Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) — 1966 yilda tashkil topgan va unga 57 ta 
mamlakat (41 ta hududiy va 16 ta hududdan tashqari mamlakatlar) a‘zo. OTBga 
a‘zolik BMTning Osiyo va Tinch okeani bo‗yicha iqtisodiy va ijtimoiy masalalar 
bo‗iicha komissiyasidagi barcha mamlakatlar va Osiyo mintaqasidagi boshqa 
mamlakatlari (agar ular BMT yoki uning ixtisoslashgan agentliklariga a‘zo bo‗lsalar) 
uchun ochiq. A‘zolikda mavjud bunday keng imkoniyatlar OTBda Osiyo 
mintaqasidan tashqari mamlakatlar ulushining ortishiga olib keldi, ularga bank 
aksiyalarining qariyb 37 foizi va ovozlarining 35 foizi to‗g‗ri keladi. OTBning 
maqsadi Osiyo qitasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy rivojlanishda 
ko‗maklashishi, hududiy hamkorlikni rag‗batlantirish, a‘zo-mamlakatlarga texnik 
yordam ko‗rsatish va ularning iqtisodiy siyosatini muvofiqlashtirishdan iborat. 
Xorijiy investitsiyalarni xalqaro miqyosda tartibga solishda mintaqaviy moliya 
institutlari ham muhim rol o‗ynaydi.
Bundan tashqari OTB va O‗zbekiston o‗rtasidagi istiqbolli hamkorlik temir va 
avtomil yo‗llari tarmog‗ini rivojlantirish, qishloqlarda suv ta‘minoti tizimini 
takomillashtirish ishlarini faollashtirishni nazarda tutadi. 
Islom taraqqiyot banki (ITB) – 1974 yilda tashkil topgan. Unga islom diniga 
e‘tiqod qiluvchi 35 ta mamlakat, ya‘ni Islom anjumanining deyarli barcha a‘zolari 
kiradi. Nizom kapitalining miqdori OTB dan 5 marta kam. ITBning maqsadi a‘zo 
mamlakatlarning rivojlanish loyihalarini, tashqi savdoni kreditlash va savdo, sanoat 
kompaniyalari kapitallarini investitsiyalashdan iborat. 
O‗zbekiston ITBga 2003 yil 3 sentyabrda a‘zo bo‗lgan bo‗lib, ushbu bank 
tomonidan faqat 2003 – 2009 yillar mobaynida umumiy qiymati 150 mln. Dollarga 
teng moliyaviy xizmatlar ko‗rsatilgan. Jahon iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini 
tartibga solish va rag‗batlantirish bo‗yicha katta tajriba to‗plangan. O‗zbekistonda 
investitsiya faoliyatini tashkil etish, yuritish, tartibga solish hamda qo‗llab-quvvatlash 
tizimi yaratilgan, ushbu tizimning amal qilishini ta‘minlash uchun zarur qonunchilik 


111 
hujjatlari qabul qilingan va ular amaliyotda investitsiya faoliyatini tartibga solishda 
keng qo‗llanilmoqda.
Islom bankida ustamalar o‗z o‗zidan oshmaydi va penya tushunchasi umuman 
yo‗q. Jarimalar bor, lekin ular bir marotaba qo‗yiladi, qo‗yilish sababi esa mijozni 
tarbiyalash va kelajakda shunga o‗xshash e‘tiborsizliklarga yo‗l qo‗ymasligini 
ta‘minlash. Islomiy moliyalashda kreditlar eng uzog‗i 5 yil muddatga beriladi. 
Agarda mijoz biror bir falokatga uchrab, to‗lash qobiliyatini yo‗qotsa, bank muddatni 
6-10 yilga cho‗zib berishi mumkin ekan. Bunda summada hech qanday o‗zgarish 
bo‗lmaydi. Lekin mijoz asbob-uskunani olib qo‗yib, ularni yaxshi ishlatmay, beparvo 
yurgani kuzatilsa, bank sovuqqonlik uchun jarima soladi. Undirilgan bu mablag‗ni 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri xayriya maqsadlariga sarflaydi. Vaholanki, islom moliyalashida 
jarimaga foyda sifatida qaralmaydi va u harom hisoblanadi. 
Islom taraqqiyot banki(ITB) 1975 yilda IHT mamlakatlari moliya vazirlari 
yig‗ilishining qaroriga ko‗ra tashkil etilgan. ITBning shtab-kvartirasi Saudiya 
Arabistonining Jidda shahrida joylashgan. ITBning Hududiy ofislari 1994 yili Rabot 
(Marokash)da, shu yili Kuala-Lumpur (Malayziya)da, 1997 yili Olma-Ota 
(Qozog‗iston)da va 2008 yili Dakar (Senegal)da ochildi. Bank shuningdek, 12 ta a‘zo 
mamlakatda mahalliy vakolatxonalarga ega: bular Afg‗oniston, Ozarbayjon
Bangladesh, Gvineya, Indoneziya, Eron, Nigeriya, Pokiston, Serra-Leona, Sudan, 
O‗zbekiston va Yamandir. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling