Samarqand iqtisodiyot va servis instituti axborot texnologiyalari
Boshqaruvdagi uch darajaning faoliyat mazmuni
Download 2 Mb.
|
axborot tizimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’sh daraja
Boshqaruvdagi uch darajaning faoliyat mazmuni.
darajasida amalga oshiriladi. Ularning ayrimlari xatto boshqaruvning biror bir darajasida ham amalga oshmasligi mumkin. Tashkilotning boshqaruv qismida vazifa elementlarining mavjudligi axborot tizimlarida tegishli kenja tizimlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Masalan, boshqaruv vazifasi sifatida rejalashtirish va nazoratning namoyon bo‘lishi tashkilotning tashkiliy tarkibiga tegishli tarkibiy elementlarini, uning axborot tizimi doirasida esa rejalashtirish yoki nazorat kenja tizimlarini hosil qiladi. Ularning birinchisi biznes-reja ishlab chiqarish, marketing tadqiqotlari, rejalar, moliyaviy rejalar va hokazolar shakllanishini, ikkinchisi – nazoratning axborot kumagini ta’minlaydi. Tashkilot faoliyat yuritayotgan iqtisod tarmog‘i va boshqaruv qismi darajasiga ko‘ra, boshqaruv ob’ektidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborot ushbu boshqaruv qismiga turli tezlik bilan kelib tushadi. Olaylik, mashinasozlikda zavod direktori ishlab chiqarish to‘g‘isida har kuni sex boshlig‘idan har smena haqida ma’lumot oladi, master esa ushbu ishlab chiqarishni kuzatadi. Qurilishda axborot olish chastotasi pastrok Masalan, neft-kimyo tarmog‘idagi texnologik jarayonlarni boshqarish to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, u yerda axborot doimiy ravishda kelib tushadi. Shunday qilib milliy iqtisod tarmog‘ining turli boshqaruv darajasida boshqaruv jarayoni to‘g‘risida axborot olish diskretligi turlichadir. Xuddi shuningdek, tashkilotning boshqaruv organi tomonidan maqsadga muvofiq ushbu jarayonni tuzatish zaruriyati axborot olish chastotasiga ko‘ra yuzaga keladi yoki kelmaydi. Boshqaruv axborot tizimlari biror maqsadni ko‘zlab qaror qabul qiluvchi barcha shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladi. Bu texnologiya asosan turli ko‘rinishdagi hisobotlarni tayyorlash uchun yo‘naltirilgan. Doimiy hisobotlar o‘rnatilgan jadval asosida tayyorlanib, hisobotning tayyorlangan vaqti bilan farq qiladi. Boshqa hisobotlar esa Boshqaruv organlarining so‘rovi asosida tayyorlanadi. Har ikkala hisobotlar: umumlashtirish, solishtirish va favkulodda formadagi hisobotlarni tayyorlashi mumkin. Boshqaruvning axborot tizimi maqsadi firmadagi karorlar kabul qilish bilan alokador bo’lgan xech bir istisnosiz barcha xodimlarning axborotga bo’lgan ehtiyojini kondirishdan iboratdir. U Boshqaruvning barcha darajalarida foydali bulishi mumkin. Boshqaruvning axborot tizimi hisobotlarning xilma-xil turlarini tuzishga yunaltirilgan. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling