda — meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan 55 ta tumanni alohida mahsulot turiga ixtisoslashtirish, ularda faoliyat yuritadigan meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi birlashmalari va meva-sabzavot klasterlari faoliyatining samarali tashkil etilishi hamda 2020-yilda 26 ming gektar kam hosilli va yaroqsiz bog‘lar o‘rnida intensiv usulda 7 ming gektarida gilos, 8 ming gektarida yong‘oq va shaftoli, 8,5 ming gektarida o‘rik va anor hamda 2,5 ming gektarida olxo‘ri bog‘lari tashkil etilishi uchun;
O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov — kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi birlashmalari faoliyatining samarali yo‘lga qo‘yilishi, meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirishda aholi tomorqalaridan samarali foydalanilishini ta’minlash uchun;
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.O‘. Umurzoqov — meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish tizimini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini maqsadli jalb qilish, eksport qiluvchi va ularga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini samarali tashkil etish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J. Bakirov — yong‘oq mevali bog‘lar tashkil etish, ularda pista, bodom, yong‘oq singari mahsulotlar yetishtirish va eksport qilish hajmini kengaytirish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori N.E. Najimov — yaroqsiz bog‘, issiqxona va tokzorlar joylashgan yerlarda yangidan intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish, keyinchalik bir hududda ijaraga olingan ekin maydonlari negizida qishloq xo‘jaligi birlashmalari va meva-sabzavot klasterlarini tashkil etish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari A.E. Ergashev — mazkur qarorda nazarda tutilgan moliyaviy yordam turlarini o‘z vaqtida va manzilli taqdim etishda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari S.S. Xodjayev — to‘qsonbosti usulida yetishtiriladigan va ertaki ekinlarning o‘z vaqtida ekilishi, ularda belgilangan turdagi va hajmdagi mahsulotlarning to‘liq yetishtirilishi uchun shaxsan javobgar bo‘lishi belgilansin.

Download 42.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling