Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


B. Kredit resurslarini taqdim qilishning banklararo stavkalari


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

B. Kredit resurslarini taqdim qilishning banklararo stavkalari eng ko‗p 
qo‗llaniladigan bazis stavka sifatida LIBOR – London banklararo stavkasi 
hisoblanadi. Bundan tashqari, Frankfurt na-Maynda (FIBOR), Parijda (PIBOR), 
Madridda (MIBOR), Rimda (RIBOR), Stokgolmda (STRIBOR), Gonkongda 
(Gribor) o‗ziga xos banklararo stavkalari ham mashhur. 
V. “Praym – reyt” stavkasi (birinchi darajali stavka) – bu eng obro‗li qarz 
oluvchilarga beriladigan kreditlarga AQSH banklari tomonidan belgilanadigan 
stavkadir. U kredit qiymati-ning mo‗ljal bo‗lib xizmat qiladi va dastlabki ikki 
stavkadan 1 – 2 foizga yuqori bo‗ladi. 
G. O„rta va katta bo„lmagan firmalar va xususiy shaxslarga beriladigan 
kreditlar stavkalari. Ular, odatda, ―praym – reyt‖ dan ham yuqori bo‗ladi. 
Hozirgi paytda eng muhim stavka LIBOR hisoblanib, yevro-valyuta bozoridagi 
birinchi darajali banklar o‗rtasidagi kredit-lashda eng ko‗p qo‗llaniladigan stavkadir. 
Odatda, ―LIBOR stavkasi‖ deyilganda, funt sterling va AQSH dollaridagi depozitlar 
bo‗yicha foiz stavkalari tushuniladi. Funt sterlingdagi LIBOR stavkasi har kuni 
ertalab 11:00 da (London vaqti) quyidagi banklarning qat‘iy stavkalarining o‗rtacha 
arifmetik kattaligi sifatida hisoblanadi: Lloyds, Midlend, VOA, Barklayz, Sosete 
Jeneral va Netvest. Mana shu tamoyil asosida AQSH dollaridagi LIBOR stavkasi 
aniqlanadi, bunda quyidagi banklar qat‘iy stavkalari ishlatiladi: Barklayz, Benk of 
Tokio, Bankers Trast, Neshnl Vestminster bank. 


244 
Yevrokreditlar bo‗yicha LIBOR stavkasi, odatda, 12 ta valyuta bo‗yicha va bir 
necha davrlar bo‗yicha (1 hafta, 1, 2, 3, 6, 9 oy va 1 yil) hisoblanadi. 
Yevrokredit – bu suzib yuruvchi stavkada yevrovalyutalaridan birida 
beriladigan o‗rta muddatli bank kreditidir. Banklar kredit bo‗yicha foiz stavkalarini 
hisoblashda turli xil usullardan foydalaniladi. Misol uchun, AQShda eng ko‗p 
tarqalgan usullar: yillik foiz stavkasi usuli, oddiy foiz usuli, diskont stavka usuli
qo‗shish usuli hisoblanadi. 
Yillik foiz stavkasi usuli – kredit bo‗yicha yig‗ilgan to‗lovlarni kredit 
summasiga bo‗lgan nisbatini ko‗rsatadi, ya‘ni daromadlilik stavkasini ifodalaydi. Bu 
usul kreditning qanchalik tez qaytarilayotganligi va qarzdor kreditlash muddati 
davomida haqiqatda qancha summa ishlatayotganligini ko‗zda tutadi. 
Oddiy foizlar usuli ham haqiqatda ishlatgan kreditni ko‗zda tutadi. Agar 
qarzdor kredit qaytarishni asta oshirsa oddiy foizlar usuli qarzdorlik qoldig‗i 
pasayishini va tegishli to‗lanadigan foiz stavkalarini aniqlab beradi. Bu usulni 
qo‗llashda qarzdor kredit qaytarilishi muddati yaqinlashgan sayin foiz to‗lovlarida 
harajat-larni tejashga erishadi. 
Diskont stavka usuli. Kreditlarning asosiy qismi kreditlash muddati davomida 
qisman foiz va qisman asosiy qarzni to‗lashni ko‗zda tutadi, biroq diskontlash usuli 
foizlarning avans to‗lovini ko‗zda tutadi. Bu holatda qarz oluvchi kelishilgan kredit 
summasini foizlarni chegirishdan so‗ng oladi. Muddat tugashi bilan kelishilgan 
asosiy qarz summasini qaytarishi lozim. 
Foiz oshirish usulida kredit qaytarish badallarini qarzdorga e‘lon qilinguncha 
qadar foiz to‗lovlari asosiy qarz summasiga qo‗shib borilishi nazarda tutiladi. Agar 
kredit va foizlar muddat oxirida bir vaqtda qaytarilgan holatdagina foiz oshirish 
stavkasi oddiy foiz stavkasiga teng bo‗ladi. Har qanday boshqa holatda qarzdor 
shartnomada ko‗rsatilgan stavkada emas, balki kredit bo‗yicha yuqori bo‗lgan real 
stavkani to‗laydi. 
Foiz stavkalarini hisoblashning boshqa usullari ham mavjud. 
Kredit bo‗yicha foiz stavkasi tebranib turadi. 


245 
1. Ba‘zi bir boshqa loyihalarning samaradorligi bundan baland yoki past 
bo‗lishi mumkin. 
2. Ba‘zi bir korxonalar o‗z ishlab chiqarishini faqatgina kredit mablag‗lar 
hisobiga tashkil qilmay, balki xususiy mablag‗lariga ham tayanadi. Shunda xususiy 
mablag‗lari aylanmasidan kelib tushgan foyda hisobidan bank krediti foizini 
to‗lashga tayyor, bo‗lgani uchun, foiz stavkasi 5 foizdan oshishi mumkin. 
3. Bozor iqtisodiyoti rivojlanmagan davlatlar iqtisodiyotining xalq xo‗jaligi 
juda notekis rivojlangan bo‗ladi. Shu sababli, turli sohalarning samaradorligi turlicha 
bo‗ladi. Oqibatda kimdir kredit uchun 100 foiz qo‗shimcha to‗lab berishga tayyor 
bo‗lsa, kimdir uchun 5 foiz ham og‗irlik qiladi. Demak, kredit foiz (qarz oluvchi 
istayotgan foiz stavkasi) quyidagicha aniqlanadi. 
r = ye – t – b 
e – kredit hisobidan amalga oshirilayotgan faoliyat samaradorligi; 
t – samaradorlik hisobidan to‗lanadigan soliqlar; 
b – samaradorlik hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy harajatlar. 
Bizning misolimizda r = 15 – 0,32 * 15 – 0,35 * 15 = 5 % 
Kreditor ham xuddi shu yo‗l orqali o‗zi istagan foiz bilan kredit resurslarini 
taklif etadi. Faraz qilaylik, r = 8 %, Ammo bu foiz qarz oluvchining ahvoli, kredit 
muddati, tavakkalchilik darajasi kabi omillarning ta‘siri natijasida o‗zgarishi 
mumkin. Bundan tashqari qarz beruvchi kredit resurslarini kredit bozoridan o‗zi ham 
olishi mumkin. Masalan, jamg‗arma banklardan, tijorat banki jamg‗arma bankiga 4,5 
% = r daromad to‗lab berishga tayyor. Jamg‗arma banki o‗z nabatida r dan kelib 
chiqqan holda omonat va depozitlar bo‗yicha foiz stavkasini r= 4 % belgilaydi. 
Davlat ham r dan kelib chiqib, o‗z obligatsiyalariga foiz stavkasini belgilaydi. 
Agarda foiz stavkasini r dan tushirib yuborsa, aholi davlat obligatsiyalarini sotib 
olmaydi. Oshirish esa davlat uchun ortiqcha harajatdir, chunki r = r bo‗lganda aholi 
asosan r ni harid qiladi. Sababi, davlat obligatsiyalari jamg‗arma banklardagi 
depozitlarga nisbatan ishonchliroqdir. 
Hissadorlik jamiyatlari ham o‗z aksiyalari bo‗yicha foiz stavkasini r > r kabi 
belgilaydi, 
chunki 
korxona 
aksiyalari 
davlat 
obligatsiyalariga 
nisbatan 


246 
tavakkalchiliga yuqori hisoblanadi. Markaziy bank, o‗z navbatida, qayta 
moliyalashtirish stavkasini r dan kelib chiqqan holda belgilaydi. Sababi, Markaziy 
bank r va r orqali mamlakat ssuda kapitali bozoridagi ahvolni nazorat qiladi. Agar 
davlat investitsion faollikni kuchaytirmoqchi bo‗lsa r tushadi va aksincha aktivlikni 
kamaytirmoqchi bo‗lsa r ni oshiradi. Bulardan tashqari, qat‘iy belgilangan 
(fiksirlangan) va suzib yuruvchi foiz stavkalari ham mavjud. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling