Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Tayanch so„z va iboralar: 
Ipoteka krediti, layoqatlik, foiz siyosati, kredit summasi, omonatchi, xo‗jalik 
yurituvchi sub‘ekt, aylanma mablag‗, kredit, foyda, rezerv, kafillik. 
O„zini – o„zi tekshirish uchun savollar: 
1. Investitsiya faoliyatida ipoteka kreditining mohiyati 
2. Kreditni rasmiylashtirish tartibi qanday amalga oshiriladi? 
3. Investitsiya faoliyatini kreditlashda foiz siyosatining ahamiyati 


296 
XV BOB. INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISHNING LIZING 
MEXANIZMI 

§ 15.1. Lizingning iqtisodiy tabiati, mazmuni va mohiyati 
§ 15.2. Lizing turlari 
§ 15.3. Lizing munosabatlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi 
§ 15.4. Xalqaro moliyaviy lizingning iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi 
o‗rni 
§ 15.5. Lizing to‗lovlari summasini aniqlash 
 
§ 15.1. Lizingning iqtisodiy tabiati, mazmuni va mohiyati 
Moliyaviy xizmatlar bozorida lizing iqtisodiy tushuncha sifatida investitsion 
faoliyat turlaridan biri sifatida e‘tirof etilib, u rivojlangan bozor iqtisodiyotining 
mahsuli va turkumlaridan biri bo‗lib hisoblanadi. O‗zbekiston uchun tadbirkorlik 
faoliyatini moliyalashtirishning yangi usulini keng joriy qilish, shu bilan birga xorijiy 
mamlakatlar lizing biznesidan foydalanish uchun avvalo lizing munosabatlarining 
mohiyati va iqtisodiy tabiatini oydinlashtirib olish lozim. Tadbirkorlik faoliyatini 
rivojlantirish vositasi hisoblangan lizing raqobat natijasida paydo bo‗lgan va uning 
muayyan afzalliklari bo‗lgan. Tadbirkorlik faoliyati uchun investitsiya resurslarini 
qidirib topish yoki mulkni qo‗lga kiritish, unga egalik qilish hamda undan 
foydalanish huquqini olishning boshqa usullariga nisbatan lizingning u yoki bu 
afzalliklari turli huquqiy va iqtisodiy makonlarda turlicha namoyon bo‗ladi. Ya‘ni, 
lizing mol-mulkidan tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish imkoniyatini olish 
vositasi sifatida lizingdan ko‗riladigan manfaatlar yoki zararlar, uning afzalliklari 
yoki kamchiliklari iqtisodiy, shu jumladan, huquqiy, moliya-kredit munosabatlarining 
darajasi bilan belgilanadi
98
.
Ba‘zi adabiyotlarda lizing ijarani moliyalashtirish deb hisoblanadi va lizing 
usulida moliyalashtirish bankning texnika yoki mashinalarni sotib olib, ularni o‗z 
mijozlariga ijaraga berishini nazarda tutadi deb, ta‘kidlanadi
99
. Haqiqatda esa bank 
mulkchilik huquqini sotib olmaydi, balki moliyalashtiradi, to‗g‗rirog‗i, ijarachining 
ijara munosabatlari vositasida va lizing shartnomalarida ko‗rsatilgan muddatlarda 
98
Газибеков Д.Г., Собиров О.Ш. «Лизинг и его развитие в Узбекистане», - Т.: Молия, 2001 132 с. 
99
Роуз Питер С. Банковский менеджмент. — Пер. с анг., 2-го изд.- М.: Дело Лтд. 1995. 173 с. 


297 
mol-mulkni qo‗lga kiritish niyatida bo‗lg‗usi huquqini moliyalashtiradi. Bank va 
lizingning moliyaviy muassasa sifatida tub farqi ham shundadir. Bunga qo‗shimcha 
ravishda shuni ham ta‘kidlash kerakki, lizing texnologiyalar va texnikalar sotib olish 
va samarali qo‗llash uchun lizing beruvchi va lizing oluvchilar o‗zaro maqbul kredit 
munosabatlariga kirishishining shaklidir. Ayrim iqtisodchilar, lizingni vaqtincha 
bo‗sh turgan yoki jalb etilgan moliyaviy mablag‗larni investitsiyalashga qaratilgan 
tadbirkorlik faoliyatining bir turi deb ta‘riflaydilar. Lizing kompaniyalarining bo‗sh 
moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyatlari ularda salmoqli o‗z kapitallarining 
borligi bilan izohlanadi. Lizing institutlari endigina paydo bo‗layotgan O‗zbekiston 
kabi rivojlanayotgan mamlakatda bozor munosabatlarining qonunchilik negizini 
shakllantirish bilan birga lizing tadbirkorlikning alohida turiga aylangani yo‗q. Shu 
sababli, bizning nazarimizda lizing – investitsiyalarni moliyalashtirish shakllari yoki 
usullaridan biridir, deb hisoblayotgan mualliflarning fikrini qo‗llab-quvvatlash 
mumkin
100
. Bizning fikrimizcha, lizing munosabatlari qarz olish-berish asosida 
vujudga keladigan iqtisodiy va huquqiy munosabatlarning yaxlit tizimi deb qabul 
qilinmog‗i zarur. Lizing rivojlanishining tarixidan ma‘lumki, uning paydo bo‗lishiga 
ob‘ektiv sharoitlar va tegishli shartlar ko‗maklashib kelgan. Bu shart-sharoitlar bir 
tomondan, lizing mulkini taklif qilish, ikkinchi tomondan, unga bo‗lgan talabni 
shakllantirish, uchinchi tomondan esa lizing munosabatlarini amalga oshirish uchun, 
bo‗sh turgan moliyaviy resurslarni jalb qilish imkonini bergan.
Umuman, lizing munosabatlari o‗zining iqtisodiy mazmuniga ko‗ra, bizning 
nazarimizda, avvalo qarz olish munosabatlarini, lizing beruvchi va mulk yetkazib 
beruvchi bilan, davlat va milliy iqtisodiyotning norezidentlari (xorijiy davlatlar, 
xalqaro moliya institutlari, chet el investorlari va boshqalar) bilan mulkiy, huquqiy, 
taqsimot va boshqa uyg‗unlashgan munosabatlarini ifodalaydi. Har qanday holatda 
ham lizing munosabatlari o‗z mazmuniga ko‗ra makon va zamonda qarz olish, ya‘ni 
taqsimot, mulkiy munosabatlarni, lizing ob‘ektiga egalik qilish huquqi va undan 
foydalanish huquqlarini ifodalaydi va o‗z navbatida iqtisodiy jarayondagi qayta 
taqsimot munosabatlarini shakllantiradi. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirsak, 
100
Коноплицский В., Филина Г. «Это бизнес» Толковый словарь экономических терминов.- Киев: «Альтерпресс», 1996. – 
149, 447 с.; Козлов Д. «Лизинг: новые горизонты предпринимательства», Экономика и статистика, 29 июль., 1996. 


298 
zamonaviy lizingning yana bir muhim jihati bo‗lgan – uchinchi (vositachi) shaxsning
ya‘ni lizing kompaniyalarining vujudga kelishi uchun poydevor qurilganligini 
kuzatishimiz mumkin. Shulardan xulosa qilib, lizingga ta‘rif bersak. Xalkaro moliya 
korporatsiyasi mutaxassislari tomonidan lizing quyidagicha talqin qilingan: ―Lizing – 
bu mulkiy munosabatlar majmui bo‗lib, bunda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa bir 
taraf (lizing oluvchi)ning topshirig‗iga ko‗ra uchinchi taraf (mol yetkazib 
beruvchi)dan lizing shartnomasiga muvofiq lizing ob‘ekti bo‗lgan mulkni o‗z mulki 
qilib sotib olib, uni to‗lash asosida lizing shartnomasida belgilangan shartlar bilan 
vaqtinchalik foydalanish va egalik qilish uchun lizing oluvchiga beradi‖. 
Lizingga berilgan bu ta‘rifda lizingning mulkiy munosabatlar majmui va bozor 
iqtisodiyotining asosiy tamoyillaridan biri bo‗lgan foyda olish istagining mahsuli 
ekanligiga alohida e‘tibor karatilgan. Bundan tashqari, Yevropa federatsiyasining 
lizing bo‗yicha milliy assotsiatsiyasi tomonidan lizingga berilgan ta‘rifi ham 
e‘tiborga molikdir, ya‘ni ―Lizing – bu ijarachining ishlab chiqarish maqsadida zavod, 
sanoat tovarlari, uskunalar va ko‗chmas mulklardan foydalanish bo‗yicha ijara 
shartnomasi bo‗lib, bunda mazkur tovarlar ijaraga beruvchi tomonidan sotib olinib, u 
mulkka bo‗lgan egalik qilish huquqini saqlab qoladi‖. Ushbu ta‘rifda lizing ijara 
shartnomasi sifatida baholanib, uning huquqiy jihatlariga e‘tibor qaratilgan. 
Lizingni ta‘riflashda dastlab uning mulkiy munosabatlar ekanligini e‘tiborga 
olib, bu ta‘rifda unda ishtirok etayotgan barcha sub‘ektlarning mavqei va manfaatlari 
o‗z ifodasini topishi kerakdir. Shu nuqtai nazardan olib qarasak, Sh.U. Xaydarov, 
X.A. Ortiqov va X.A. Tuxsanovlar o‗zlarining asarlarida lizingga quyidagicha ta‘rif 
berib o‗tishgan: ―Lizing deganda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa bir tarafning 
(lizing oluvchining) topshirig‗iga muvofiq lizing ob‘ekti bo‗lgan mulkni o‗z mulki 
qilib sotib olib, uni lizing oluvchiga haq evaziga lizing shartnomasida belgilangan 
shartlar bilan vaqtinchalik foydalanish va egalik qilish uchun hamda shartnoma 
tugagandan so‗ng lizing ob‘ektini sotib olish huquqi bilan beriladigan mulkiy 
munosabatlar majmuidir‖
101
. Ushbu ta‘rifda lizingning o‗ziga xos xususiyati, ya‘ni 
101
Ҳайдаров Ш.У, Ортиков Х.А, Тухсанов Х.А. Лизинг: Тан олиш, баҳолаш ва унинг ҳисоби.- Т.: «NORMA» 
МЧЖ, 2006. 43-бет. 


299 
bu munosabatlarda uch sub‘ektning ishtirok etishi hamda mulkchilik huquqining 
o‗zgarishiga alohida to‗xtalib o‗tilgan.
Xorijiy adabiyotlarda mutaxassislar lizingga ta‘rif berishda uning lug‗aviy 
ma‘nosiga ham e‘tibor berishgan (inglizcha ―to lease‖ fe‘lidan olingan bo‗lib, 
―mulkni ijaraga berish‖ yoki ―mulkni ijaraga olish‖ ma‘nolarini anglatadi). Ba‘zi 
manbalarda ta‘kidlanishicha, mashina, jixoz, transport vositalari va boshqa ishlab 
chiqarishga taalluqli harakatlanuvchi mulkni uzoq muddatli ijaraga olish lizing 
sifatida e‘tirof etilgan
102
. Bu ta‘riflarda lizingga asosan ijara munosabati sifatida 
yondashilib, uning o‗ziga xos xususiyatlariga e‘tibor berilmagan. 
M.I. Leshenko tomonidan lizingga berilgan ta‘riflar yuqoridagilardan bir 
muncha farq qiladi. Uning fikricha lizing – bu shunday tovar kreditiki, u lizingga 
beruvchidan lizingga oluvchiga turli shakldagi mulk (qurilma, uskuna, mashina, 
kema va hokazo)ni foydalanishga berilishi bilan an‘anaviy bank ssudasidan farq 
qiladi. Lizingga beruvchi ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)dan mulkni to‗liq qiymati 
bo‗yicha egaligiga olib moliyaviy xizmat ko‗rsatadi, lizingga oluvchi esa ushbu 
qiymatni davriy ravishda to‗lov (badal)lar hamda kreditdan foydalanganlik uchun 
foizlarni birgalikda to‗lab qoplaydi
103
. Bu yerda lizingning o‗ziga xos xususiyati 
mulkka egalik qilish huquqida namoyon bo‗ladi. Mulkka egalik qilish huquqi lizing 
muddati mobaynida to‗liqligicha lizingga beruvchida bo‗ladi. Bu huquq lizingga 
oluvchiga faqatgina shartnomada ko‗rsatilgan muddatda kelishilgan to‗lovlar 
butunlay to‗langandan keyingina o‗tadi. Bularning barchasi lizing operatsiyalarining 
lizing bozori ishtirokchilari uchun naqadar foydali ekanligidan dalolat berib turibdi. 
Yuqorida keltirilgan fikrlarni umumlashtirib, lizingga quyidagicha ta‘rif berib 
o‗tamiz: ―Lizing – bu vaqtinchalik bo‗sh turgan yoki jalb qilingan moliyaviy 
vositalarni investitsiyalashni o‗zida aks ettirib, bunda lizingga beruvchi ma‘lum bir 
sotuvchidan mulkiy shartnomada kelishilgan mol-mulkka egalik qilish va ushbu mol-
mulkni vaqtinchalik foydalanganlik uchun to‗lov asosida oxirida harid qilish huquqi 
bo‗yicha lizingga oluvchiga taqdim etish majburiyatini oladi‖. 
102
Джуха В.М. Лизинг. Серия «Учебники, учебные пособия». -Ростов н/Д: «Феникс», 1999.56-бет. 
103
Лещенко М.И. Основа лизинга: Учеб. пособие ч-е изд. перераб. и доп. - М.: Финансы и статистика, 2004.


300 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling